20.10.2025 yildagi 171-3-55-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JIZZAX VILOYATI JIZZAX SHAHAR HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax shahrida yangi tartibdagi brutto-shartnomasi asosida faoliyati yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan 14 ta yangi yoʻnalishlar tarmogʻidagi avtobuslar uchun toʻxtash joylari (bekatlar)da yoʻl belgilarining oʻrnatilishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi “2022-2026-yillar davomida amalga oshirilishi moʻljallangan “Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-316-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi “Hududlarda jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 757-sonli qarorlari, viloyat hokimining 2024-yil 28-dekabrdagi Jizzax shahar hududida oʻtkazilgan sayyor yigʻilishi bayoni bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda Jizzax viloyati Transport boshqarmasining 2025-yil 18-martdagi 01-187-sonli xatini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi Qonuniga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi “2022-2026-yillar davomida amalga oshirilishi moʻljallangan “Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-316-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi “Hududlarda jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 757-sonli qarorlari, viloyat hokimining 2024-yil 28-dekabrdagi Jizzax shahar hududida oʻtkazilgan sayyor yigʻilishi bayoni hamda Jizzax viloyati Transport boshqarmasining 2025-yil 18-martdagi 01-187-sonli xati maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jizzax shahar transport bosh rejasiga asosan Jizzax shahrida yangi tartibdagi brutto-shartnomasi asosida faoliyati yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan 14 ta yangi yoʻnalishlar tarmogʻidagi avtobuslar uchun toʻxtash joylari (bekatlar) boʻyicha Jizzax viloyati trasnport boshqarmasining Jizzax shahar hokimligiga bergan maʼlumoti inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu maʼlumotlar boʻyicha shahar IIB YHXB (B.Abdullayev) bir oy muddatda yangi yoʻnalishlardagi barcha toʻxtash joylari (bekat bor yoki yoʻqligidan qatʼiy nazar) “Avtobus bekati” yoʻl belgilarining toʻliq oʻrnatilishini hamda bekat mavjud boʻlmagan toʻxtash joyi qilib belgilangan hududdagi yoʻlning oʻziga avtobus toʻxtash joyi ekanligini bildiruvchi (AVTOBUS TOʻXTASH JOYI - BUS STOP; AVTOBUS BEKATI - BUS STATION) chizmalarini chizdirish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jizzax shahar hokimining oʻrinbosari (X.Onalboyev) va shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (V.Mirzayev)larga xatlov natijalari boʻyicha avtobus bekatlari yoki toʻxtash joyi qilib koʻrsatilgan hududlarda hamda avtobus bekatlari boʻlmagan hududlarda yengil konstruksiyaga ega bekatlarni qurish va mavjudlarini qayta taʼmirlash boʻyicha vakolatli organlarga taklif loyihalarini kiritish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jizzax shahar hokimligi devonxona mudiri (A.Boymirzayev) bir kun muddatda mazkur qarorning masʼullarga va tegishli mutasaddi tashkilotlarga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosini nazoratini oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar hokimi K. XOLMURODOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Jizzax sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 20-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171-3-55-Q/25-son