ILOVA
T/r | Mezon | Indikator |
1-bob. Tashkiliy-boshqaruv va sifatni taʼminlash yoʻnalishi | ||
1. | Taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha tarkibiy tuzilma va uning samarali ishlash mexanizmlarining mavjudligi | Taʼlim dasturini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy tuzilmani (kafedrani, boʻlimni) (bundan buyon matnda tarkibiy tuzilma deb yuritiladi) tashkil etish hamda uni moddiy-texnik baza va moliyaviy resurslar bilan taʼminlash boʻyicha aniq rejalar mavjud* |
Tarkibiy tuzilmaning vakolatlari, vazifalari va funksiyalari taʼlim dasturini samarali amalga oshirishga yoʻnaltirilgan va taʼlim dasturi doirasida belgilangan maqsadlarga uygʻun tarzda aniq belgilangan | ||
Taʼlim dasturini samarali amalga oshirish uchun tarkibiy tuzilma moddiy-texnik baza, moliyaviy va inson resurslari bilan taʼminlangan hamda tarkibiy tuzilmaning ish rejalari ishlab chiqilgan** | ||
Tarkibiy tuzilmaning faoliyati oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim dasturining maqsadlari va kutilgan oʻquv natijalariga uygʻun** | ||
Tarkibiy tuzilma tomonidan taʼlim dasturining mehnat bozori talablariga muvofiqligi va natijadorligi baholanib, tahliliy maʼlumotlar muntazam tayyorlanadi** | ||
Tarkibiy tuzilma faoliyati muntazam monitoring va tahlil orqali tizimli ravishda tahlil qilinadi** | ||
Monitoring va tahlil natijalari asosida tarkibiy tuzilmaning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirib boriladi** | ||
2. | Taʼlim dasturini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha 5 yillik istiqbolli rejaning (bundan buyon matnda istiqbolli reja deb yuritiladi) mavjudligi | Istiqbolli reja ishlab chiqilgan va oliy taʼlim tashkilotining strategik rejasi (missiyasi, strategiyasi) bilan mos |
Istiqbolli rejada taʼlim sifati, kadrlar salohiyati, infratuzilma, raqamlashtirish, xalqaro hamkorlik va moliyaviy barqarorlik yoʻnalishlari qamrab olingan | ||
Istiqbolli rejadagi har bir yoʻnalish boʻyicha aniq maqsadlar, vazifalar va ushbu vazifalarning bajarilishini baholash mezonlari belgilangan | ||
Istiqbolli rejani amalga oshirish uchun masʼul ijrochilar hamda ijro muddatlari aniq belgilangan | ||
Istiqbolli rejani amalga oshirish uchun moddiy-texnik baza, moliyaviy va inson resurslari mavjud | ||
Istiqbolli rejada belgilangan vazifalarni amalga oshirishga taʼsir qiluvchi xavf tahlili mavjud hamda ushbu xavflarni bartaraf etish boʻyicha muqobil choralar belgilangan | ||
Istiqbolli rejaning bajarilishi boʻyicha monitoring va tahlil tizimi yoʻlga qoʻyilgan** | ||
Monitoring va tahlil natijalari taqozo etgan taqdirda, istiqbolli rejaga tegishli oʻzgartirishlar kiritib boriladi** | ||
3. | Taʼlim dasturi doirasida sifatni ichki taʼminlash mexanizmining mavjudligi hamda bu jarayonlarda manfaatdor tomonlarning ishtiroki taʼminlangani | Taʼlim dasturi doirasida sifatni ichki taʼminlash boʻyicha ichki hujjatlar, shu jumladan tartib (qoidalar) oliy taʼlim tashkilotining strategik rejasida (missiyasida, strategiyasida) belgilangan maqsadlar va institutsional sifatni taʼminlash siyosatiga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan, tasdiqlangan hamda jamoatchilik uchun ochiq |
Taʼlim dasturini muntazam monitoring qilish, tahlil qilish va qayta koʻrib chiqish tartibi (qoidalari) mavjud | ||
Taʼlim dasturini ishlab chiqish va takomillashtirishda talabalar, professor-oʻqituvchilar, ish beruvchilar, soha mutaxassislari, bitiruvchilar, ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (bundan buyon matnda manfaatdor tomonlar deb yuritiladi) fikr-mulohazalarini inobatga olish mexanizmi mavjud | ||
Sifatni ichki taʼminlash mexanizmlarini joriy etish, muvofiqlashtirish va takomillashtirish jarayonlari strategik boshqaruvning uzviy qismi sifatida tizimli ravishda amalga oshiriladi** | ||
Taʼlim dasturi sifatini baholash maqsadida manfaatdor tomonlarning fikr-mulohazalari muntazam baholanadi** | ||
Manfaatdor tomonlarning fikr-mulohazalari asosida taʼlim dasturini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab boriladi** | ||
Sifatni ichki taʼminlash tizimi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligi muntazam ravishda baholab boriladi** | ||
4. | Mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlari hamda ilmiy-tadqiqotning soʻnggi tendensiyalarini aniqlash boʻyicha monitoring tizimining mavjudligi | Mehnat bozori, taʼlim ehtiyojlari va ilmiy-tadqiqotning soʻnggi tendensiyalariga oid maʼlumotlarni muntazam ravishda yigʻish, tahlil va monitoring qilish boʻyicha tartib mavjud hamda ushbu masalalar yuzasidan tarkibiy tuzilmaning vazifa va funksiyalari aniq belgilangan |
Mehnat bozori, taʼlim ehtiyojlari va ilmiy-tadqiqotning soʻnggi tendensiyalariga oid maʼlumotlarni yigʻish, tahlil va monitoring qilish jarayonlari yoʻlga qoʻyilgan, shuningdek taʼlim dasturi ushbu jarayonlarni tizimli va izchil amalga oshirish uchun moddiy-texnik baza, moliyaviy va inson resurslari bilan taʼminlangan | ||
Yigʻilgan maʼlumotlar taʼlim dasturini rejalashtirish va ishlab chiqishda qoʻllanilgan | ||
Tahlil va monitoring natijalari asosida taʼlim dasturini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab boriladi** | ||
Tahlil va monitoring natijalari va belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yakunlaridan kelib chiqib, taʼlim dasturiga zarur oʻzgartishlar kiritiladi** | ||
Talabalarni mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar toʻgʻrisida xabardor qilish mexanizmi yoʻlga qoʻyiladi** | ||
Taʼlim ehtiyojlari va ilmiy-tadqiqotning soʻnggi tendensiyalari boʻyicha yigʻilgan maʼlumotlar manfaatdor tomonlar foydalanishi uchun ochiq eʼlon qilinadi** | ||
5. | Amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha talabalar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilgani va uning natijalari asosida taʼlim dasturlarining takomillashtirilgani | Talabalar oʻrtasida taʼlim dasturlari boʻyicha soʻrovnomalarni (intervyular, muhokamalar va talabalar fikrini oʻrganishga qaratilgan boshqa tadbirlar) oʻtkazishning tartibi mavjud** |
Soʻrovnomalar taʼlim dasturining tashkiliy-boshqaruv va oʻquv jarayonlari sifati bilan bogʻliq savollarni (masalalarni) qamrab oladi** | ||
Soʻrovnoma savollari (masalalari) va oʻtkazish jarayonlari ilmiy-metodologik asoslangan** | ||
Soʻrovnoma oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan davriylik asosida muntazam oʻtkaziladi va soʻrovnoma natijalari tizimli ravishda tahlil qilinadi** | ||
Soʻrovnoma natijalari boʻyicha muammolarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab boriladi** | ||
Tahlil natijalari va amalga oshirilgan chora-tadbirlar yakunlaridan kelib chiqib, taʼlim dasturiga zarur oʻzgartishlar kiritib boriladi** | ||
Talabalar soʻrovnoma natijalari va ular asosida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida xabardor qilinadi** | ||
2-bob. Taʼlim dasturlari yoʻnalishi | ||
6. | Manfaatdor tomonlar ishtirokida taʼlim dasturining belgilangan tartibda ishlab chiqilgani. Bunda taʼlim dasturining maqsadi, natijalarining belgilangani, mehnat bozori, davlat taʼlim standarti (bundan buyon matnda DTS deb yuritiladi) va milliy malakalar ramkasi (bundan buyon matnda MMR deb yuritiladi) talablariga muvofiqligi | Taʼlim dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha tartib mavjud |
Taʼlim dasturini ishlab chiqish jarayonida ish beruvchilar, soha mutaxassislari va professor-oʻqituvchilar ishtiroki taʼminlanib, mazkur jarayon tizimli yoʻlga qoʻyilgan* | ||
Taʼlim dasturining maqsadlari, kutilgan oʻquv natijalari va kompetensiyalari aniq belgilangan hamda oʻzaro uzviy bogʻlangan | ||
Taʼlim dasturining maqsadlari va kutilgan oʻquv natijalari MMR, DTS, kasbiy standart(lar) va (yoki) xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan | ||
Taʼlim dasturi yakunida beriladigan kvalifikatsiya(lar) taʼlim dasturida belgilangan | ||
Taʼlim dasturining maqsadlari va kutilgan oʻquv natijalari oliy taʼlim tashkilotining strategik rejasi (missiyasi, strategiyasi) va akademik profiliga muvofiq ishlab chiqilgan | ||
Jamoatchilik, abituriyentlar va talabalar taʼlim dasturi haqida haqqoniy va xolis axborotga ega boʻlish imkoniyatiga ega** | ||
7. | Taʼlim dasturining milliy taʼlim tizimidagi ustuvor yoʻnalishlar va xalqaro andozalar asosida ishlab chiqilgani | Taʼlim dasturi mamlakatning barqaror rivojlanish maqsadlari va Oliy taʼlim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq ishlab chiqilgan |
Taʼlim dasturini ishlab chiqishda xalqaro taʼlim standartlari va (yoki) DTS inobatga olingan | ||
Taʼlim dasturida sohaga oid dolzarb ilmiy, nazariy va amaliy bilimlar oʻz aksini topgan | ||
Taʼlim dasturining maqsadlari va kutilgan oʻquv natijalari mamlakatdagi inson kapitalini rivojlantirish hamda ichki va xalqaro mehnat bozorining ehtiyojlariga muvofiq belgilangan | ||
Taʼlim dasturining xalqaro taʼlim standartlariga mosligi boʻyicha vakolatli xorijiy ekspertlar yoki tashkilotlar tomonidan berilgan rasmiy xulosa (akkreditatsiya) mavjud | ||
8. | Taʼlim dasturining davomiyligi, fanlarning uzviyligi va uzluksizligi taʼminlangani | Taʼlim dasturining davomiyligi (umumiy kreditlar (soatlar), oʻqish muddati) ushbu dasturning maqsadlari va kutilgan oʻquv natijalariga mos ravishda belgilangan* |
Taʼlim dasturining barcha tarkibiy qismlari, shu jumladan fanlar (modullar), nazariy va amaliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot faoliyati, amaliyot va attestatsiya oʻrtasida mantiqiy izchillik va uzviylik taʼminlangan | ||
Taʼlim dasturiga kiritilgan fanlar (modullar) taʼlim dasturining kutilgan oʻquv natijalariga erishishga yoʻnaltirilgan | ||
Taʼlim dasturida boshqa taʼlim turlari bilan mantiqiy izchillik va uzviylik taʼminlangan | ||
Oʻquv yuklamalari fanlar (modullar) kesimida toʻgʻri va oʻlchovli taqsimlangan | ||
Fanlar (modullar) tarkibidagi nazariy bilim, amaliy mashgʻulot va tadqiqot ishlari oʻzaro uygʻunlashgan | ||
Mashgʻulot turlari (nazariy, amaliy, laboratoriya va boshqalar) taʼlim dasturi mazmuniga muvofiq ravishda belgilangan | ||
9. | Amaldagi taʼlim dasturlarining tizimli ravishda monitoringi yuritilgani hamda uning samaradorligini oshirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilgani | Taʼlim dasturi samaradorligini baholash tartibi va mezonlari ishlab chiqilgan** |
Taʼlim dasturi boʻyicha tizimli monitoring va tahlil jarayonlari oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan davriylikda izchil amalga oshiriladi** | ||
Monitoring jarayonida ish beruvchilar, talabalar va soha mutaxassislari ishtiroki tizimli ravishda taʼminlanadi** | ||
Monitoring va tahlil natijalari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar tizimli ravishda ishlab chiqiladi hamda mazkur chora-tadbirlarning ijro holati nazoratga olinadi** | ||
Taʼlim dasturining monitoringi va tahlili natijalaridan ochiq foydalanish imkoniyati mavjud** | ||
Monitoring va tahlil natijalari asosida taʼlim dasturi, shu jumladan fanlarning (modullarning) mazmuni, oʻqitish usullari va baholash tizimiga zarur oʻzgartishlar kiritib boriladi** | ||
3-bob. Oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻquv natijalarini baholash yoʻnalishi | ||
10. | Ishchi oʻquv reja va dasturlarining belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqilgani | Oʻquv reja va oʻquv dasturlar (sillabuslar) ish beruvchilar, talabalar va soha mutaxassislarini jalb qilgan holda, shuningdek ularning takliflari asosida ishlab chiqilgan |
Oʻquv reja va oʻquv dasturlar MMR, DTS, kasbiy standart(lar), malaka talabi va (yoki) xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan* | ||
Oʻquv reja va oʻquv dasturlar taʼlim dasturining maqsadlari va kutilgan oʻquv natijalariga muvofiq | ||
Fanlarning (modullarning) oʻquv dasturi tegishli qonunchilikdagi oʼzgarishlar va xorijiy tajribani qamrab olgan | ||
Fanlarning (modullarning) oʻquv dasturi talabalarda qattiq va yumshoq koʻnikmalarni (hard and soft skills) rivojlantirishga hamda bu orqali talabalarning shaxsiy rivojlanishi va mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan | ||
Fan (modul) boʻyicha baholash mezonlari aniq belgilangan boʻlib, ular fanning (modulning) maqsadi va kutilayotgan oʻquv natijalariga toʻliq mos hamda talabalarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini baholashda aniq, adolatli va shaffof tartib mavjud | ||
11. | Oʻquv jarayonining taʼlim dasturida belgilangan oʻquv natijalariga erishishga yoʻnaltirilgani | Oʻquv jarayoni taʼlim dasturining maqsadlari va kutilgan oʻquv natijalariga muvofiqlashtirilgan |
Taʼlim dasturi boʻyicha amaliyot bazalari mavjud* | ||
Oʻquv jarayoni ish beruvchilar va soha mutaxassislari bilan hamkorlikda mehnat bozoridagi zamonaviy ehtiyojlar, ilm-fandagi soʻnggi tendensiyalar, sohaning xususiyatlaridan va oliy taʼlim tashkilotining amaliyot bazalari mavjudligidan kelib chiqqan holda rejalashtirilgan | ||
Oʻquv jarayonida nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash imkonini beruvchi amaliy mashgʻulotlar (seminar, amaliy loyihalar, laboratoriya ishlari va boshqalar), ishlab chiqarishda amaliyot va ilmiy-tadqiqot faoliyati nazarda tutiladi** | ||
Amaliyot natijalari boʻyicha manfaatdor tomonlarning fikr-mulohazalarini yigʻish hamda tahlil qilish amaliyoti mavjud** | ||
Tahlil natijalari asosida amaliyot samaradorligi baholanadi hamda amaliyot dasturlari takomillashtirib boriladi** | ||
12. | Oʻquv jarayonining doimiy baholab borilishi va takomillashtirishga qaratilgani | Oʻquv jarayoni sifatini baholash, tahlil qilish va takomillashtirish tartibi ishlab chiqilgan |
Oʻquv jarayoni sifatini baholash va tahlil qilish oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan davriylikda izchil amalga oshiriladi** | ||
Baholash jarayonida manfaatdor tomonlar ishtiroki tizimli ravishda taʼminlab boriladi** | ||
Baholash va tahlil qilish natijalari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab boriladi** | ||
Oʻquv jarayonidagi baholash va tahlil qilish natijalari hamda amalga oshirilgan chora-tadbirlar asosida taʼlim dasturi va oliy taʼlim tashkilotining metodik hujjatlari doimiy ravishda takomillashtirib boriladi** | ||
13. | Amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalarning qoʻllanilgani va tegishli samaradorlikka erishilgani | Dars jarayonlarida yangi oʻqitish usullari, ilgʻor pedagogik va innovatsion texnologiyalar (bundan buyon matnda ilgʻor pedagogik yondashuvlar deb yuritiladi) muntazam qoʻllaniladi** |
Ilgʻor pedagogik yondashuvlar fanlar (modullar) mazmunini chuqur oʻzlashtirish, talabalarda mustaqil taʼlim olish, tahliliy, tanqidiy va ijodiy fikrlash hamda hamkorlikda ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish hamda taʼlim dasturida belgilangan oʻquv natijalariga samarali erishishga qaratilgan** | ||
Ilgʻor pedagogik yondashuvlar taʼlim shakli va talabalar ehtiyojlariga muvofiq holda belgilanadi** | ||
Ilgʻor pedagogik yondashuvlar samaradorligi boʻyicha muntazam monitoring va tahlil olib boriladi** | ||
Monitoring va tahlil natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ilgʻor pedagogik yondashuvlar boʻyicha professor-oʻqituvchilarning salohiyati doimiy ravishda rivojlantiriladi** | ||
Monitoring va tahlil natijalari asosida oʻquv reja, oʻquv dasturlari va metodik materiallar yangilanadi, shuningdek ilgʻor pedagogik yondashuvlar boʻyicha metodik qoʻllanmalar va oʻquv materiallari muntazam ishlab chiqiladi hamda amaliyotga joriy etiladi** | ||
Ilgʻor pedagogik yondashuvlar samaradorligi boʻyicha yillik tahliliy hisobot tayyorlanadi va oliy taʼlim tashkilotining kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi** | ||
14. | Taʼlim dasturi doirasida talabalar bilimining shaffof va xolis baholanishi, baholash jarayonlarining oʻquv natijalariga muvofiqligi | Baholash jarayonlarini samarali tashkil etish uchun tartib va mexanizmlar ishlab chiqilgan |
Baholash tartibi (qoidalari), mezonlari, usullari va yondashuvlari har bir fan (modul) boshlanishidan oldin talabalarga eʼlon qilib boriladi** | ||
Taʼlim dasturida formativ (jarayon davomida baholash) va summativ (yakuniy baholash) baholashni taʼminlovchi yondashuv va vositalar qoʻllaniladi** | ||
Baholash mezonlari fan (modul) va taʼlim dasturining kutilgan oʻquv natijalariga asoslanadi hamda talabalarga aniq va tushunarli tarzda yetkazib boriladi** | ||
Baholash jarayonida adolat, shaffoflik va akademik halollik tamoyillariga qatʼiy rioya etiladi** | ||
15. | Talabalarning baholash natijalari boʻyicha fikr-mulohazalarini olish imkoniyati mavjudligi | Talabalarning baholash natijalari yuzasidan takliflari, fikr-mulohazalari va shikoyatlarini yigʻish, koʻrib chiqish va tahlil qilish, shuningdek ushbu masalalarni bajarish uchun masʼul ijrochilarni belgilash boʻyicha tartib ishlab chiqilgan |
Ishlab chiqilgan tartibda shikoyat berish shakllari, muddatlari, ularni koʻrib chiqish tartibi va qaror qabul qilish mexanizmi aniq belgilangan | ||
Takliflar, fikr-mulohazalar va shikoyatlar talabalar uchun qulay sharoitlarda va ularning ehtiyojlariga mos shakllar orqali qabul qilinadi hamda ularni koʻrib chiqish jarayoni shaffoflik, hisobdorlik va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi** | ||
Talabalarning baholash jarayoni, natijalari boʻyicha shikoyatlari oliy taʼlim tashkilotining apellatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tizimli ravishda tahlil qilinadi** | ||
Tahlil natijalari boʻyicha hisobotlar tayyorlanadi hamda baholash jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanadi, baholash tartibi va mezonlariga zarur oʻzgartirishlar kiritib boriladi** | ||
16. | Taʼlim dasturida akademik halollik qoidalarining belgilangani va unga zid holatlarning oldini olish boʻyicha samarali tizimning mavjudligi | Oliy taʼlim tashkilotida akademik halollik, etika va kasbiy masʼuliyatga oid tartib (qoidalar) va (yoki) yoʻriqnoma(lar) mavjud |
Akademik halollik tamoyillari taʼlim dasturini ishlab chiqish, oʻqitish, baholash va tadqiqot faoliyati jarayonlariga tizimli ravishda integratsiya qilinadi** | ||
Plagiat va boshqa akademik halollik qoidalari buzilishini oldini olish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha antiplagiat tizimi va tashkiliy choralar joriy etib boriladi** | ||
Akademik halollik qoidalarini buzish holatlarini koʻrib chiqish va javobgarlik choralarini belgilash boʻyicha shaffof tartib mavjud** | ||
Talabalar va professor-oʻqituvchilar akademik halollik va etika qoidalari bilan tanishtirilgan** | ||
Talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun akademik halollik, etika, plagiat, sunʼiy intellektdan toʻgʻri foydalanish, mualliflik huquqi va manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha muntazam ravishda treninglar (seminarlar, maʼruzalar) tashkil etiladi** | ||
Talabalar va professor-oʻqituvchilar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, innovatsion gʻoyalar, ixtirolar va boshqa intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar himoya qilinadi** | ||
4-bob. Talabalar faoliyati yoʻnalishi | ||
17. | Taʼlim dasturi boʻyicha qabul talablari aniq belgilangani, oʻqishga qabul qilish shaffof tarzda yoʻlga qoʻyilgani | Taʼlim dasturiga qabul qilish mezonlari va talablari aniq belgilangan, barcha abituriyentlar va manfaatdor tomonlarga ochiq tarzda yetkazish mexanizmi mavjud |
Qabul jarayonlari, talablari va mezonlarining amaldagi qonunchilik talabalariga muvofiqligi taʼminlangan | ||
Taʼlim dasturining qabul talablari oliy taʼlim tashkilotining ichki tartibiga, shu jumladan talabalar mobilligi, kreditlarni tan olish va avvalgi taʼlim natijalarini eʼtirof etish qoidalariga muvofiq | ||
Abituriyentlar qabul natijalari haqida oʻz vaqtida va ochiq maʼlumot olish imkoniyatiga ega | ||
Qabul jarayoni va natijalar boʻyicha shikoyat berish mexanizmi mavjud | ||
Xorijiy tilda olib boriladigan taʼlim dasturi qabulida nomzodlardan milliy yoki xalqaro talablarga mos xorijiy til boʻyicha bilim darajasi talab etiladi** (Bunda abituriyentlarning dasturga qabul qilinmasdan oldin xorijiy til boʻyicha yetarli salohiyatga ega ekanligi xorijiy til boʻyicha bilimlarni tasdiqlovchi hujjat orqali aniqlanadi) | ||
Taʼlim dasturiga qabul talablari avvalgi yillarda qabul qilingan talabalarni formativ va summativ baholashdagi natijalari asosida tizimli qayta koʻrib chiqiladi va zarur oʻzgartirishlar kiritiladi** | ||
18. | Qabul parametrlarining taʼlim tashkilotining resurslari va imkoniyatlariga mos kelishi | Qabul parametrlari (talabalar soni, yoʻnalishlar kesimidagi kvotalar va boshqalar) oliy taʼlim tashkilotining auditoriyalari, laboratoriyalari, amaliyot bazalari, texnikaviy jihozlanishi hamda taʼlim, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va sogʻlomlashtirish faoliyatini taʼlim dasturida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish imkonini beradigan infratuzilma quvvatiga mos ravishda belgilangan |
Qabul parametrlarini belgilashda axborot-resurs markazining (kutubxonaning) (bundan buyon matnda ARM deb yuritiladi) imkoniyatlari (sigʻimi) hisobga olingan | ||
Qabul parametrlari professor-oʻqituvchilar soni, tarkibi va ularning ish yuklamasini tahlil qilish asosida belgilangan | ||
Moliyaviy imkoniyatlardan (budjet, grantlar, kontrakt tushumlari) kelib chiqqan holda qabul parametrlari shakllantirilgan | ||
Qabul parametrlari oliy taʼlim tashkilotining strategik rejasi (missiyasi, strategiyasi) va akademik profili bilan uygʻunlashtirilgan | ||
Qabul parametrlari sohaviy mehnat bozori tahlili, ish beruvchilarning taklif va ehtiyojlari asosida belgilangan | ||
Qabul parametrlarini bajarilish holati boʻyicha har yili tahlil amalga oshiriladi hamda tahlil natijalari asosida qabul parametrlariga zarur oʻzgartishlar kiritib boriladi** | ||
19. | Talabalarning oʻqishini koʻchirish, kursdan-kursga oʻtkazish (qoldirish), oʻqishdan chetlashtirish va oʻqishini qayta tiklash (bundan buyon matnda talabalar harakati deb yuritiladi) tartibining belgilangani | Talabalar harakati boʻyicha ichki hujjat(lar) (qoidalar, tartib, nizom) oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda ishlab chiqilgan |
Talabalar harakatiga oid jarayonlar va qarorlar boʻyicha shikoyat berish imkoniyati mavjud | ||
Talabalar harakati boʻyicha ichki hujjat(lar) (qoidalar, tartib, nizom), talabalar harakati jarayonlari va natijalari toʻgʻrisida talabalar va ularning ota-onalari xabardor qilinadi** | ||
Talabalar harakati boʻyicha qabul qilingan qarorlar asoslantirilgan holda hujjatlashtiriladi** | ||
20. | Talabalarni qoʻllab-quvvatlash va ularga maslahat berish mexanizmlarining mavjudligi | Taʼlim dasturi boʻyicha talabalarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan akademik, psixologik, ijtimoiy va kasbiy yoʻnalish boʻyicha maslahat berish tizimi mavjud yoki rejalashtirilgan |
Talabalarga fanlarni (modullarni) toʻgʻri tanlash, baholash tizimini tushunish va shaxsiy rivojlanish yoʻnalishini belgilashda “ustoz — shogird” va mentorlik yordami beriladi** | ||
Psixologik maslahat va yordam markazi tashkil etilgan** | ||
Akademik qarzdor talabalar bilan ishlash yoʻlga qoʻyilgan** | ||
Talabalarning qiziqishlari va kasbiy maqsadlarini hisobga olgan holda individual taʼlim trayektoriyasi shakllantiriladi va amalga oshirish boʻyicha metodik va axborot koʻmagi koʻrsatiladi** | ||
Maslahat berish xizmatlaridan foydalanish va ushbu xizmatlarning samaradorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻiladi va tahlil qilinadi hamda talabalarning ushbu xizmatlarga boʻlgan qoniqish darajasi muntazam baholanadi hamda maslahat berish tizimi takomillashtirib boriladi** | ||
5-bob. Inson resurslari yoʻnalishi | ||
21. | Taʼlim dasturi uchun belgilangan meʼyorlarga muvofiq pedagog kadrlar, shuningdek, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar mavjudligi hamda ularning sifat tarkibi, malakasi va mutaxassisligi belgilangan talablarga mosligi | Professor-oʻqituvchilar soni taʼlim dasturini samarali amalga oshirish uchun yetarli (taʼlim dasturi doirasidagi asosiy shtatdagi professor-oʻqituvchilar soni taʼlim dasturi doirasidagi barcha professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan kamida 70 foizni tashkil etadi) (Bunda yangi taʼlim dasturi uchun professor-oʻqituvchilar tarkibi boʻyicha aniq reja taqdim etilgan taqdirda professor-oʻqituvchilar bilan amalda taʼminlanish talab etilmaydi) |
Taʼlim dasturini samarali amalga oshirish uchun ilmiy daraja va unvonga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlangan (taʼlim dasturi doirasidagi ilmiy daraja va unvonga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar soni taʼlim dasturi doirasidagi barcha asosiy shtatdagi professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan bakalavriatda kamida 35 foizni va magistraturada 70 foizni tashkil etadi) (Bunda yangi taʼlim dasturi uchun ilmiy daraja va unvonga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar tarkibi boʻyicha aniq reja taqdim etilgan taqdirda ilmiy daraja va unvonga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar bilan amalda taʼminlanish talab etilmaydi) | ||
Boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining soni Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini (roʻyxat raqami 2859, 2017-yil 21-fevral) inobatga olgan holda belgilangan (Bunda yangi taʼlim dasturi uchun oʻquv-yordamchi kadrlar tarkibi boʻyicha aniq reja taqdim etilgan taqdirda oʻquv-yordamchi kadrlar bilan amalda taʼminlanish talab etilmaydi) | ||
Xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va moddiy ragʻbatlantirish tizimi joriy etilgan** | ||
22. | Amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi fanlarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlangani | Taʼlim dasturining maqsadlari, vazifalari va kutilgan oʻquv natijalaridan kelib chiqqan holda oʻquv rejani samarali bajarish maqsadida taʼlim dasturi doirasidagi professor-oʻqituvchilarning soni va tarkibi shakllantirilgan** |
Professor-oʻqituvchilar ixtisosligi oʻqitiladigan fanlar (modullar) bilan mos keladi** | ||
Professor-oʻqituvchilarning erishgan yutuqlari boʻyicha (davlat va tarmoq mukofotlari, faxriy unvonlar, xalqaro va respublika tanlovlar gʻolibligi va boshqalar) koʻrsatkichlar shakllantirilgan** | ||
Professor-oʻqituvchilarning bajargan oʻquv, ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari (fundamental, amaliy va boshqa ilmiy loyihalardagi ishtiroki, darslik, oʻquv qoʻllanma va oʻquv-metodik ishlanmalarni ishlab chiqishi, mahalliy va xalqaro nashrlar, impakt-faktorli (Scopus, Web of Science yoki boshqa umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari) jurnallarda maqolalar chiqarish va boshqalar) mavjud** | ||
Ichki va tashqi malaka oshirish kurslariga doimiy yoʻnaltirish tizimi yoʻlga qoʻyilgan** | ||
23. | Yangi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi fanlarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha aniq rejaning mavjudligi | Yangi taʼlim dasturlari uchun kadrlar ehtiyoji tahlil qilingan* |
Fanlar (modullar) boʻyicha zarur mutaxassisliklar va kompetensiyalar aniqlangan | ||
Yangi kadrlarni jalb qilish strategiyalari (tanlov, konkurs, grant va boshqalar orqali) belgilangan | ||
Ishga qabul qilish va kadrlar zaxirasini yaratish mexanizmi belgilangan | ||
Xorijiy mutaxassislar va amaliyotchi ekspertlarni jalb qilish imkoniyatlari koʻzda tutilgan | ||
Yangi taʼlim dasturlari uchun ilmiy darajasi yuqori kadrlarni tayyorlash va doktorlikka maqsadli yoʻnaltirish choralari koʻrilgan | ||
24. | Kadrlarning kasbiy rivojlanishi va malaka oshirishiga sharoit yaratilgani, moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimining mavjudligi | Pedagog kadrlar va boshqa xodimlar uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlari ishlab chiqilgan |
Ilmiy maqolalar chop etish, innovatsion gʻoyalarga hissa qoʻshish hamda xalqaro yoki milliy loyihalarda faol ishtirok etishni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimi mavjud | ||
Ragʻbatlantirish mezonlari oliy taʼlim tashkilotining ilmiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilgan holda shaffof va natijaga yoʻnaltirilgan | ||
Xodimlarni soha mutaxassisligi boʻyicha xorijiy stajirovkalar va konferensiyalarga yuborish amaliyoti mavjud** | ||
Kasbiy rivojlanish natijalarini baholash va hisobga olish mexanizmi mavjud | ||
6-bob. Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi | ||
25. | Taʼlim dasturini amalga oshirish uchun amaliy, laboratoriya mashgʻulotlari va kurs ishi (loyiha)ni bajarish uchun zarur asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, texnikalar, xomashyo materiallari va boshqalarning mavjudligi hamda metodik qoʻllanma (koʻrsatma)lar bilan taʼminlangani | Taʼlim dasturi boʻyicha amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun zarur asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar texnikalar, xomashyo materiallari mavjud hamda ular taʼlim dasturi maqsadlari va kutilgan oʻquv natijalariga muvofiq |
Oliy taʼlim tashkiloti talabalar kontingentidan kelib chiqqan holda asbob-uskunalar, jihozlar va texnikalar bilan taʼminlangan | ||
Asbob-uskunalar, jihozlar va texnikalarning texnik pasportlari mavjud, texnik koʻrikdan oʻtkazilgan, texnik xizmat koʻrsatilganlik (taʼmirlash, profilaktika) ishlari hujjatlashtirib boriladi** | ||
Asbob-uskunalar, jihozlar va texnikalardan foydalanish boʻyicha metodik qoʻllanmalar, yoʻriqli texnologik xaritalar, koʻrsatmalar va yoʻriqnomalar (xavfsizlik yoʻriqnomasi, instruksiyalar) mavjud** | ||
Asbob-uskunalar bilan ishlash boʻyicha pedagoglar va talabalar uchun soha mutaxassislari yoki ish beruvchilar bilan hamkorlikda treninglar (master-klasslar) oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan** | ||
Amaliy va laboratoriya mashgʻulotlar oʻtkaziladigan oʻquv xonalarini modernizatsiya qilish va innovatsion texnologiyalar bilan taʼminlash boʻyicha yillik reja ishlab chiqilgan** | ||
26. | Fanlar kesimida oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar, elektron taʼlim resurslari bilan belgilangan talablarga muvofiq taʼminlangani | Har bir fanning (modulning) oʻquv dasturida belgilangan oʻquv adabiyotlar va metodik qoʻllanmalar mavjud |
Adabiyotlar fanlarning (modullarning) mazmuni va oʻquv maqsadlariga mos ravishda tanlangan | ||
Fanlar (modullar) boʻyicha ishlab chiqilgan oʻqitish materiallari toʻplamlari va raqamli taʼlim resurslari elektron kutubxonaga joylashtirilgan | ||
Pedagog kadrlar va talabalar uchun elektron resurslarga uzluksiz kirish imkoniyati mavjud** | ||
Oʻquv adabiyotlari va metodik qoʻllanmalar doimiy yangilanib, zamonaviy fanlar (modullar) va ilmiy-texnologik rivojlanish tendensiyalariga moslashtirib boriladi** | ||
Fan (modul) mazmuniga mos zamonaviy xorijiy adabiyotlardan foydalaniladi** | ||
27. | Oʻquv va laboratoriya xonalari hamda ustaxona (poligon)larning talabalar sonidan kelib chiqib, taʼlim dasturlariga mos jihozlar va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangani hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilingani | Oliy taʼlim tashkiloti talabalar kontingentidan kelib chiqqan holda oʻquv xonalari bilan taʼminlangan* |
Amaliy va laboratoriya mashgʻulotlar oʻtkaziladigan oʻquv xonalari va moddiy-texnik baza mehnatni muhofaza qilish qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga javob beradi | ||
Laboratoriyalar va ustaxonalar (poligonlar) taʼlim dasturiga mos asbob-uskunalar, jihozlar va texnikalar bilan taʼminlangan, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish vositalari mavjud, evakuatsiya yoʻllari (sxemalari) belgilangan hamda xavfsizlik jurnallarini yuritish yoʻlga qoʻyilgan | ||
Fanlar (modullar) ehtiyojini hisobga olgan holda oʻquv xonalarida axborot-kommunikatsiya vositalari (proyektor, kompyuter va boshqalar) oʻrnatilgan hamda IT infratuzilma shakllantirilgan | ||
Oʻquv, laboratoriya xonalari va ustaxonalarda (poligonlarda) talabalar uchun oʻrindiqlar va ish joylari mavjud | ||
28. | Inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan (bundan buyon matnda AKT deb yuritiladi) foydalanish imkoniyati yaratilgani | Oliy taʼlim tashkiloti binolar va oʻquv xonalari, shu jumladan yoʻlaklar, panduslar, liftlar, eshiklar va sanitariya xonalari nogironligi boʻlgan shaxslar (talabalar) uchun moslashtirilgan |
Taʼlim dasturi boʻyicha maxsus oʻquv materiallari (Brayl alifbosidagi kitoblar, koʻrgazmali materiallar), maxsus jihozlar va yordamchi texnik vositalar mavjud | ||
Inklyuziv taʼlim uchun AKT, elektron resurslar, dasturiy taʼminotdan foydalanish imkoniyati (audio-video resurslar, Brayl yozuvi alifbosi, subtitr va boshqalar) yaratilgan | ||
Taʼlim jarayonida inklyuziv taʼlimni qoʻllab-quvvatlovchi pedagogik va psixologik yordam koʻrsatish tizimi mavjud** | ||
Inklyuziv taʼlim metodikasi boʻyicha tayyorlangan va zarur koʻnikmalarga ega pedagog(lar) va (yoki) psixolog mavjud** | ||
Inklyuziv taʼlim sharoitlarining amalda qoʻllanishi va samaradorligi boʻyicha monitoring olib boriladi** | ||
29. | Axborot-resurs markazining (kutubxonaning) taʼlim dasturlariga mos oʻquv adabiyotlari, kompyuterlar bilan taʼminlangani, oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi | ARMda taʼlim dasturiga mos darslik, oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar, badiiy adabiyotlar mavjud* |
ARM zamonaviy AKT va elektron qurilmalar bilan jihozlangan, internet tarmogʻiga ulanish imkoniyati yaratilgan hamda ulardan foydalanish boʻyicha talabalarga tushuntirishlar berilgan | ||
Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondida taʼlim dasturi boʻyicha darsliklar, oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar, oʻqitish materiallari toʻplami, raqamli taʼlim resurslari va multimedia kontentlar raqamli formatda joylashtirilgan | ||
Talabalar uchun qulay sharoitlarga ega boʻlgan ARM oʻquv zali mavjud | ||
Kutubxona fondi muntazam yangilanib boriladi** | ||
30. | Raqamli taʼlim muhiti yaratilgani (LMS, Wi-Fi zonalari, onlayn kurslar, vebinarlar va masofaviy taʼlim imkoniyatlari) | Taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (HEMIS) va (yoki) LMS orqali dars jarayonlari va materiallar elektron formatda taqdim etiladi hamda onlayn kurslar va videodarslar oʻquv jarayonlariga integratsiya qilingan |
Masofaviy taʼlim platformalari orqali oʻquv jarayonlarida qatnashish imkoniyati yaratilgan | ||
Talabalarni akademik faoliyatini kuzatish, tahlil qilish va elektron baholash hamda “feedback” berish tizimi joriy etilgan | ||
Raqamli taʼlim muhiti axborot xavfsizligi talablariga mos ravishda himoyalangan | ||
Vebinarlar va onlayn seminarlar muntazam tashkil etiladi** | ||
Taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (HEMIS) va (yoki) LMS (learning management system) orqali talabalar, pedagog kadrlar va maʼmuriyat oʻrtasida muloqot kanali yoʻlga qoʻyilgan** | ||
Elektron taʼlim resurslaridan foydalanish boʻyicha texnik qoʻllab-quvvatlash xizmati mavjud** | ||
31. | Taʼlim dasturi xususiyatidan kelib chiqib, maxsus xona yoki bino va inshootlarining (sport zali, stadion, musiqa xonasi va boshqalarning) mavjudligi | Sport zali, stadion va sport maydonchalaridan foydalanish imkoniyati taʼminlangan hamda jismoniy tarbiya va sport tadbirlari uchun zarur inventarlar mavjud |
Taʼlim dasturi talablariga muvofiq, musiqa, sanʼat va madaniyat darslari uchun maxsus xonalar jihozlangan hamda ijodiy faoliyat uchun asbob-uskunalar mavjud | ||
Taʼlim dasturi xususiyatidan kelib chiqib, maxsus laboratoriyalar, studiyalar yoki boshqa maxsus xonalar mavjud | ||
Binolar (inshootlar) taʼlim jarayoni davomida doimiy faoliyat koʻrsatadi | ||
Binolar (inshootlar) talabalar soniga mos hajm va sigʻimga ega | ||