Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
BUYRUGʻI
Ichki audit milliy standartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3394-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-son “2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 3-oktabrdagi 52-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394, 2022-yil 24-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2022-y., 10/22/3394/0957-son) bilan tasdiqlangan Ichki audit milliy standartlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-dekabr,
315-son
Kelishildi:
Hisob palatasi raisning birinchi oʻrinbosari M. ABDULLAYEV
2025-yil 17-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Ichki audit milliy standartlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddimadagi “vazirlik va idoralarning” degan soʻzlar “davlat organlari va tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 1-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olish — davlat organlari va tashkilotlarida moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar hamda bajarilishi jarayonida moliyaviy xato va kamchiliklarni aniqlash va oldini olish jarayoni;”;
ikkinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat organlari va tashkilotlari — ichki audit xizmati tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa budjet tashkilotlari;”;
oltinchi va yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ichki audit obyekti — ichki audit tadbiri amalga oshirilishi nazarda tutilgan davlat organlari va tashkilotlarining tegishincha markaziy apparati va boshqaruv apparati tarkibiy boʻlinmalari, tizim tashkilotlari hamda tasarrufidagi budjet tashkilotlari;
ichki audit faoliyati — davlat organlari va tashkilotlarida budjet intizomini mustahkamlash, budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olish, budjet tizimi budjetlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan foydalanish natijadorligini baholash, ichki nazorat va xavflarni boshqarish tizimlari samaradorligini oʻrganishga qaratilgan mustaqil faoliyat;”;
oʻn birinchi xatboshidagi “vazirlik va idora” degan soʻzlar “davlat organi va tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “vazirlik va idoralarda” degan soʻzlar “davlat organlari va tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “vazirlik va idorani” degan soʻzlar “davlat organi va tashkilotini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “vazirlik va idoralarning” degan soʻzlar “davlat organlari va tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 9-banddagi “vazirlik va idoraning” hamda “vazirlik va idora” degan soʻzlar tegishli ravishda “davlat organi va tashkilotining” hamda “davlat organi va tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 11-bandning birinchi xatboshisi hamda 56-banddagi “Vazirlik va idora” degan soʻzlar “Davlat organi va tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 12-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “vazirlik va idoraning” degan soʻzlar “davlat organi va tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “vazirlik yoki idora” degan soʻzlar “davlat organi yoki tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “vazirlik va idora” degan soʻzlar “davlat organi va tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 13-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari, 19, 28, 30, 46, 55 va 58-bandlardagi “vazirlik va idora” degan soʻzlar “davlat organi va tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 14-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ichki audit obyekti moliyaviy faoliyati, ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish jarayoniga taalluqli boʻlgan maʼlumotlarning mavjudligi hamda ishonchliligini baholash;”;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ichki audit obyektida budjet intizomiga amal qilinishini, moliyaviy boshqaruv, ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish jarayonlarining samaradorligini oʻrganish;”;
oltinchi xatboshidagi “moliyaviy faoliyatini takomillashtirish” degan soʻzlar “moliyaviy faoliyati va ichki nazorat tizimini takomillashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Tashqi baholash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mazkur Standart va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 377-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”.
9. 25 va 26-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Ichki audit xizmati tomonidan bir kalendar yil davomida oʻtkaziladigan ichki audit tadbirlarini aniqlash maqsadida ichki audit yillik rejasi loyihasi Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3704, 2025-yil 12-noyabr) muvofiq “Davlat auditi” dasturiy kompleksida shakllantiriladi, kelishiladi va tasdiqlanadi.
26. Ichki audit yillik rejasi xavf tahlili asosida hamda ichki audit xizmatida mavjud vaqt va inson resurslarini hisobga olgan holda shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasiga kelishish uchun yuboriladi.”.
10. 29-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda ichki audit xizmati tomonidan ichki audit yillik rejasiga kiritilgan ichki audit obyektlarida ichki audit tadbirlari oʻtkazilishi majburiy hisoblanadi.”.
11. 32-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, xabarnoma ichki audit obyektiga ichki audit tadbiri boshlanishidan besh ish kuni (rejadan tashqari oʻtkaziladigan ichki audit tadbiri boshlanishidan bir ish kuni) avval yuboriladi.”.
12. 36-bandda:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olishni amalga oshirish;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat organlari va tashkilotlarining tizimidagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobudjet muassasa hamda tashkilotlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish.”.
13. 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi (ichki audit xizmati xodimi) ushbu Standart va Ichki audit tadbirlarini oʻtkazish qoʻllanmasiga (roʻyxat raqami 3406, 2022-yil 27-dekabr) muvofiq ichki audit obyektida ichki audit tadbirlarini oʻtkazish uchun bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim.
Bunda ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi tomonidan maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlarining tuzilmasidagi mutaxassislar jalb etilishi mumkin.”.
14. 41 va 51-bandlardagi “vazirlik yoki idora” degan soʻzlar “davlat organi yoki tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 57-banddagi “vazirlik va idoralarning” hamda “vazirlik va idora” degan soʻzlar tegishli ravishda “davlat organlari va tashkilotlarining” hamda “davlat organi va tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 59-bandda:
yettinchi xatboshidagi “vazirlik yoki idora” degan soʻzlar “davlat organi yoki tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “vazirlik” degan soʻz “davlat organi va tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “vazirlik va idora” degan soʻzlar “davlat organi va tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025 y., 10/25/3394-1/1245-son)