OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRining
buyrugʻi
Taʼlim tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan vazirlik va idoralarning ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 1-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3718]
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-1091-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 29-noyabr,
26-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 26-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomada:
1) 1-ilovaning 4 006 0 0 qatoridagi “Maktabdan tashqari muassasalarda” degan soʻzlar “Qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 2-ilovaning 3 422 248 qatoridagi “Maktabdan tashqari taʼlim” degan soʻzlar “Qoʻshimcha taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2850, 2016-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 593-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalarida:
1) 134-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6-ilovaning 1-pozitsiyasi “Toʻlov turlari” ustunidagi “maktabdan tashqari muassasalarda” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi 125-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3078, 2018-yil 20-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 10/18/3078/2073-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”da:
1) 59-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“59. 102 406 “Qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar” subschyotida budjet tashkilotlarining hisobvaraqlariga kirim qilingan davlat qoʻshimcha taʼlim tashkilotlaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan toʻlanadigan badallari hisobga olinadi.
Mablagʻlarni ota-onalardan kirim qilinishi 102 406 “Qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar” subschyotining debetida va 151 400 “Budjet tashkilotlarining toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyotining kreditida, belgilangan maqsadlarga xarajati hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetida va 102 406 “Qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.”;
2) 100-bandning oltinchi xatboshisidagi “Maktabdan tashqari muassasalarda” degan soʻzlar “Qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 1-ilovada:
102 406 qatordagi “Maktabdan tashqari muassasalarda” degan soʻzlar “Qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
111 306 qatordagi “Maktabdan tashqari davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar “Davlat qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
520 140 qatordagi “maktabdan tashqari davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar “davlat qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 157-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2019-y., 10/19/3124/2524-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”da:
1) 114-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “maktabdan tashqari muassasalarda” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-ilovaning matnidagi “Maktabdan tashqari muassasalarda” degan soʻzlar “Qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 12-iyundagi 26-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻida (roʻyxat raqami 3255, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3255/1031-son):
1) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “maktabdan tashqari tashkilotlar” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3-ilovada:
ushbu ilovaning nomidagi “maktabdan tashqari tashkilotlar” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
mazkur ilovaning matnidagi “maktabdan tashqari tashkilotlarda” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 22-ilovaning matnidagi “maktabdan tashqari tashkilotlarda” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 23-ilovaning matnidagi “maktabdan tashqari tashkilotlar” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2014-yil 16-iyundagi 40, 9-son qarori (roʻyxat raqami 2597, 2014-yil 24-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 26-son, 320-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika oʻquvchi-yoshlar markaziga taʼtillar davrida oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilaridagi “maktabdan tashqari taʼlim” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 31-martdagi 7-mh-son “Maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻida (roʻyxat raqami 2663, 2015-yil 9-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 14-son, 175-modda):
1) buyruqning nomidagi “Maktabdan tashqari taʼlimga” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlimga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 1-banddagi “Maktabdan tashqari taʼlimga” degan soʻzlar “Qoʻshimcha taʼlimga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) ilovada:
ilovaning nomidagi “Maktabdan tashqari taʼlimga” degan soʻzlar “Qoʻshimcha taʼlimga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur qoʻshimcha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) qoʻshimcha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablarini belgilaydi.”;
1-band, 5-bandning ikkinchi xatboshisi, 6-bandning uchinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari, 7-band, 8-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari, 2-boʻlimning nomi, 12-band, 4-boʻlimning 2-bobi nomi, 56-band, 59-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari, 60-banddagi “maktabdan tashqari taʼlim” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi va beshinchi xatboshilardagi “maktabdan tashqari taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “maktabdan tashqari taʼlim” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-banddagi “maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilardagi “maktabdan tashqari taʼlim” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “maktabdan tashqari taʼlimga” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlimga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi va sakkizinchi xatboshilardagi “maktabdan tashqari taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi, uchinchi va oltinchi xatboshilardagi “maktabdan tashqari taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “maktabdan tashqari taʼlim” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “maktabdan tashqari taʼlimning” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlimning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini” va “maktabdan tashqari taʼlim muassasalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarini” va “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Maktabdan tashqari taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Qoʻshimcha taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-boʻlimning nomidagi “Maktabdan tashqari taʼlimning” degan soʻzlar “Qoʻshimcha taʼlimning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Maktabdan tashqari taʼlimga” degan soʻzlar “Qoʻshimcha taʼlimga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “maktabdan tashqari taʼlimga” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlimga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
57-banddagi “maktabdan tashqari taʼlim muassasasining” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
58-banddagi “maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 6-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3778, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3778/0155-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 28-oktabrdagi 228-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3097, 2018-yil 11-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/3097/2314-son) bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 21-ilovasi 3-bandi oʻn birinchi xatboshisidagi “maktabdan tashqari taʼlim” degan soʻzlar “qoʻshimcha taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2025 y., 10/25/3718/1118-son; 20.02.2026-y., 10/26/3778/0155-son)