Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
QARORI
Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan texnik talablarga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 30-dekabrdagi roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2816-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-son “Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 25-iyundagi 18/2-son qarori (roʻyxat raqami 2816, 2016-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 30-son, 366-modda) bilan tasdiqlangan Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan texnik talablarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
26 dekabr 2025,
35/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 26-dekabrdagi 35/10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan texnik talablarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Kassa tarmogʻi tarkibiga valyuta ayirboshlash shoxobchasi va chakana amaliyot kassa xonalarini joylashtirish naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan ishlash (sanash, saralash, oʻrab-bogʻlash va kassa operatsiyalarini bajarish), ularning but saqlanishini taʼminlashni inobatga olgan holda Bosh bank tomonidan belgilanadi.”.
2. 451-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“451. Bank boʻlinmalarining (filial, bank xizmatlari ofisi, bank xizmatlari markazi) naqd pullari va qimmatliklarini inkassatsiya xizmati va “Respublika maxsus aloqa bogʻlamasi” davlat unitar korxonasi tomonidan saqlash uchun qabul qilishda, ularning pul ombori mazkur texnik talablarda koʻrsatilgan banklarning pul omboriga qoʻyilgan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025 y., 10/25/2816-3/1246-son)