XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN VILOYATI KENGASHINING
Qarori
Budjet xarajatlari samaradorligi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish hamda mablagʻlarni iqtisod qilishni taʼminlash boʻyicha samarasiz, past samarali xarajatlarni maqbullashtirish hamda maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan yoʻnaltirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 119, 120, 126-moddalariga asosan, Namangan viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosarining hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 17-oktabrda oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar, Vazirlar Mahkamasida 2025-yil 27-fevralda oʻtkazilgan 6-sonli yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Namangan viloyati hokimining 2025-yil 13-oktabrdagi 01/10-1295-sonli taqdimnomasi asosida budjet xarajatlari samaradorligi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish hamda mablagʻlarni iqtisod qilishni taʼminlash boʻyicha samarasiz, past samarali xarajatlarni maqbullashtirish hamda maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan yoʻnaltirish toʻgʻrisida, xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining:
119-moddasiga asosan, Davlat budjetining qoʻshimcha manbalari Davlat budjetining har bir darajasidagi budjetlarida alohida-alohida shakllantirilishi;
qoʻshimcha manbalar tarkibiga Budjet Kodeksining 120-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq, budjetdan ajratiladigan mablagʻlar kamaytirilishi natijasida boʻshab qolgan mablagʻlar ham kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 120-moddasiga asosan, Namangan viloyati viloyat mahalliy budjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlarning 2025-yil uchun xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini rejalashtirishda budjet intizomiga rioya etilishi yuzasidan oʻtkazilgan tahliliy oʻrganishlarda aniqlangan samarasiz hamda past samaral ixarajatlar 1-ilovaga muvofiq, maqbullashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 126-moddasiga asosan, viloyat hokimligining Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashiga taqdim etgan taklifiga muvofiq, viloyat mahalliy budjetining 2025-yilgi xarajatlari boʻyicha maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan 2-ilovaga muvofiq, 37 808 498,0 (oʻttiz yetti milliard sakkiz yuz sakkiz million toʻrt yuz toʻqson sakkiz) ming soʻm mablagʻlar yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
4. Namangan viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasining murojaatiga asosan “Namangan viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamgʻarmasi”ning qoldiq (iqtisod) mablagʻlari hisobidan 3-ilovada keltirilgan ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun buyurtmachi Namangan mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati DM orqali 3 505 200,0 (uch milliard besh yuz besh million ikki yuz) ming soʻm mablagʻ yoʻnaltirilsin.
5. Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining “Namangan viloyatining viloyat budjeti daromadlarining 2025-yil uchinchi hisobot chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida” 2025-yil 3-noyabrdagi VII-15-147-6-0-K/25-sonli qarorining 1-ilova 7-qatorida ajratilgan mablagʻ Uchqoʻrgʻon tuman mahalliy budjetiga 1 000,0 mln.soʻm, Toʻraqoʻrgʻon tuman mahalliy budjetiga 500,0 mln.soʻm, Kosonsoy tuman mahalliy budjetiga 500,0 mln.soʻm, Yangiqoʻrgʻon tuman mahalliy budjetiga 250,0 mln.soʻm jami 2 250,0 (ikki milliard ikki yuz ellik) mln.soʻm soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-apreldagi 05-14/1-917-son yigʻilish bayonining 4-bandiga asosan, viloyat budjetining 2025-yil uchinchi hisobot chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishidan 5,0 (besh) milliard soʻm viloyat hokimining 2025-yil 6-noyabrdagi 228-6-0-F/25-son farmoyishiga asosan, yoʻnaltirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
7. Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining 2025-yil 3-noyabrdagi VII-15-147-6-0-K/25-sonli qarori 1-ilova 1-bandiga asosan, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 162-son majlis bayoniga asosan, respublika budjetidan ajratilgan budjet ssudasini qaytarish uchun” ajratilgan 2,0 milliard soʻm mablagʻ Namangan shahar mahalliy budjetiga “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5209-sonli qarori ijrosiga muvofiq, Namangan viloyati hokimining 2025-yil 18-apreldagi “2025-yilgi “Namangan 64-xalqaro gullar festivali”ga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 197-6-0-Q/25-sonli qaroriga asosan, Davlatobod tumani markaziy koʻcha va xiyobonlariga gul va butalar ekish ishlaridan yuzaga kelgan qarzorliklarni bartaraf etish uchun” yoʻnaltirilsin.
8. Namangan viloyati hokimligining “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati” DUKga Yangiqoʻrgʻon tumani Madaniyat MFY hududidagi 9201-harbiy qismga qarashli 8-chegara qoʻriqlash vzvodi bino-inshootlarini mukammal qayta taʼmirlash va xizmat uyi qurish uchun viloyat hokimligi huzuridagi “Harbiy maʼmuriy sektorlarni rivojlantirish” jamgʻarmasining qoldiq mablagʻlari hisobidan 399 752,0 (uch yuz toʻqson toʻqqiz million yetti yuz ellik ikki) ming soʻm mablagʻ ajratilsin.
9. Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining 2025-yil 21-oktabrdagi VII-15-132-6-0-K/25-sonli qarori 4-bandidagi “Namangan shahar va tumanlar hokimlari” soʻzlari “Xalq deputatlari Namangan shahar va barcha tumanlar Kengashlari” soʻzlariga oʻzgartirilsin.
10. Xarajatlarni amalga oshirishga masʼul tashkilotlar rahbarlariga:
ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, rasmiylashtirilgan hujjatlarni viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda viloyat gʻaznachilik xizmati boshqarmasiga taqdim etish hamda belgilangan tartibda toʻlovlarni amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.
11. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (M.Abdullayev)ga budjet xarajatlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda viloyat gʻaznachilik xizmati boshqarmasi (A.Toʻrayev)ga toʻlovlarni oʻrnatilgan tartibda va oʻz vaqtida amalga oshirish hamda Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi viloyat boshqarmasi (B.Xodjiyev)ga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish vazifalari topshirilsin.
12. Mazkur qaror ijrosining nazorati Xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi I.Ikromov hamda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Z.Baxriddinov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi MUMINOV SOLIJON DJALILOVICH
Namangan viloyati,
2025-yil 13-noyabr,
VII-15-148-6-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.