XALQ DEPUTATLARI TOʻRAQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Toʻraqoʻrgʻon tumani boʻyicha 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 31-martga qadar novegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Xalq deputatlari Toʻraqoʻrgʻon tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya yigʻilishida muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Toʻraqoʻrgʻon tuman “suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori N.Umarovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suvresurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori yuzasidan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Toʻraqoʻrgʻon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori N.Umarovning Toʻraqoʻrgʻon tumani boʻyicha 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 31-martga qadar novegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1-2-3-4-5-6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Toʻraqoʻrgʻon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori N.Umarovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorak yakuni bilan hisobotlarni taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari X.Rahimovga, nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiyasi O.Xodjayev zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi KOSIMOV SHERALI ABDUKAXAROVICH
Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani,
2025-yil 8-noyabr,
VII-11-87-6-85-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.