20.05.2025 yildagi 134-3-44-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JIZZAX VILOYATI BAXMAL TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob, 39-bandi ijrosi taʼminlash hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi tuman boʻlimining 2025-yil 4-apreldagi 04-500101 sonli “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi xatini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- , 21 va 211-moddalariga muvofiq qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 4-apreldagi 04-500101-sonli “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarini shaharcha, qishloq va mahalla fuqaro yigʻinlaridagi hudud va mikrohududlarga biriktirish haqidagi roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining oʻrinbosari (B.Zulfiqorov), Maktabgacha va maktab taʼlimi tuman boʻlimi (K.Gulboyev) va tumandagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlarining zimmalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga 7 yoshga toʻladigan yilda toʻliq qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan doimiy monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, tumandagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalar rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (B.Mirzabekov), mahalla fuqarolar yigʻini raislari maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qamrab olish jarayonida Maktabgacha va maktab taʼlimi tuman boʻlimi hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror “Baxmal hayoti” gazetasiga hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimining ushbu qarori qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2024-yil 5-iyundagi 188-3-44-Q/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb, hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari B.Zulfiqorov va Maktabgacha va maktab taʼlimi tuman boʻlimi boshligʻi K.Gulboyevlarning zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi A. ERGASHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Baxmal tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134-3-44-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.