XALQ DEPUTATLARI DAVLATOBOD TUMANI KENGASHINING
Qarori
Mahalliy budjet qoʻshimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 126-moddasiga asosan qaror qiladi:
1. “Namangan shahar budjeti 2025-yil uchinchi chorak daromad rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish haqida”gi tuman hokimligi takliflarini inobatga olib, shahar mahalliy budjeti 2025-yil uchinchi chorak daromad rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan ilovaga muvofiq mablagʻlar ajratilsin.
2. Davlatobod tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (E.Mamatqulov), xarajatlarni amalga oshirishga masʼul tashkilot rahbarlari bilan birgalikda:
moliyalashtirish manbasini ochish uchun oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlarni tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi va tuman boʻyicha Gʻaznachilik xizmatiga taqdim etish;
ajratilgan mablagʻlardan toʻgʻri, maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash;
mablagʻlarni oʻz vaqtida va samarali ishlatilishi yuzasidan moliyaviy hisobotlar asosida tizimli oʻrganish hamda oʻrganish natijalariga koʻra, ishlatilmagan va iqtisod qilingan mablagʻlarni shahar mahalliy budjetiga qaytarish choralarini koʻrsinlar.
3. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (S.Umarov) budjet xarajatlar rejasiga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritish, tuman gʻaznachilik xizmati boʻlinmasi (I.Ataxanov) toʻlovlarni oʻrnatilgan tartibda va oʻz vaqtida amalga oshirish hamda mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish vazifalari topshirilsin.
4. Tuman mahalliy budjet jarayonini ochiqligini taʼminlash maqsadida Namangan shahar mahalliy budjeti 2025-yil uchinchi chorak daromad rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash ishlari olib borilayotgan obʼektlar roʻyhati, shuningdek qurilish taʼmirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keyingi chorakning ikkinchi oyi 10 sanasiga qadar tuman hokimligi rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Mazkur qaror ijrosining nazorati tuman hokimining birinchi oʻrinbosari E.Mamatqulov, Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi zimmalariga yuklansin.
6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi TADJIMIRZAYEV ANVAR ABDUVAXIDOVICH
Namangan viloyati, Davlatobod tumani,
2025-yil 3-dekabr,
VII-12-66-6-219-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.