11.11.2025 yildagi VII-12-89-6-87-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI UCHQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2025-2026 yillarga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun xujjatlariga oʻgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” gi Qonunning 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv xajmi, shu jumladan dexqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun suv soligʻi stavkasi qatʼiy belgilangan.Unga koʻra dexqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan qanday holatda foydalanganligiga qarab soliq stavkasi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligining tuman irrigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlari negizida «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasalarini (keyingi oʻrinlarda — Suv yetkazib berish xizmatlari) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat budjetiga tushgan tushumning 40 foizini Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning balansidagi obʼektlarni saqlash va texnik holatini yaxshilash xarajatlariga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari oʻrganildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi negizida tashkil etilgan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari belgilangan muddatlarida ajratilgan suv resurslarining cheklangan miqdori doirasida aloxida axamiyatga ega boʻlgan suv obʼektlarining suv manbaalar, iqtisodiyot tarmoqlari va maʼmuriy xududlar boʻyicha ularning suvga boʻlgan talablari asosida belgilangan limitlarni tasdiqlab, xar bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga yetkazish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, mazkur qarorning 7-band a) kichik bandining birinchi xatboshisida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 25 martga qadar vegetatsiya davri uchun va 25 sentyabrga qadar kuz-qish davri uchun suv manbalarining suvlilik darajasidan kelib chiqqan holda hududlar kesimida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun suv olish limitlarini tasdiqlanishi belgilangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari xar yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqishi va xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilangan ligini hisobga olgan holda, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boshligʻi R.Toshboyevning “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish toʻrisida”gi axborotini tinglab, bildirilgan fikr mulohazalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Uchqoʻrgʻon tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurlarinidan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boshligʻi R.Toshboyev va tuman qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi F.Almatovlar birgalikda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-kun muddatda ajaratilgan suv olish limitlari doirasida alohida ahamiyaatga ega boʻlgan obʼyektlarning suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va maʼmuriy xududlar boʻyicha ularning suvga boʻlgan talablari asosida belgilangan suv olish limitlarini tasdiqlab, har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgrisidagi shartnomalarning tuzilishini hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishni taʼminlansinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hamda isteʼmolchilar oʻrtasida 2025-2026 yillar kuzgi-qishki sugʻorish mavsumi uchun ajratilgan cheklangan suv miqdori 1-, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM va tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan hamkorlikda suvdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha isteʼmolchilar oʻrtasida tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borish vaziafsi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, F.Almatov nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi B.Dadaxonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi MIRXANOV DILSHOD ABDULLAYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 11-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-12-89-6-87-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.