26.11.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3712
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kartoshkaning “in-vitro” oʻsimligi, mikro va mini-tuganaklarini tayyorlash hamda yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiriladigan hududlar va yetishtiruvchi subyektlarga qoʻyiladigan talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 26-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3712]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-269-son “Respublikada kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kartoshkaning “in-vitro” oʻsimligi, mikro va mini-tuganaklarini tayyorlash hamda yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiriladigan hududlar va yetishtiruvchi subyektlarga qoʻyiladigan talablar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir I. ABDURAXMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39 son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 16-oktabr

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi A. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 16-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 16-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2025-yil 17-noyabrdagi 39-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kartoshkaning “in-vitro” oʻsimligi, mikro va mini-tuganaklarini tayyorlash hamda yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiriladigan hududlar va yetishtiruvchi subyektlarga qoʻyiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABLAR

Ushbu hujjat kartoshkaning “in-vitro” oʻsimligi (bundan buyon matnda “in-vitro” oʻsimligi deb yuritiladi), mikro va mini-tuganaklarini tayyorlovchi ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlariga (bundan buyon matnda ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari deb yuritiladi), shuningdek yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga (bundan buyon matnda kartoshka yetishtiruvchi subyektlar deb yuritiladi) hamda ushbu kartoshka yetishtiruvchi subyektlarning hududlariga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur hujjatda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan tumanlar — yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan Bulungʻur, Zomin, Baxmal, Boʻstonliq, Shahrisabz, Kitob, Qoʻrgʻontepa, Yangiqoʻrgʻon va Soʻx tumanlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kartoshka yetishtiruvchi subyektlar — ixtisoslashgan tumanlarda yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari — “in-vitro” oʻsimligi yoki mikrotuganaklarini tayyorlovchi va ulardan mini-tuganaklarini yetishtiruvchi, oʻzining yoki ijara shartnomasi asosida foydalanadigan “in-vitro” laboratoriyasi, masket toʻr bilan oʻralgan issiqxona yoki himoyalangan inshooti (bundan buyon matnda issiqxona yoki himoyalangan inshoot deb yuritiladi) mavjud boʻlgan ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“in-vitro” laboratoriyasi — oʻsimlikning turli qismlarini (meristema toʻqimalari, oʻsuv nuqtalari, yon kurtaklari) maxsus idishlarda, sunʼiy ozuqa muhitida yangi oʻsimlikni steril sharoitda koʻpaytirishga moʻljallangan, maxsus jihozlangan laboratoriya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“in-vitro” oʻsimligi — kartoshkaning toʻqimalaridan steril sharoitda koʻpaytirilgan, viruslardan xoli, genetik sof, sogʻlom oʻsimlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrotuganak — “in-vitro” laboratoriyasida mikroklonlash usuli bilan olingan va steril muhitda yetishtirilgan, ogʻirligi 0,10 — 0,15 grammni tashkil etuvchi kartoshka tuganaklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mini-tuganak — “in-vitro” laboratoriyasida, issiqxona yoki himoyalangan inshootda yetishtirilgan, Potato spindle tuber viroid (PSTV), Potato leaf roll virus (PLRV), Potato Virus Y (PVY), Potato Virus X (PVX), Potato Virus S (PVS) va Potato Virus M (PVM) kartoshka viruslari va bakterial kasalliklardan (qora son, halqali chirish va boshqalardan) xoli boʻlgan, ogʻirligi 5,0 grammdan kam boʻlmagan kartoshkaning birlamchi sogʻlom urugʻlik materiali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aprobatsiya — oʻsimliklarning genetik (nav) jihatdan sofligini, zararkunandalar bilan zararlangan-zararlanmaganligini, kasalliklarga chalingan-chalinmaganligini va ekish uchun moʻljallangan urugʻliklarning umumiy holatini aniqlash uchun dalada oʻtkaziladigan tekshiruv.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “In-vitro” oʻsimligi, mikro va mini-tuganaklarini tayyorlovchi ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari “in-vitro” oʻsimligi, mikro va mini-tuganaklarini yetishtirishda quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“in-vitro” oʻsimligini genetik sof va viruslardan xoli holda, sogʻlom kartoshka toʻqimalaridan steril sharoitda oʻstirish imkoniyatiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrotuganaklarni “in-vitro” laboratoriyasida genetik sof va viruslardan xoli holda, sogʻlom kartoshka toʻqimalaridan mikroklonlash usuli bilan steril sharoitda oʻstirish yoki “in-vitro” oʻsimligidan issiqxona yoxud himoyalangan inshootda maxsus substratlarda (torf, vermikulit, perlit) koʻpaytirish (ogʻirligi 0,10 — 0,15 gramm) imkoniyatiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mini-tuganaklarni “in-vitro” oʻsimligi yoki mikrotuganaklarni issiqxona yoxud himoyalangan inshootlarda viruslardan xoli holda, maxsus substratlarda (torf, vermikulit, perlit) yoki aeroponika sharoitida ekish orqali yetishtirish (ogʻirligi kamida 5,0 gramm) imkoniyatiga ega boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlarining issiqxona yoki himoyalangan inshootlari mini-tuganaklarni yetishtirish (tayyorlash) uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona yoki himoyalangan inshootlarni hashorat va zararkunandalardan masketli toʻr bilan himoyalash, mikroiqlim sharoitlarini (harorat, namlik, yorugʻlikni) taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vegetatsiya davrida turli virusli kasallik tarqatuvchilar (hashoratlar va virus saqlovchi rezervator begona oʻtlar) va zararkunandalarga qarshi doimiy ravishda profilaktik kurash choralarini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan “in-vitro” oʻsimligi, mikro va mini-tuganaklarini yetishtirishning har bir bosqichi laboratoriya sinovlari orqali nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlarida “in-vitro” oʻsimligi, mikro va mini-tuganaklarini yetishtirishda (tayyorlashda) ularning oʻsishi (vegetatsiya) va tuganak tugishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona yoki himoyalangan inshootlarda maxsus substratlar (torf, vermikulit, perlit) hamda “in-vitro” oʻsimligi, mikro va mini-tuganaklari PSTV, PVX, PVS, PVM, PVY va PLRV kartoshka viruslari va bakterial kasalliklardan (qora son, halqali chirish va boshqalardan) xoli ekanligi aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlik tuganaklarining ekinboplik sifatlari laboratoriyalarda tekshirish orqali baholanadi hamda ekinboplik xulosasi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yetishtirilgan, raqamli QR-kodli yorliqlangan va ekinboplik xulosasi mavjud kartoshkaning mini-tuganaklari zararsizlantirilgan (fumigatsiya oʻtkazilgan) sovutkichli omborxonalarda 2 — 4 0C haroratda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kartoshkaning mini tuganagidan yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiruvchi subyektlarga va ularning hududlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kartoshkaning mini tuganagidan yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiruvchi subyektlarga quyidagi talablar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori avlodli urugʻlik kartoshkani saqlash uchun oʻzining yoki ijara shartnomasi asosidagi sovutkichli omborlariga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori avlodli urugʻlik kartoshkani yetishtirishda navlarning vegetatsiya davridan kelib chiqib, 3 — 5 martagacha PSTV, PVX, PVS, PVM, PVY va PLRV kartoshka viruslari va bakterial kasalliklarga (qora son, halqali chirish va boshqalardan) qarshi profilaktik tadbirlari olib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori avlodli urugʻlik kartoshkani ekishdan oldin fungitsid va oʻstiruvchi moddalar bilan ishlov berilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori avlodli urugʻlik kartoshkani sovutkichli omborlarga saqlashga kiritishdan oldin zararsizlantirilishini (fumigatsiya) taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kartoshkaning mini tuganagidan yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiruvchi subyektlarning hududlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiriladigan yer maydonlari dengiz sathidan mini-tuganak ekishda kamida 1000 metr hamda mini-tuganaklardan saralab olingan original (SSE, SE) urugʻlar ekishda esa 800 metrdan balandlikda joylashgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq sharoiti unumdor, gumus miqdori 1,0 foizdan yuqori hamda tuproq eritmasi tarkibidagi pH qiymati 5,5 dan 6,5 gacha boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish uchun suv bilan doimiy taʼminlangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer maydonida almashlab ekish qoidalariga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiriladigan yer maydonlari tuproq tahlili laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuqori avlodli urugʻlik kartoshkani yetishtirishda yer maydoni tuman aprobatsiya komissiyasi tomonidan har yili kamida ikki marta aprobatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, aprobatsiyaning birinchi koʻrigi yuqori avlodli urugʻlik kartoshkaning gullash davrida, ikkinchisi esa tuganaklar shakllangan davrda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Aprobatsiyani oʻtkazish natijalariga koʻra tuman aprobatsiya komissiyasi tomonidan kartoshka yetishtiruvchi subyektlarga aprobatsiya dalolatnomasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kartoshka yetishtiruvchi subyektlar tomonidan yetishtirilgan yuqori avlodli kartoshka urugʻliklarini keyingi yil hosili uchun saqlash, bunda omborxonalarda saqlangan urugʻlik tuganaklarni ekish oldidan saralash, fraksiyalarga ajratib kolibrlash, qadoqlash hamda raqamli QR-kodli yorliqlarni yopishtirish va ekinboplik xulosasini olish ishlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu hujjat buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025 y., 10/25/3712/1098-son)