06.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3720
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3720]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son “Islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. XUDAYAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 25-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi B. ISLAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 26-noyabrdagi 22-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom narkologik kasallikka chalingan shaxslarni (bundan buyon matnda narkologik bemorlar deb yuritiladi) sudning qarori asosida majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasalarida (bundan buyon matnda narkologiya muassasalari deb yuritiladi) davolash jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy davolash — narkologik bemorlarga nisbatan sudning qarori asosida narkologiya muassasalarida koʻrsatiladigan narkologik yordam turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkologik kasallik (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) — psixoaktiv moddalarga patologik ruju qoʻyish, ulardan surunkali zaharlanishning psixosomatik (ruhiy va jismoniy) hamda ijtimoiy oqibatlari bilan tavsiflanadigan surunkali kasallik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkologik bemorlar — oʻziga narkolog shifokor tomonidan narkologik kasallik tashxisi qoʻyilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkologiya muassasalari — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tuzilmasida majburiy davolash uchun boʻlim tashkil etilgan narkologiya muassasalari yoki majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya shifoxonalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Narkologik bemorlarga narkologiya muassasalarida alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar hamda dorilik xususiyatiga ega boʻlmagan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy, giyohvandlik vositalarga oʻxshash ruhiyatga faol taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Narkologik bemorlar tomonidan tibbiyot xodimlari koʻrsatmalarining bajarilishini taʼminlash, ularning narkologiya muassasalaridan oʻzboshimchalik bilan chiqib ketishini hamda ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti xodimlari (bundan buyon matnda qoʻriqlash xodimlari deb yuritiladi) tomonidan doimiy nazorat oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Narkologik bemorlarni narkologiya muassasalariga olib kelish va qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan narkologik bemorlar narkologiya muassasalariga sudning ushbu bemorlarni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi qarori asosida olib kelinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Narkologik bemorlarni narkologiya muassasalariga olib kelishdan oldin ichki ishlar organlari xodimlari ularda oʻziga yoki boshqa fuqarolarga tan jarohatlari yetkazishi mumkin boʻlgan sovuq qurol, shuningdek sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolar, alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalar, psixotrop moddalar, prekursorlar hamda dorilik xususiyatiga ega boʻlmagan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy, giyohvandlik vositalarga oʻxshash ruhiyatga faol taʼsir etuvchi boshqa moddalarning yoʻqligiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Narkologik bemorlarning yonida mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan ashyolar, moddalar va mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ular ichki ishlar organlari xodimi tomonidan olib qoʻyiladi va shu kunning oʻzida saqlash, topshirish yoki yoʻq qilish masalalarini hal etish uchun hududiy tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasiga (boʻlimiga) topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Narkologiya muassasasiga olib kelingan narkologik bemor ushbu muassasaning narkolog shifokori tomonidan sudning narkologik bemorni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi qarori bilan tanishgandan keyin qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Narkologiya muassasasida davolanishda boʻlgan narkologik bemor narkologiya muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Narkologik bemorlarni narkologiya muassasalarida majburiy davolash va ularni narkologiya muassasalaridan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Narkologik bemorlarni majburiy davolashning asosiy maqsadi ularda turgʻun remissiyani shakllantirish, shu orqali ularning ijtimoiy maqomini tiklash, ijtimoiy readaptatsiyasi hamda jamiyatga reintegratsiyasini taʼminlashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Narkologik bemorlar narkologiya muassasasiga qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda majburiy davolashning davomiyligi narkologiya muassasasining rahbari hamda ikki nafar narkolog shifokor tarkibidan iborat boʻlgan tibbiy komissiya tomonidan klinik-tashxis qoʻyish standartlari va davolash bayonnomalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda narkologik bemorlarni majburiy davolash davomiyligi oʻn sakkiz oydan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Narkologik bemorlarni narkologiya muassasasida majburiy davolash narkolog shifokorlar tomonidan klinik-tashxis qoʻyish standartlari va davolash bayonnomalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Narkologik bemorlarda mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan tibbiy qarshi koʻrsatmalar aniqlangan taqdirda, narkologiya muassasasi tomonidan ularni majburiy davolash rad etiladi yoki majburiy davolash muddati kechiktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narkologik bemorlarda rad etish yoki muddatini kechiktirish uchun asos boʻlgan tibbiy qarshi koʻrsatmalar bartaraf etilganda ularni narkologiya muassasasi tomonidan majburiy davolash toʻliq hajmda koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Narkologik bemorlar narkologiya muassasasini oʻzboshimchalik bilan tark etgan hollarda ushbu muassasaning qoʻriqlash xodimi zudlik bilan bu haqida hududiy tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasiga (boʻlimiga) xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) narkologiya muassasasini oʻzboshimchalik bilan tark etgan narkologik bemorlarni narkologiya muassasasiga qaytarish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Narkologik bemorlar narkologiya muassasasini oʻzboshimchalik bilan tark etgan davri majburiy davolanish muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Narkologik bemorlar narkologiya muassasasidan quyidagi sabablarga koʻra chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy davolash muddati tugagach va narkologik bemor sogʻligʻining klinik holatini hisobga olgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy davolashni oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan qoʻshimcha ogʻir kasalliklar aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Narkologiya muassasasining maʼmuriyati narkologik bemorning chiqarilishidan oʻn kun oldin ichki ishlar organlarini, mehnat organini, yashash joyidagi narkologiya muassasasini chiqarib yuborilayotgan narkologik bemorning maishiy sharoitlarini yaxshilashga hamda uni ishga joylashtirishga koʻmaklashish va u ustidan kuzatuvni taʼminlash uchun xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Narkologiya muassasasidan chiqarilgan narkologik bemorga undan olib qoʻyilgan hujjatlar, pul mablagʻlari, moddiy qimmatliklar va ashyolar qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narkologik kasallikka chalingan shaxsda majburiy davolashni rad etish yoki muddatini kechiktirish uchun asos boʻlgan tibbiy qarshi koʻrsatmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tibbiy qarshi koʻrsatmalar

1-bob. Majburiy davolashni rad etish uchun asos boʻlgan tibbiy qarshi koʻrsatmalar

1.

Shizofreniya (kasallikning barcha yomon sifatli shakllari, shuningdek shaxsning chuqur nuqsonlanishiga olib keluvchi uzluksiz yoki xurujli-progredient kechuvchi turlari)

2.

Tez-tez takrorlanib turuvchi tutqanoqlar yoki ularga ekvivalent boʻlgan ruhiy buzilishlar, demensiya darajasigacha kuchaygan chuqur shaxs buzilishlari va epileptik psixozlar bilan kechuvchi epilepsiya

3.

Oʻta kuchli simptomatika yoki demensiya bilan kechuvchi involyutsion psixozlar

4.

Oʻta ifodalangan intellektual rivojlanish nuqsoni (debillik yoki imbesillik darajasidagi aqliy zaiflik)

5.

Bipolyar affektiv buzilishlarning xuruj davrlari

6.

Bosh miya va orqa miyaning qon-tomir buzilishlari, infeksiya, jarohat yoki boshqa omillar natijasida yuzaga kelgan organik shikastlanishlar oqibatida harakatlar buzilishi va qoʻpol koordinatsiya yetishmovchiligi bilan kechuvchi psixozlar yoki demensiya

7.

Markaziy asab tizimi funksiyalarining chuqur buzilishiga olib keluvchi turgʻun va progressiv rivojlanuvchi organik kasalliklar (yon tomon amiotrofik sklerozi, progressiv mushak distrofiyasi, atrofik miotoniya, siringomiyeliya)

8.

Harakatsizlikka yoki ogʻir toliqishga olib keluvchi tez-progressiv kechuvchi parkinson kasalligi (titrovchi falaj)

9.

Umurtqa pogʻonasi, qovurgʻalar va yirik boʻgʻimlar harakati keskin cheklanishiga olib keluvchi bexterev kasalligi (ankilozlovchi spondiloartrit)

10.

Yomonsifatli oʻsimtalar

11.

Qon aylanish yetishmovchiligini II-III darajaga olib kelgan, jigar va oʻpkada tiqilish hamda shishlar bilan kechuvchi surunkali perikardit

12.

Jarrohlik yoʻli bilan bartaraf etib boʻlmaydigan yurak klapanlari poroklari natijasida yuzaga kelgan II-III darajali yurak yetishmovchiligi

13.

II-III darajali yurak yetishmovchiligi bilan kechuvchi miokardit va aterosklerotik kardioskleroz

14.

Tinch holat stenokardiyasi bilan kechuvchi surunkali koronar yetishmovchilik

15.

II-III darajadagi gipertoniya kasalligi va tez-tez takrorlanib turuvchi gipertonik krizlar

16.

Ortga qaytmaydigan trofik buzilishlar, nekrozlar yoki oyoq-qoʻllar funksiyalarining buzilishi bilan kechuvchi ikki tomonlama obliteratsiyalovchi endarteriit va tromboangiitlar

17.

II-III darajadagi nafas yetishmovchiligi bilan kechuvchi oʻpka kasalliklari

18.

II-III darajadagi yurak-oʻpka yetishmovchiligiga olib keluvchi pnevmokoniоzlar

19.

Portal qon aylanishining kuchli buzilishi bilan kechuvchi surunkali aktiv gepatit va jigar sirrozi

20.

Qon kasalliklari (agranulotsitoz, leykozlar, ogʻir darajadagi anemiyalar, gemofiliya)

21.

Buyrak funksiyasining keskin buzilishi, turgʻun azotemiya, anemiya, koʻz tubi oʻzgarishlari va gipertoniya bilan kechuvchi surunkali nefrit, surunkali diffuz glomerulonefrit yoki ikkilamchi burishgan buyrak

22.

Dekompensatsiya darajasidagi endokrin kasalliklari

23.

Umurtqa pogʻonasi, yirik suyaklar va boʻgʻimlarning progressiv destruktiv tuberkulyozi, ichki aʼzolarning amiloidozi, buyraklarning ikki tomonlama kavernoz tuberkulyozi

24.

II-III darajadagi yurak-oʻpka yetishmovchiligi va ichki aʼzolar amiloidoziga olib keluvchi progressiv ikki tomonlama polikavernoz oʻpka tuberkulyozi

25.

Koʻz kasalliklari (glaukoma, koʻruv nervining progressiv atrofiyasi, yuqori darajadagi miopiya, korreksiyaga moyil boʻlmagan bir koʻzning ojizligi va ikkinchi koʻz koʻrish qobiliyatining keskin pasayishi)

26.

Homilador va emizikli ayollar, shuningdek kasallik turidan qatʼi nazar I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar

27.

60 yoshdan katta erkaklar va 55 yoshdan katta ayollar

2-bob. Majburiy davolash muddatini kechiktirish uchun asos boʻlgan tibbiy qarshi koʻrsatmalar

28.

Kelib chiqish sababidan qatʼi nazar oʻtkir psixozlar, jumladan giyohvandlik yoki zaharvandlik moddalaridan foydalanish hamda alkogol abstinensiyasi oqibatida yuzaga kelgan va ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanishni talab etadigan psixozlar

29.

Narkologik bemorlarga shoshilinch, ixtisoslashtirilgan statsionar yordam koʻrsatishni talab etadigan yondosh kasalliklar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025 y., 10/25/3720/1133-son)