XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Namangan shahrida 2026-yil uchun yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari uchun bazaviy soliq stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6, 24-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi, qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1-ilovaga muvofiq;
Jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq;
noruda qurilish materiallari (sementdan tashqari) 1 kub.metr uchun qoʻllaniladigan bazaviy soliq stavkalari 3-ilovaga muvofiq;
2026-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror “Namangan sadosi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda rasmiy eʼlon qilingandan keyin bir kun ichida hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
3. Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash shahar hokimining birinchi oʻrinbosari D. Umurzakov hamda ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Namangan shahar Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi R. Isakovga yuklansin.
Kengash raisi N. SADRITDINOV
Namangan viloyati, Namangan sh.,
2025-yil 30-dekabr,
VII-14-91-6-91-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.