30.12.2025 yildagi VII-13-117-6-81-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI MINGBULOQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mingbuloq tumani boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-farmonining 4-bandiga muvofiq viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi va davlat soliq boshqarmasining “qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar” loyihasi boʻyicha kiritgan takliflari muhokama etib, xalq deputatlari Mingbuloq tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisid PF-6121-son Farmoniga koʻra, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer soligʻi stavkasiga 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlariga viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilangan yer soligʻi stavkalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun, ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqi berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) summasi 2026-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining 2025-yil 29-dekabr kungi VII-17-165-6-0-K/25-sonli qaroriga muvofiq, 2026-yil uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi Mingbuloq tumanida qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkasi 0,1 gektar uchun mutlaq oʻlchamda 5 698,0 ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi (bundan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar mustasno) Mingbuloq tumanida bazaviy soliq stavkasi 1 kv.m. uchun mutlaq oʻlchamda 416,7 soʻm miqdorida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mingbuloq tumanining hududlarini iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga qarab, soliq yukini kelgusi yilda keskin ortib ketishini oldini olish maqsadida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining 2025-yil 29-dekabr kungi VII-17-165-6-0-K/25-sonli qarorida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan yuridik shaxslar uchun 1-ilovaga muvofiq, jismoniy shaxslar uchun 2-ilovaga muvofiq kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari tuman Kengashi mazkur qarorning 1, 2-ilovalarida belgilangan yer soligʻi stavkalariga nisbatan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun, oʻzlarining hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, keyingi yil uchun belgilangan mahalliy byudjet prognozi doirasidan kelib chiqqan holda oshiruvchi yoki kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllash, mahalliy byudjet daromadlarini oshirish maqsadida faqatgina oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllamaslik belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyot moliya boʻlimi (Z. Jurabayev) 2026-yil uchun ishlab chiqilgan resurs soliqlarini yanada takomillashtirish boʻyicha soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari asosida ish tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimligi tuman davlat soliq inpeksiyasi bilan birgalikda 1, 2-ilovaga muvofiq soliq stavkalarini soliq toʻlovchilarga belgilangan muddatlarda yetkazilishini, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Abdusalomov hamda nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (F. Abdurahmonova) zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi A.MANSUROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati, Mingbuloq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-117-6-81-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.