17.11.2025 yildagi VII-14-94-5-72-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QIZILTEPA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiziltepa tumanidagi geografik obyektlarga nom berish, koʻchalarni toifalarga ajratish va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 25-sentabrdagi 03/08-10809-son xati bilan yuborilgan Geografik obyektlarga nom berish va va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish kommisiyasining 2025-yil 24-sentabrdagi yigʻilish bayoni, shuningdek, mazkur Komissiyaning 2025-yil 24-sentabrdagi 05-19-16559-sonli ekspert xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-, 6-, 10-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6- va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 25-sentabrdagi 03/08-10809-son xati bilan yuborilgan Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish kommisiyasining 2025-yil 24-sentabrdagi yigʻilish bayoni, shuningdek, mazkur Komissiyaning 2025-yil 24-sentabrdagi 05-19-16559-sonli ekspert xulosasi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasi majlisining 2024-yil 10-maydagi 35-son bayoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qiziltepa tuman hokimligi, Qiziltepa tumanida Davlat kadastrlari palatasi Qiziltepa tuman filiali, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman boʻlimi masʼullari va mahalla raislari bilan birgalikda tashkil etilgan xatlovlar natijasida tumandagi mavjud barcha toifadagi nomsiz koʻchalar 427 ta (asosiy koʻchalar – 115 ta, tor koʻchalar – 131 ta, berk koʻchalar – 181 ta) ekanligi, shuningdek, ushbu geografik obyektlarning nomlari qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb xulosa berilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qiziltepa tumanidagi 427 ta toifalarga ajratilgan, nomlangan va qayta nomlangan koʻchalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kadastrlar palatasi Qiziltepa tuman filiali (U.Xoʻjamov) 15 (oʻn besh) kun muddatda xalq deputatlari tuman Kengashining mazkur qarori bilan oʻzgartirilgan geografik obyektlarining nomlarini davlat reyestriga kiritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi (R.Xudoyberdiyev), tuman Statistika boʻlimi (Z.Turdiyev), Kadastrlar palatasi Qiziltepa tuman filiali (U.Xoʻjamov)ga tegishli davlat roʻyxatidan oʻtkazish idoralari bilan birgalikda mazkur qarordan kelib chiqib hisobotlarga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qiziltepa tuman Ichki ishlar boʻlimi (N.Ashurov) yangi nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan hududlarda aholining fuqarolik pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Qiziltepa tuman boʻlimi (M.Roʻziyev) bir oy muddatda hududlarda nomlari oʻzgargan geografik obyektlarning nomini aholi oʻrtasida keng targʻib etish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishdagi (lotin yozuvida) peshlavhalarga yozib, oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari (A.Umedov), “Yangi Qiziltepa” gazetasi tahririyati (Sh.Shamuradov)larga, mazkur qaror rasman eʼlon qilingandan soʻng, “Yangi Qiziltepa” gazetasi va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish, xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (M.Muqimova) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyada raislik qiluvchi BOBOJONOV ULUGʻBEK RAXIMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-14-94-5-72-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.