JIZZAX VILOYATI ZOMIN TUMANI HOKIMINING
QARORI
Zomin tumanidagi xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllaridan, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning koʻchalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 211- moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tuman Yoʻllardan foydalanish DM va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tumandagi xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllaridan, shaharning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning koʻchalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman hokimining oʻrinbosari E.Maxmanazarov, tuman Yoʻllardan foydalanish DM (U.Boʻronov), tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (A.Yusupov) fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda tuman hududidagi yoʻllarni saqlash, taʼmirlash hamda obodonlashtirish ishlarini tashkil etib borsin.
3. Mazkur qaror “Sharq tongi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni tuman hokimining oʻrinbosari E.Maxmanazarov, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (A.Yusupov) va funksional vazifalariga koʻra yoʻl sohasiga, tartib ijrosiga masʼul boʻlgan boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi A. ABDUGʻANIYEV
Jizzax viloyati, Zomin tumani,
2025-yil 10-noyabr,
326-3-48-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.