26.11.2025 yildagi VII-14-100-2-36-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kogon tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2025-yil 9 oylik yakunlari boʻyicha ijrosi hamda 2025-yil 3-chorak yakunlari boʻyicha shakllangan qoʻshimcha manba mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 143 va 148-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 29 noyabrdagi KQ-5-V-sonli Qaroriga asosan va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq tuman hokimligining Kogon tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2025 yil 9 oylik yakunlari boʻyicha ijrosi hamda 2025 yil 3-chorak yakunlari boʼyicha shakllangan qoʻshimcha manba mablagʻlarini yoʼnaltirish toʻgʻrisida hisobotni (maxsus komissiya xulosasi asosida) koʻrib chiqib, Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 143 va 148-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 29 noyabrdagi KQ-5-V-sonli Qaroriga asosan Kogon tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2025 yil 9 oylik yakunlari boʻyicha ijrosi hamda 2025 yil 3-chorak yakunlari boʼyicha shakllangan qoʻshimcha manba mablagʻlarini yoʼnaltirish toʻgʻrisidagi Kogon tuman Iqtisodioyt va moliya boʻlimi va umumlashtiruvchi komissiyaning (taklifi) hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kogon tumani mahalliy byudjetining 2025 yil daromadlari rejasining 9 oylik ijrosi-bajarilishi soliq turlari boʻyicha 1-ilovaga, 2025 yil 3-chorak yakunlari boʼyicha shakllangan qoʻshimcha manba mablagʻlarini yoʼnaltirish 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 01 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorlini yanada oshirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli Qarorining ijrosini taʼminlashda samaradorlikka erishgan, tumanda tashkil etilgan shtabda yuqori koʼrsatkichlarga erishgan soha vakillaridan iborat bir qator faol aʼzolarni moddiy ragʼbatlantirish maqsadida, shularni inobatga olgan holda, Qaror talablaridan kelib chiqib, 2025 yil 19 fevraldagi VII-05-12-2-36-K/25-sonli xalq deputatlari tuman kengashi Qarori 3-ilovasi 4-bandiga muvofiq tumanda 2025 yil boshidagi shakllangan qoʼshimcha manba mablagʻlari hisobidan tumandagi barcha turdagi bayram tadbirlariga taqdirlash maqsadida sovgʻalar olish bilan bogʻliq qarzdorlik xarajatlari toʻlovi uchun ajratilgan 100,0 mln soʻm mablagʻning iqtisod qilingan qismi (iqtisod qilingan mablagʻi – 8,897 mln soʻm)dan jami 8,897 mln soʻmlik mablagʻlarni yuqorida taʼkidlangan moddiy ragʼbatlantirish toʻlovlari uchun qayta tqsimlangan holda tuman hokimligiga ajratilsin, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 13 maydagi “Hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi farovonligini taʼminlash uchun kadrlarning oʻzaro tajriba almashishi va zamonaviy ish uslublarini oʻrgatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi VMQ-316-sonli Qarorida mahalliy byudjet qoʻshimcha manbalari hisobidan, xizmat uylari bilan taʼminlanmaganda turar joy ijarasi kompensatsiyasi uchun har oyda Toshkent shahrida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining olti baravarigacha tegishli mablagʻlarni ajratilishi ham koʻrsatib oʻtilgan. Shularni inobatga olgan holda, Qaror talablaridan kelib chiqib, 2025 yil 24 iyuldagi VII-10-65-2-36-K/25-sonli xalq deputatlari tuman kengashi qarori 3-bandiga muvofiq Hokimlikning kreditor qarzdorlik toʻlovlari uchun ajratilgan 20,0 mln soʻm mablagʻning iqtisod qilingan qismi (iqtisod qilingan mablagʻi – 3,915 mln soʻm)dan 0,914 mln soʻmlik mablagʻlarni yuqorida taʼkidlangan turar joy ijarasi kompensatsiyasi toʻlovlari uchun va 3,001 mln soʻmlik mablagʻlarni esa tumandagi bayram tadbirlarida taqdirlash uchun sovgʻalar olish xarajatlariga, 2025 yil 26 avgustdagi VII-11-75-2-36-K/25-sonli xalq deputatlari tuman kengashi qarori 5-bandiga muvofiq Hokimlikni qoʻriqlash xizmati qarzdorligiga ajratilgan 42,0 mln soʻm mablagʻning iqtisod qilingan qismi (iqtisod qilingan mablagʻi – 21,0 mln soʻm), 6-bandiga muvofiq Hokimlikka qoʻshimcha koʻrsatilgan yuridik xizmat toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik xarajatlariga ajratilgan 10,0 mln soʻmlik iqtisod qilingan jami 31,0 mln soʻmlik mablagʻlar tumandagi bayram tadbirlarida taqdirlash uchun sovgʻalar olish xarajatlariga qayta taqsimlangan holda tuman hokimligiga ajratilsin hamda hokimlik bosh hisobchisi D.Homidovga ajratilgan mablagʻlarni qonunchilikda belgilangan tartibda hisob-kitob qilish-toʻlovlarini amalga oshirish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari kengashi deputatlari mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan birgalikda qoʻshimcha manbalar asosida shakllantiriladigan tadbirlarga yoʻnaltirish uchun “Ochiq byudjet” tizimi toʻgʻrisida aholini xabardor qilish va ularning ushbu tadbirlarga faol ishtirokini taʼminlash maqsadida joylarda tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kogon tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi va Gʻaznachilik xizmatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi talablari asosida mahalliy budjetning parametrlariga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish hamda parametrlarda koʻzda tutilgan xarajatlarni, xususan birinchi darajali toʻlovlarni oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet xarajatlari rejasiga oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda hisobga olish, tegishli hududiy budjet mablagʻi oluvchilarning xarajatlar miqdoriga aniqlik kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni oʻrnatish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman soliq inspesiyasi boshligʻi (S.Axmedov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025 yil uchun belgilangan daromadlar prognoz reja koʻrsatkichlarini barcha soliq turlari kesimida toʻliq bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet daromadlari bazasini kengaytirish hamda mahalliy budjetga qoʻshimcha soliq tushumlarini tushirish manbalarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan toʻliq, samarali foydalanish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosining nazorati Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi QAZOQOV OTABEK NODIROVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Kogon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-14-100-2-36-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.