25.02.2025 yildagi VII-5-37-6-84-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI POP TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pop tuman hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 avgustdagi “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-353-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish ham da yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 299-son qarorida, maʼmuriy_hududiy birlik sifatida qishloqlar va shaharchalar belgilash boʻyicha “Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi” tuman filial boshligʻi F. Oxunov va Pop tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi D.Nomozov axborotlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasinig “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6- va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 avgustdagi “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi roʻlini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-353-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish ham da yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 299-son qarorida, maʼmuriy-hududiy birlik sifatida qishloqlar va shaharchalar belgilanganligi ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Namangan viloyati Pop tumanining maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarni xatlovdan oʻtkazish ishlari yakuniy natijalarini koʻrib chiqish boʻyicha “Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi” tuman filial boshligʻi F.Oxunov va Pop tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi D.Nomozov hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Pop tuman hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining dastlabki natijalariga koʻra umumiy perimetri 1881760.6 metrni, jami yer maydoni 303043.2 gektarni tashkil qilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 77 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining chegaralarini belgilanganligi boʻyicha xarita ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini taʼmanlash tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari R.Onarboyev va Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi E.Oʼrmonovlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi SULTANOV AZAMJON MAXMUDOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati, Pop tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-5-37-6-84-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.