18.11.2025 yildagi 263-4-224-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QASHQADARYO VILOYATI KOʻKDALA TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkdala tumani hududida umumfoydalanuvdagi avtomobil yoʻllari va markaziy koʻchalarida fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida yoʻl belgilari oʻrnatish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʼplami, 2013-y, 15-son, 197-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022 y., 09/22/172/0298-son) talablariga asosan Koʻkdala tumani hududida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha profilaktik ogohlantirish va ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan keng koʻlamli tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar rejasini ijrosini taʼminlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Koʻkdala tuman hududida umumfoydalanuvdagi avtomobil yoʻllari va markaziy koʻchalarida fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transport hodisalarini oldini olish maqsadida oʻrnatilishi lozim boʻlgan yoʻl belgilari va manzili 1-ilovaga asosan tasdiqlansin hamda mazkur yoʻl belgilarini oʻrnatishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.Tuman ichki ishlar boʻlimi (R.Temirov), tuman ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi (K.Normuminov) va tuman obodonlashtirish boshqarmasi (M.Sayfiyev)larga tuman hududida umumfoydalanuvdagi avtomobil yoʻllari va markaziy koʻchalarida fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transport hodisalarini oldini olish maqsadida yoʻl belgilarini oʻrnatish va doimiy nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.Tuman hokimining axborot xizmati kotibi (O.Xudoyberdiyev) ushbu qaror yuzasidan tuman hokimligi veb sayti va ijtimoiy tarmoqlarga yoritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Oʻ.Abduraximov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi X. DJURAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati, Koʻkdala tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263-4-224-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.