XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Karmana tumanida novegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorining 7-bandida vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 82-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomida O`zbekiston Respublikasi hududida suv olish limitlari buning uchun vakolatli boʻlgan tashkilotlar tomonidan belgilanadi hamda barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari uchun majburiy hisoblanishi hamda suv olish limitlari Karmana tumani suv isteʼmolchilariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga Karmana tumanida boʻlgan suv obektlaridan, manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha belgilash koʻrsatib oʻtilgan.
Shundan kelib chiqib, suv isteʼmolchilariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga Karmana tumani ahamiyatiga ega boʻlgan suv obektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha suv olish limitlarini belgilash nazarda tutilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Karmana tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori U.Tursunovning tuman boʻyicha 2025-yil novegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullanganligi inobatga olinsin.
Karmana tumanida 2025-2026-yillar nosug'orish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlariga ajratilgan suv miqdolari (limit) 1-ilovaga;
Karmana tumanida 2025-2026-yillar nosug'orish mavsumida kanallar kesimida ajratilgan suv miqdolari (limit) 2-ilovaga;
Karmana tumanida 2025-2026-yillar nosug'orish mavsumida istemolchilar kesimida ajratilgan suv miqdolari (limit) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlash tavsiya etilsin.
3. Karmana tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (U.Tursunov);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash,taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligixizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiyasi (A.Joʻrayev) hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Sh.Xayriddinov) zimmalariga yuklatilsin.
Sessiyada raislik qiluvchi SHERMATOVA GULNOZA ABDUXAKIMOVNA
Navoiy viloyati, Karmana tumani,
2025-yil 18-noyabr,
VII-14-130-5-71-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.