12.12.2025 yildagi 609-2-0-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXORO VILOYATI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan “Buxoro viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” hududidagi yer uchastkalariga ijara huquqining qiymatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6243-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-martdagi PF-41-sonli Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer-uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 25-moddasiga asosan, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-martdagi PF-41-sonli “Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoninig 4-bandiga asosan yer uchastkalarining boshlangʻich ijara qiymati oʻrnatilgan tartibda yer soligʻidan past boʻlmagan miqdorda viloyat hokimlari tomonidan belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Buxoro viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi (F.Husenov) “Buxoro viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi”ning yer uchastkalarini ijara huquqi asosida auksion savdolariga chiqarishda yer uchastkasining ijara huquqi qiymatini hisoblashda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalari boʻyicha 0,5 koeffitsiyentdan foydalansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 12-avgust kuni “Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 35-sonli bayoni (35-2024, 11.09.2024y.) 17-bandiga muvofiq, tuman (shahar) hokimliklari yangi tashkil etilayotgan sanoat zonalarida ishlab chiqilgan bosh rejaga asosan sanoat zonalarida joylashtiriladigan loyiha takliflarini ishlab chiqib, auksion savdolariga chiqarish uchun direksiyaga taqdim qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan loyihalarni umumlashtirgan holda belgilangan tartibda yer maydonlarini investitsiya majburiyatlari bilan auksion savdolariga chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Buxoro viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi (F.Husenov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi (F.Norov), Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (O.Toʻxtayev) tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda viloyatda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun sanoat zonalari hududida boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer-uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom talablariga asosan amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosining nazorati viloyat hokimining oʻrinbosarlari B.Axmedov va R.Asadov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati hokimi B. K. ZARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Buxoro sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
609-2-0-Q/25-son