XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN VILOYATI KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining “Namangan viloyatining 2025 yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 26-dekabrdagi VII-4-030-6-0-K/24-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 147-moddasiga asosan, Namangan viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosarining hisobotiga asosan, Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining “Namangan viloyatining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2024-yil 26-dekabrdagi VII-4-030-6-0-K/24-sonli Kengash qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi Namangan viloyati hokimining 2025-yil 13-oktabrdagi 01/10-1294-son taqdimnomasini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining:
147-moddasiga asosan, bir hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun ajratilgan budjet mablagʻlarini boshqa hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorining 10 va undan ortiq foiz miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan amalga oshirilishi;
10 foizdan kam miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshirilishi, bundan ushbu Kodeks 145-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasnoligi;
Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tasarrufidagi bir budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchidan boshqa budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni oʻtkazish hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar soʻroviga koʻra tegishli hududiy moliya organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5084-sonli qarori hamda budjet tashkilotlarining murojaatlari maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
3. Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining “Namangan viloyatining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 26-dekabrdagi VII-4-030-6-0-K/24-sonli Kengash qarorining:
3-ilovasidagi Namangan viloyatining viloyat budjetidan mablagʻ oluvchi hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar xarajatlar rejasi 1-ilovaga asosan;
5-ilovasidagi Namangan shahar va tumanlar mahalliy budjetlari xarajatlar rejasiga 2-ilovaga muvofiq, oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Namangan viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (M.Abdullayev) ushbu Kengash qarorini ijrochilarga yetkazilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror ijrosining nazorati Xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi I.Ikromov hamda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Z.Baxriddinov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi MUMINOV SOLIJON DJALILOVICH
Namangan viloyati,
2025-yil 13-noyabr,
VII-15-149-6-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.