XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN VILOYATI KENGASHINING
qarori
Viloyat hududidagi chiqindi poligonlarida maishiy chiqindilarni qabul qilish, joylashtirish va saqlash boʻyicha toʻlovlar tariflarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-sonli Farmoni 1-ilovasining 4-bosqichida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari maishiy chiqindi xizmatlari tariflarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash belgilangan.
Namangan viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan 2025-yil 7-noyabrdagi 04/14-32/856-sonli xulosasi, Namangan viloyati Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasining 2025-yil 27-noyabrdagi 01-01/2749-sonli xati hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyaning yigʻilish bayoni hamda xulosasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-, 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 7-noyabrdagi 04/14-32/856-sonli xulosasi va Namangan viloyati Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasining 2025-yil 27-noyabrdagi 01-01/2749-sonli xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan hududiy poligonlarda maishiy chiqindilarni qabul qilish va saqlash boʻyicha toʻlovlar tariflari, narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda cheklangan tariflar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (Z. Muminov), Chiqindilarni boshqarish sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish Agentligi Namangan viloyat boshqarmasi (A. Mamadaliyev), shahar va tuman hokimliklariga joylarda “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan hududiy poligonlarda maishiy chiqindilarni qabul qilish va saqlash boʻyicha toʻlovlar tariflariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish topshirilsin.
4. Mazkur qaror “Namangan haqiqati” va “Namanganskaya pravda” gazetalarida eʼlon qilinsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. “Yuksalish” harakati viloyat boʻlinmasi rahbari, viloyat Kengashi deputati N. Muhamadiyevaning taklifiga binoan viloyatda mavjud chiqindi poligonlarida maishiy chiqindilarni qabul qilish va saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va qatʼiy nazoratga olish.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I. Ikromov) hamda qarorning ijrosini taʼminlash viloyat hokimining oʻrinbosari Gʻ. Djamalov zimmasiga yuklansin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirishi belgilansin.
Kengash raisi S. MUMINOV
Namangan viloyati,
2025-yil 30-dekabr,
VII-17-173-6-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.