XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Karmana tumanidagi geografik obyektlarga nom berish, koʻchalarni toifalarga ajratish va qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 27-avgustdagi 16-16/5568-sonli xati bilan yuborilgan Geografik obyektlarga nom berish va va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish kommisiyasining ekspert xulosasi, shuningdek, mazkur komissiyaning 2025-yil 19-sentabrdagi 05-19-16028-sonli ekspert xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-, 6-, 10-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6- va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 27-avgustdagi 16-16/5568-sonli xati bilan yuborilgan Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish kommisiyasining ekspert xulosasi, shuningdek, mazkur komissiyaning 2025-yil 19-sentabrdagi 05-19-16028-sonli ekspert xulosasi maʼqullanganligi inobatga olinsin.
2. Karmana tumanidagi toifalarga ajratilgan, nomlangan va qayta nomlangan koʻchalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Kadastrlar palatasi Karmana tuman filiali (S.Aliqulov) 15 (oʻn besh) kun muddatda xalq deputatlari Karmana tuman Kengashining mazkur qarori bilan oʻzgartirilgan geografik obyektlarining nomlarini davlat reyestriga kiritish choralarini koʻrsin.
4. Karmana tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi (G`.Sodiqov), tuman statistika boʻlimi (A.Joʻrayev), Kadastrlar palatasi Karmana tuman filiali (S.Aliqulov)ga tegishli davlat roʻyxatidan oʻtkazish idoralari bilan birgalikda mazkur qarordan kelib chiqib hisobotlarga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish topshirilsin.
5. Karmana tuman ichki ishlar boʻlimi (A.Ikromov) yangi nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan hududlarda aholining fuqarolik pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
6. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Karmana tuman boʻlimi bir oy muddatda hududlarda nomlari oʻzgargan geografik obektlarning nomini aholi oʻrtasida keng targʻib etish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishdagi (lotin yozuvida) peshlavhalarga yozib, oʻrnatish choralarini koʻrsin.
7. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari (J.Musayev), “Karmana ovozi” gazeta tahririyati (A.Joʻrayev)ga, mazkur qaror rasman eʼlon qilingandan soʻng, “Karmana ovozi” gazetasida va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish, xalq deputatlari Karmana tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (F.Jumayeva) zimmasiga yuklansin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiyada raislik qiluvchi URALOV MAMASOLI RABBIMOVICH
Navoiy viloyati, Karmana tumani,
2025-yil 26-noyabr,
VII-15-132-5-71-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.