OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3711]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-noyabr,
299-son
Kelishildi:
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. KUDRATOV
2025-yil 30-oktabr
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 7-oktabr
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 30-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 3-noyabrdagi 299-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan bojxona toʻlovlari toʻlanishi nazarda tutilgan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) tovarlarning (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) bojxona qiymati deklaratsiyasini (bundan buyon matnda BQD deb yuritiladi) toʻldirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
BQD — bojxona yuk deklaratsiyasining (bundan buyon matnda BYD deb yuritiladi) ajralmas qismi boʻlib, tovarning bojxona qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga BYD bilan bir paytda topshiriladigan hujjat;
deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs;
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga BYDni oʻz nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan shartnoma asosida taqdim etish vakolatiga ega boʻlgan bojxona brokerining bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi;
elektron BQD — deklaratsiyalovchi shaxsning elektron raqamli imzosi (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) bilan tasdiqlangan, “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda TEDAAT deb yuritiladi) vositasida taqdim etilgan elektron shakldagi BQD yoki qogʻoz shakldagi BQDning elektron tashuvchi orqali taqdim etilgan elektron nusxasi.
2. BQD tegishli BYDning ilovasi boʻlib, BYDsiz haqiqiy emas.
BYD elektron shaklda taqdim etilganda, BQD ham elektron shaklda taqdim etiladi.
BYD qogʻoz shaklda taqdim etilganda, BQD ham qogʻoz shaklida toʻrt nusxadan iborat A4 formatdagi varaqlarda taqdim etiladi va quyidagicha taqsimlanadi:
birinchi nusxa — bojxona organlari ish yigʻma jildlarida qoladi;
ikkinchi nusxa — deklaratsiyalovchi shaxs uchun;
uchinchi va toʻrtinchi nusxalar — deklarant uchun.
Agar BQD qogʻoz shaklda taqdim etilsa, deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organlariga oʻzining ERIsi bilan tasdiqlangan uning elektron nusxasini ham taqdim etadi.
3. BQD deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan toʻldiriladi.
Bitta BYDda bojxona toʻlovlari toʻlanishi nazarda tutilgan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) tovarlar bilan birga bojxona toʻlovlari toʻlanishi nazarda tutilmagan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) tovarlar ham deklaratsiyalanayotgan boʻlsa, BQD barcha tovarlar uchun toʻldiriladi.
4. Tovarlarning bojxona qiymati olib chiqiladigan tovarga doir bitimning qiymatiga oid usuli (bundan buyon matnda 1-usul deb yuritiladi) boʻyicha aniqlanganda mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq BQD-1 toʻldiriladi.
Tovarlarning bojxona qiymati bojxona qiymatini aniqlashning aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul (bundan buyon matnda 2-usul deb yuritiladi), oʻxshash tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul (bundan buyon matnda 3-usul deb yuritiladi), qiymatlarni qoʻshish asosidagi usul (bundan buyon matnda 5-usul deb yuritiladi)va zaxira usul (bundan buyon matnda 6-usul deb yuritiladi) boʻyicha aniqlanganda mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq BQD-2 toʻldiriladi.
5. BQD quyidagi ikkita asosiy varaqlardan iborat:
BYDda deklaratsiyalanayotgan barcha tovarlarga taalluqli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan birinchi varaq;
deklaratsiyalanayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalanilgan maʼlumotlar va bojxona qiymati miqdorining hisob-kitoblari koʻrsatiladigan ikkinchi varaq.
Agar bitta BYDda uchdan ortiq tovarlarning nomlari deklaratsiyalanayotgan boʻlsa, bojxona qiymatini deklaratsiyalash uchun qoʻshimcha varaqlardan foydalaniladi. Bunda qoʻshimcha varaqlar sifatida BQD varagʻining ikkinchi asosiy shaklidan foydalaniladi.
BQDning uchinchi varagʻidan boshlab barcha varaqlari qoʻshimcha varaqlar hisoblanadi. Qoʻshimcha varaqlarning tartib bilan raqamlanishi uch soni bilan boshlanadi.
Bunda birinchi va ikkinchi varaqlar — shaklning asosiy varaqlari, uchinchi va keyingi varaqlar — qoʻshimcha varaqlar hisoblanadi.
6. BQD-2ning birinchi asosiy varagʻi 2, 3, 5 va 6-usullar uchun umumiy (yagona) hisoblanadi.
BQD-2ning ikkinchi asosiy varagʻi tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usuliga qarab belgilangan 2, 3, 5 va 6-usullardan biri boʻlishi mumkin. BQD-2ning ikkinchi va qoʻshimcha varaqlarning tegishlisi tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashning quyidagi usullarini qoʻllash orqali amalga oshirilganda foydalaniladi:
2-usul va ushbu usulga asosan 6-usulni;
3-usul va ushbu usulga asosan 6-usulni;
5-usul va ushbu usulga asosan 6-usulni;
1-usul asosidagi 6-usulni.
7. Qogʻoz shaklda taqdim etilgan BQDda oʻchirishlar va boʻyashlar boʻlmasligi kerak. Tushunarsiz toʻldirilgan BQDlar bojxona organlari tomonidan rasmiylashtirish uchun qabul qilinmaydi.
8. BQD taqdim etilgandan soʻng bojxona organi mansabdor shaxsi BQDning toʻgʻri toʻldirilganligini, tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligining dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi.
Dastlabki tekshiruv natijasida kamchiliklar aniqlansa, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bojxona organi mansabdor shaxsi bu haqida deklaratsiyalovchi shaxsni darxol xabardor qiladi.
BQDning dastlabki tekshiruvi natijasida kamchiliklar aniqlanmasa bojxona organining mansabdor shaxsi BQDni rasmiylashtirish uchun qabul qiladi.
Bojxona organi BQDni BYD bilan bir vaqtning oʻzida rasmiylashtiradi. Bunda, BQDga, u ilova qilingan BYDning aynan shu roʻyxat raqami biriktiriladi.
9. BQD qogʻoz shaklda taqdim etilganda, BQDning biror bir grafasida bayon etilayotgan maʼlumotlarni koʻrsatish uchun joy yetarli boʻlmasa, ushbu maʼlumotlar BQDning orqa tomonida yoki qoʻshimcha ilova qilinadigan, BQDning ajralmas qismi boʻlgan varaqlarda koʻrsatilishi mumkin. Bunday yozuv deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi, tegishli grafada esa “BQDning orqa tomoniga qarang” yoki “qoʻshimcha varaqqa qarang” yozuvi qayd etiladi.
Bunda BQDning asosiy va qoʻshimcha varaqlarining orqa qismida yoki qoʻshimcha ilova qilinadigan varaqlarda grafa raqami va deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami (agar maʼlumotlar aniq bir tovarga taalluqli boʻlsa) qoʻyiladi va mazkur grafada bayon etiladigan maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Har bir ilova qilinadigan qoʻshimcha varaqning yuqori oʻng burchagida “__________ sonli BQDga ____ varaqda qoʻshimcha”, deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami “____-sonli tovar” tarzida hamda har bir tovar boʻyicha grafa raqami koʻrsatiladi.
10. Elektron shaklda bojxona qiymatini deklaratsiyalashda barcha maʼlumotlar elektron BQDning tegishli grafalarida yoki ushbu grafa uchun ajratilgan detallashtirilgan jadvallarda toʻliq koʻrsatiladi va boshqa grafalarga, qoʻshimcha ilova qilinadigan varaqlarga yoki boshqa shu kabi havolalar qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. BQDdagi maʼlumotlarni qayd etishda Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) koʻrsatilgan tasniflagichlardan foydalaniladi.
2-bob. BQD-1ni toʻldirish
13. Bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan BQD-1ning asosiy va qoʻshimcha varaqlaridagi “Bojxona belgilari uchun” maydonchasi toʻldiriladi.
14. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan grafalarni toʻldirish quyidagicha amalga oshiriladi:
1) 1-grafa. “Sotuvchi”.
Grafada Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tovarning olib chiqilishiga asos boʻlgan tashqi savdo bitimida sotuvchi sifatida qayd etilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
agar sotuvchi yuridik shaxs boʻlsa — uning nomi;
agar jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) boʻlsa — familiyasi, ismi, otasining ismi;
2) 2a-grafa. “Sotib oluvchi”.
Grafada tovarni sotib oluvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
agar sotib oluvchi yuridik shaxs boʻlsa — uning toʻliq nomi;
agar jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) boʻlsa — familiyasi, ismi, otasining ismi;
3) 2b-grafa. “Deklaratsiyalovchi shaxs”.
Grafada BQD-1ni toʻldirgan va bojxona organiga taqdim etayotgan deklaratsiyalovchi shaxsning qisqacha nomi koʻrsatiladi;
4) 3-grafa. “Yetkazib berish shartlari”.
Yetkazib berish shartlari tasniflagichiga muvofiq geografik punktni qayd etish bilan yetkazib berish shartining nomi koʻrsatiladi;
5) 4-grafa. “Hisob raqami va sanasi”.
Sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga qoʻyilgan tovarning qiymat bahosiga ega boʻlgan hisobvaraq-faktura yoki hisob-proforma raqami va sanasi koʻrsatiladi;
6) 5-grafa. “Kontrakt raqami va sanasi”.
Tovarlarning oldi-sotdi (yetkazib berish) tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) raqami va sanasi, shuningdek, uning amalda boʻlgan ilovalari, unga qoʻshimchalar, agar ular mavjud boʻlsa, raqami va sanasi koʻrsatiladi;
7) 6-grafa.
Agar bojxona organining 7a — 9b grafalari boʻyicha eʼtirozlari boʻlgan boʻlsa, bunday hollarda ushbu sotuvchining avvalgi bitimlari boʻyicha BYDlarning raqami va sanasi koʻrsatiladi. Tovarning bojxona rasmiylashtiruvni amalga oshirgan bojxona organining nomi va eʼtirozlarning mazmuni koʻrsatiladi;
8) 7a-grafa.
Grafada keltirilgan maydonchada tegishli javobga “X” belgisi qoʻyiladi.
Agar “Yoʻq” javobi boʻlsa 8a va 8b-grafalarini toʻldirilishiga oʻtilishi lozim (7b-grafa toʻldirilmaydi).
Agar “Ha” javobi boʻlsa (Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 307-moddasi bilan belgilangan jihatlar, sotuvchi va sotib oluvchi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik mavjud boʻlsa) 7b-grafasi toʻldiriladi;
9) 7b-grafa.
Grafada keltirilgan maydonchada tegishli javobga “X” belgisi qoʻyiladi.
1-usulning qoʻllanilishiga faqat “Yoʻq” javobi boʻlganda yoʻl qoʻyiladi;
10) 8a-grafa.
Grafada keltirilgan maydonchada tegishli javobga “X” belgisi qoʻyiladi.
1-usulning qoʻllanilishiga faqat “Yoʻq” javobi boʻlganda yoʻl qoʻyiladi;
11) 8b-grafa.
Grafada keltirilgan maydonchada tegishli javobga “X” belgisi qoʻyiladi.
Agar sotish yoki bitimning bahosi taʼsirini hisobga olish mumkin boʻlmagan shartlarga rioya etilishiga bogʻliq boʻlsa (ayirboshlash, kontraktatsiya, qayta ishlash shartnomalari), bunday shartlarning turi va mazmuni koʻrsatiladi (masalan, narx olib chiqiladigan tovarlarga aloqasi boʻlmagan haq toʻlash shakli asosida belgilanganda va h.k.), shuningdek ushbu shartlarda tovarning qiymatiga doir baholashning hisob-kitobi, bunday hisob-kitobning amalga oshirilishi uchun asos boʻlgan hujjatlar koʻrsatiladi. Tegishli summa bilvosita toʻlov sifatida 11b-grafasida koʻrsatiladi.
Agar tegishli shartlar bitimning qiymatiga taʼsirni miqdoriy aniqlash va zarur boʻlgan ravishda tasdiqlash mumkin boʻlmasa (shu jumladan tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin ham), 1-usul qoʻllanilmaydi;
12) 9a-grafa.
Grafada keltirilgan maydonchada tegishli javobga “X” belgisi qoʻyiladi.
“Ha” javobda 9b-grafasidan keyin intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun oldi-sotdi bitimining shartlariga muvofiq sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi kerak boʻlgan, shu jumladan, agar ular amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxga qoʻshilmagan va sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga qoʻyilgan hisobga kiritilmagan boʻlsa, litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlarga taalluqli boʻlgan shartlar (masalan toʻlov turi, uni amalga oshirilishi uchun asos va h.k.) koʻrsatiladi. Ushbu toʻlovlarning miqdori 15-grafada koʻrsatiladi;
13) 9b-grafa.
Grafada keltirilgan maydonchada tegishli javobga “X” belgisi qoʻyiladi.
“Ha” javobida ushbu grafadan keyin sotib oluvchi tomonidan olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, oʻzgacha tarzda tasarruf etish yoki undan boshqa tarzda foydalanishdan tushgan tushumning bevosita yoki bilvosita sotuvchiga tegishi kerak boʻlgan har qanday qismining qiymati boʻyicha shartlar koʻrsatiladi. Tegishli toʻlovlar miqdori 6-grafada koʻrsatiladi;
14) 10a-grafa. “Qoʻshimcha varaqlar soni”.
BQD-1ga ilova qilingan qoʻshimcha varaqlar soni koʻrsatiladi (varaqlar soni oxirgi varaqning raqamidan ikkitaga kamaytirilgan raqamga toʻgʻri kelishi kerak);
15) 10b-grafa. “Joy va sana:”.
Grafada 2b-grafada koʻrsatilgan shaxs nomidan BQD-1ni taqdim etayotgan joy va sana, shuningdek deklaratsiyalovchi shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va har birining oldiga ularning tartib raqami qoʻyiladi):
1) deklaratsiyalovchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
2) agar tovarlarni deklaratsiyalash bojxona brokeri tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, bojxona brokeri va BQDni taqdim etilishi uchun topshiriq bergan shaxs oʻrtasidagi shartnoma raqami va sanasi koʻrsatiladi.
BQD-1da bayon etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, elektron BQD-1da deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qogʻoz shakldagi BQD-1da deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi;
16) grafa “Tovar №”.
BYD yoki unga qoʻshimcha varaqning aynan shunday grafasidagi tegishli tovarning tartib raqami koʻrsatiladi;
17) grafa “Tovar kodi”.
Tovarning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) muvofiq oʻnta raqamli kodi koʻrsatiladi;
“A” boʻlim. “Hisoblash uchun asos”.
Ushbu boʻlimda tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos boʻladigan amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan bitim narxi toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi. Agar yetkazib berish shartlariga qarab (3-grafa) va tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) boshqa shartlari boʻyicha ushbu narxga qoʻshimcha xarajatlar qoʻshilishi yoki chiqarib tashlanishi talab etilmasa, unda koʻrsatilgan narx olib chiqilayotgan tovarning bojxona qiymatiga teng boʻlishi mumkin. Bunday holda bojxona qiymatini maʼlum va nazorat qilinishi ushbu narxni tekshirish va tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha xulosa qabul qilish hamda 1-usulni toʻgʻri qoʻllanilganligiga baho berishdan iborat boʻladi. Bunda 12-grafadagi maʼlumotlar yigʻindisi 23a-grafasining umumiy yigʻindisida takrorlanadi;
18) 11a-grafa.
Birinchi qatorda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun sotilgan tovarga amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan bitim narxi tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida koʻrsatiladi.
Ikkinchi qatorda tovarga amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan bitim narxi Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida (bundan buyon matnda milliy valyuta deb yuritiladi) qayta hisoblangan holda koʻrsatiladi.
Uchinchi qatorda tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi milliy valyutaga nisbatan kursi koʻrsatiladi;
19) 11b-grafa.
Bilvosita toʻlovlarning summasi milliy valyutada koʻrsatiladi. Bilvosita toʻlovlar deganda sotuvchining manfaati doirasida sotib oluvchi tomonidan uchinchi shaxs nomiga amalga oshirilgan toʻlovlar, shuningdek, sotuvchining foydasiga sotib oluvchi tomonidan qandaydir tovarlarni yetkazib berish qiymati va hokazolar tushuniladi.
Mazkur grafada tegishli shartlar mavjud boʻlgan hollar uchun deklarant yoki bojxona brokerining hujjatlari va tegishli hisob-kitoblar bilan tasdiqlangan bitim narxiga tuzatishlar kiritish miqdori aks ettiriladi (8b-grafada keltiriladi).
Agar 11b-grafada bilvosita toʻlovlar va narxga kiritilgan tuzatishlarning miqdoriy yigʻindisi koʻrsatilgan boʻlsa, bunda 11b-grafada koʻrsatilgan umumiy summaning rasshifrovkasi BQD-1 varagʻining tegishli “Qoʻshimcha maʼlumotlar” grafasida qayd etiladi.
Agar bilvosita toʻlovlar va narxga kiritilgan tuzatishlar olib chiqilayotgan barcha yoki maʼlum bir tovar nomlariga taalluqli boʻlsa, bunda har bir tovar nomlari oʻrtasida bilvosita toʻlovlarning miqdoriy yigʻindisi 11a-grafada koʻrsatilgan har bir tovar nomlarining qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
20) 12-grafa. “Jami milliy valyutada”.
11a va 11b-grafalarning yigʻindisi milliy valyutada koʻrsatiladi.
“B” boʻlim. “Qoʻshimcha hisoblar: “A” boʻlimga kiritilmagan xarajatlar, milliy valyutada koʻrsatiladi.
Ushbu boʻlimda olib chiqilayotgan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan bitim narxiga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 316-moddasiga muvofiq kiritilishi lozim boʻlgan xarajatlar milliy valyutada koʻrsatiladi.
Agar ushbu xarajatlar sotuvchi tomonidan xorijiy valyutada amalga oshirilgan boʻlsa, u holda 24-grafada ushbu xarajatlarning qayta hisoblash boʻyicha maʼlumotlar, ushbu maʼlumotlar taalluqli boʻlgan BQD-1dagi tovar va grafasining raqamini koʻrsatish bilan, Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning raqamli kodi, xorijiy valyutadagi xarajatlar summasi va BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi valyutani qayta hisoblash kursi koʻrsatiladi;
21) 13-grafa “Sotuvchi tomonidan qilingan xarajatlar:”.
Ushbu grafada 11a-grafada koʻrsatilgan amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan bitim narxiga kiritilmagan, yaʼni sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga qoʻyilgan hisobvaraq-fakturaga (invoysga) kiritilmagan, biroq baholanayotgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqilishiga doir va sotuvchi tomonidan toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan sotuvchining xarajatlari aks ettiriladi;
22) 13a-grafa.
Sotuvchining vositachilik va brokerlik haqlarini toʻlash uchun xarajatlar, bundan tovarni xarid qilishdagi vositachilik xarajatlari mustasno, agar ular ilgari bitim narxiga kiritilmagan boʻlsa koʻrsatiladi.
Agar BQD-1 bitta partiyadagi bir necha nomlardagi tovarlarga toʻldirilayotgan boʻlsa, unda koʻrsatilgan xarajatlarning taqsimlanishi har bir tovar nomlari oʻrtasida 12-grafada koʻrsatilgan tegishli miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshirilgan holda toʻldiriladi.
Agar yuqorida koʻrsatilgan xarajatlar xorijiy valyutada toʻlangan boʻlsa, u holda milliy valyutada qayta hisoblash 24-grafada koʻrsatiladi;
23) 13b-grafa.
Sotuvchi tomonidan amalga oshirilgan konteynerlarning va (yoki) boshqa koʻp marta ishlatiladigan idishlarning qiymati, agar konteynerlar va (yoki) boshqa koʻp marta ishlatiladigan idishlar TIF TNga muvofiq baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa hamda oʻrash-joylash ishlarining va materiallarining qiymati, agar ular bitim narxiga ilgari kiritilmagan boʻlsa koʻrsatiladi. Konteyner deganda konteyner taraning bir koʻrinishi ekanligi nazarda tutiladi.
Agar koʻp marta ishlatiladigan idishdan foydalanilayotgan boʻlsa, tovarni koʻp martalik yetkazib berilishida uning qiymati har bir partiyadagi tovarlarning miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Idish uchun xarajatlarning mutanosib ravishda taqsimlanishi (yaʼni uning qiymatini har bir partiya uchun boʻlib-boʻlib taqsimlanishi) bojxona organlari tomonidan tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) aks etganligi yoki boshqa biron bir hujjat bilan tasdiqlanganligi sharti mavjud boʻlsa qabul qilinadi.
Sotuvchiga idishni qaytarib berish uchun alohida toʻlanadigan summalar idish uchun amalga oshirilgan xarajatlar boʻlib hisoblanmaydi.
Agar idish uchun amalga oshirilgan xarajatlar xorijiy valyutada toʻlangan boʻlsa, u holda milliy valyutada qayta hisoblash 24-grafada koʻrsatiladi;
24) 14-grafa.
Olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarish va/yoki eksportga sotish uchun sotib oluvchi bevosita yoki bilvosita sotuvchiga bepul yoki pasaytirilgan narx boʻyicha koʻrsatadigan xizmatlar va yetkazib beradigan tovarlar qiymatining tegishli qismi koʻrsatiladi:
xomashyo, materiallar, detallar, yarimtayyor fabrikatlar hamda olib chiqiladigan tovarning tarkibiy qismi hisoblanadigan boshqa butlovchi qismlar;
instrumentlar, shtamplar, shakllar hamda olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa shu kabi predmetlar;
olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan yordamchi materiallar;
muhandislik ishlanmalari, tajriba-konstruktorlik ishlari, dizayn, badiiy jihozlash, olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun bevosita zarur boʻlgan eskizlar va chizmalar;
25) 15-grafa.
Intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi kerak boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar milliy valyutada koʻrsatiladi, eksport qilinadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida koʻpaytirish (dublikat qilish) huquqi uchun toʻlovlar bundan mustasno (9a-grafa bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan holda).
Bunda sotib oluvchi bevosita sotuvchiga yoki uning foydasiga uchinchi shaxsga toʻlashi lozim boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar inobatga olinadi.
Agar intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar olib chiqilayotgan barcha yoki maʼlum bir tovarlar nomlariga taalluqli boʻlsa hamda intellektual mulk obyektlaridan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisidagi kelishuvda bunday foydalanish uchun tovarlarning alohida nomlari oʻrtasida toʻlovlarning taqsimlanishi koʻrsatilmagan boʻlsa (masalan, bir martalik toʻlov), u holda intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlarning miqdoriy yigʻindisi 12-grafada koʻrsatilgan tovarlarning har bir nomlari qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi, bundan deklarant yoki bojxona brokerining xohishiga koʻra shunday toʻlovlarning miqdoriy yigʻindisi soliqqa solishning eng yuqori darajasiga ega boʻlgan tovarning bojxona qiymatiga qoʻshiladigan holatlar mustasno. Deklarant yoki bojxona brokerining xohishiga koʻra intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlarning miqdoriy yigʻindisi bunday toʻlovlarni nazarda tutuvchi birinchi partiya tovarlarga nisbatan qoʻllanishi mumkin.
Agar yuqorida koʻrsatilgan xarajatlar xorijiy valyutada toʻlangan boʻlsa, u holda milliy valyutada qayta hisoblash 24-grafada koʻrsatiladi;
26) 16-grafa.
Ushbu grafada olib chiqiladigan tovarni keyinchalik biron-bir tarzda qayta sotish, tasarruf etish yoki ulardan foydalanishdan olingan, tovar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqilgandan keyin sotuvchiga bevosita yoki bilvosita tegishli boʻladigan tushumlarning har qanday qismining qiymati (9b-grafa bilan bogʻlangan holda) inobatga olinadi;
27) 17-grafa “Bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan joygacha qilinadigan xarajatlar:”
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitim narxiga tovarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlar, agar bu xarajatlar bitim narxiga kiritilmagan boʻlsa, kiritiladi.
BQD-1ning 17-grafasida 11a-grafada koʻrsatilgan bitim narxiga yetkazish shartlariga muvofiq qoʻshilmagan, sotuvchi tomonidan alohida toʻlanishi shart boʻlgan va bojxona qiymatiga qoʻshilishi lozim boʻlgan tovarning haqiqatda yetkazib berish joyi koʻrsatilishi kerak.
13 — 17 grafalardagi barcha maʼlumotlar milliy valyutada koʻrsatiladi.
Agar 17a — 17v-grafalarida koʻrsatilgan xarajatlar xorijiy valyutada toʻlangan boʻlsa, u holda milliy valyutada qayta hisoblash 24-grafada koʻrsatiladi;
28) 17a-grafa.
Grafada milliy valyutada tovarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan tashish xarajatlari, agar yetkazib berish shartlariga muvofiq ular bitim narxiga kiritilmagan boʻlsa (11a-grafa), kiritiladi.
Agar BQD-1 turli nomdagi tovarlar uchun toʻldirilayotgan boʻlsa, tashish xarajatlari tegishli tovarlar oʻrtasida ularning brutto ogʻirligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
29) 17b-grafa.
Grafada milliy valyutada tovarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish xarajatlari, agar ular bitim narxiga kiritilmagan boʻlsa (11a-grafa), kiritiladi.
Agar BQD-1 turli nomdagi tovarlar uchun toʻldirilayotgan boʻlsa, bunday xarajatlar tegishli tovarlar oʻrtasida ularning brutto ogʻirligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
30) 17d-grafa.
Grafada milliy valyutada tovarning sugʻurta qiymati, agar u ilgari bitim narxiga kiritilmagan boʻlsa (11a-grafa), koʻrsatiladi.
Agar BQD-1 turli nomdagi tovarlar uchun toʻldirilayotgan boʻlsa, sugʻurta qiymati tegishli tovarlar oʻrtasida 12-grafada koʻrsatilgan qiymatga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
31) 18-grafa “Jami milliy valyutada”.
“B” boʻlimda koʻrsatilgan miqdor milliy valyutada koʻrsatiladi.
“D” boʻlim. “Chegirmalar: “A” boʻlimga kiritilgan toʻlov va xarajatlar, milliy valyutada”.
Mazkur boʻlimda “A” boʻlimga kirgan, lekin Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 317-moddasiga muvofiq olib chiqiladigan tovarning bitim narxidan, basharti ular baholanayotgan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxdan ajratib olingan, deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan hamda ular tomonidan hujjat bilan tasdiqlangan boʻlsa, chiqarib tashlanishi shart boʻlgan toʻlovlar va xarajatlarning summasi milliy valyutada koʻrsatiladi.
Agar bunday xarajatlar xorijiy valyutada koʻrsatilgan boʻlsa, u holda 24-grafada qayta hisoblash boʻyicha maʼlumotlar, ushbu maʼlumotlar taalluqli boʻlgan BQD-1dagi tovar va grafasining raqamini koʻrsatish bilan, Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning raqamli kodi, xorijiy valyutadagi xarajatlar summasi va BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi valyutani qayta hisoblash kursi koʻrsatiladi;
32) 19-grafa.
Sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojxona hududidan olib chiqilganidan soʻng amalga oshirilgan uskunalarni qurish, oʻrnatish, yigʻish, montaj qilish, sozlash va ularga xizmat koʻrsatish yoki texnik koʻmaklashish xarajatlarining, agar tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) bunday ishlar koʻzda tutilgan hamda baholanayotgan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan bitim narxidan ajratib olingan boʻlsa, tegishli summa koʻrsatiladi;
33) 20-grafa.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqilganidan keyin belgilangan joygacha yetkazib berish bilan bogʻliq tashish xarajatlarining summasi, agar baholanayotgan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan bitim narxidan ajratib olingan boʻlsa, koʻrsatiladi;
34) 21-grafa.
Tovarni olib kirish yoki sotish bilan bogʻliq boʻlgan import mamlakatida sotuvchi tomonidan toʻlanadigan bojxona toʻlovlari summasi, agar tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) shartlarida sotuvchi tomonidan toʻlanishi belgilangan boʻlsa, koʻrsatiladi;
35) 22-grafa.
“D” boʻlimda koʻrsatilgan miqdor milliy valyutada koʻrsatiladi.
19 — 22 grafalardagi barcha maʼlumotlar milliy valyutada koʻrsatiladi;
36) 23a-grafa.
12 va 18-grafalarda koʻrsatilgan miqdorni qoʻshish va 22-grafada koʻrsatilgan ushbu miqdor summasidan ayirish yoʻli bilan hisoblangan tovarning bojxona qiymati milliy valyutada koʻrsatiladi;
37) 23b-grafa.
23a-grafada koʻrsatilgan tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida qayta hisoblangan bojxona qiymati koʻrsatiladi. Tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida qayta hisoblash “A” boʻlimda koʻrsatilgan valyuta kursi boʻyicha amalga oshiriladi. Hosil boʻlgan summa BYDda bojxona toʻlovlarini hisoblash uchun asos sifatida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelishi lozim.
Agar bitim boʻyicha hujjatlar bilan xorijiy valyuta turi belgilanmagan boʻlsa, unday holda 23b-grafadagi maʼlumotlar AQSH dollarida koʻrsatiladi;
38) 24-grafa.
Agar bojxona qiymatini tarkibiga kiruvchi bir yoki bir necha qismlar (13 — 21 grafalarda koʻrsatilishi lozim boʻlgan) tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi), hisobvaraq-faktura (invoys) yoki boshqa tijorat hujjatlarda xorijiy valyutada koʻrsatilgan boʻlsa, qayta hisoblash boʻyicha maʼlumotlar, ushbu maʼlumotlar taalluqli boʻlgan BQD-1dagi tovar va grafasining raqami, Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning raqamli kodi, xorijiy valyutadagi xarajatlar summasi va qayta hisoblashga tegishli boʻlgan kurs koʻrsatiladi;
39) “Qoʻshimcha maʼlumotlar” grafasi.
BQD-1da koʻrsatilgan axborotlarga taalluqli boʻlgan har qanday qoʻshimcha maʼlumotlar (hisob-kitoblar) koʻrsatiladi.
3-bob. BQD-2ni toʻldirish
16. Bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan BQD-2ning asosiy va qoʻshimcha varaqlaridagi “Bojxona belgilari uchun” maydonchasi toʻldiriladi.
1-§ BQD-2ning asosiy varagʻi
17. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan grafalarning toʻldirilishi quyidagicha amalga oshiriladi:
1) 4-grafa.
Deklaratsiyalanayotgan tovarni olib chiqish uchun asos boʻlgan hujjatning turi, raqami va sanasi (masalan, tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) tovarlarning barter yoki kompensatsion operatsiyalar doirasida yetkazib berilishi va h.k.) koʻrsatiladi;
2) 5-grafa.
4-grafada koʻrsatilgan hujjatlar boʻyicha ilgari olib chiqilgan tovarlar yuzasidan bojxona organlarining qabul qilingan qarorlari boʻyicha hujjatlari yoki bunday tovarlarga nisbatan sud organlari qarorlarining rekvizitlari (raqami va sanasi) koʻrsatiladi;
3) 6-grafa.
Deklaratsiyalanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun foydalanilayotgan usulga “X” belgisi qoʻyiladi.
Bojxona qiymati 1-usul asosidagi 6-usul bilan aniqlanganida faqatgina (f) maydonchasiga belgi qoʻyiladi.
Bojxona qiymati 2-3, 5-usul va u(lar) asosidagi 6-usul bilan aniqlanganida (e) maydonchasiga belgi qoʻyilishi bilan bir vaqtning oʻzida 2-3 va 5-usullardan biriga tegishli boʻlgan maydonchaga ham belgi qoʻyiladi.
Agar BQD-2ning “Tovar №” grafalarida turli raqamlar bilan koʻrsatilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda bojxona qiymatini aniqlashning turli xil usullaridan foydalanilayotgan boʻlsa, (g) maydonchasiga belgi qoʻyiladi;
4) 7-grafa.
Ushbu grafada 6-grafada koʻrsatilgan usuldan barcha oldingi usullarni qoʻllab boʻlmaslik sabablari qisqacha asoslab beriladi, bunda 1-usul uchun uni nimaga muvofiq qoʻllab boʻlmasligining aniq sabablari koʻrsatilishi shart, boshqa usullar uchun ularni qoʻllab boʻlmaslik asosi sifatida tegishli hujjat va maʼlumotlar mavjud emasligi sababi koʻrsatiladi.
1-usulni qoʻllab boʻlmaydi, chunki koʻrib chiqilayotgan bitim oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasida tuzilgan va oʻzaro bogʻliqlik bitimning narxiga taʼsir koʻrsatgan. Ushbu baholashning qiymatga taʼsirini aniqlash imkoniyati mavjud emas;
2-usul — aynan bir xil tovarlar boʻyicha maʼlumot mavjud emas;
5) 8-grafa.
Bojxona qiymatini aniqlashda qoʻllanilgan usuldan kelib chiqib maʼlum qilingan maʼlumotlarni tasdiqlash uchun taqdim etilgan asosiy hujjatlarning nomi va rekvizitlari koʻrsatiladi.
Bojxona qiymati 2 va 3-usullar boʻyicha aniqlanganda, mazkur grafa toʻldirilmaydi. Bunda, bojxona qiymatini 2 va 3-usullar boʻyicha aniqlash uchun foydalanilgan axborot manbalari 20-grafada koʻrsatiladi.
Bojxona qiymati 5 va u asosdagi 6-usullar boʻyicha aniqlanganda, tovarning hisob-kitob qilingan qiymati asosida qabul qilingan hujjatlar har birining oldiga ularning tartib raqami qoʻyilgan holda koʻrsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi):
ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar hamda materiallarni sotib olish va (yoki) baholanayotgan tovarlarni ishlab chiqarish boʻyicha ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buxgalterlik hujjatlari, shuningdek, baholanayotgan tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa operatsiyalar, shu jumladan, idish va oʻrash-joylash uchun qilingan xarajatlar, shu bilan birga, loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatlari ishlab chiqaruvchi toʻlaganligi umumeʼtirof etilgan buxgalterlik hisobi tamoyillariga muvofiq tuzilgan baholanayotgan tovar ishlab chiqaruvchisining tijorat hisobvaraqlari raqami va sanasi;
ishlab chiqaruvchi va (yoki) sotuvchining baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha klassdagi va turdagi tovarni eksport qilishda sotuvchi tomonidan olinadigan foyda va yuqorida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buxgalterlik hujjatlari raqami va sanasi;
bitim shartlariga muvofiq sugʻurta hujjatlari, tashish uchun hisobvaraq-faktura (invoys) (tashish xarajatlari kalkulyatsiyasi), Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan joyigacha (punktgacha) yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
Bojxona qiymati 1-usul asosidagi 6-usul boʻyicha aniqlanganda bojxona qiymatini 1-usul boʻyicha aniqlashda birmuncha qayishqoqlik bilan uni qoʻllash orqali foydalanilgan hujjatlar koʻrsatiladi;
6) 9-grafa “Qoʻshimcha varaqlar soni”.
BQD-2ga qoʻshimcha varaqlar soni koʻrsatiladi (varaqlar soni oxirgi varaqning raqamidan ikkitaga kamaytirilgan raqamga toʻgʻri kelishi kerak);
7) 10-grafa “Joy va sana:”.
BQD-1ning 10b-grafasini toʻldirish uchun belgilangan tartibda toʻldiriladi.
2-§ 2-usul va u asosidagi 6-usul uchun BQD-2ning ikkinchi asosiy varagʻi
18. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan grafalarning toʻldirilishi quyidagicha amalga oshiriladi:
1) “Tovar №” grafasi.
BYD yoki unga qoʻshimcha varaqning aynan shunday grafasidagi tegishli tovarning tartib raqami koʻrsatiladi;
2) “Tovar kodi” grafasi.
Tovarning TIF TNga muvofiq oʻnta raqamli kodi koʻrsatiladi;
3) 11-grafa.
“A” boʻlim “Hisoblash uchun asos”.
Bojxona qiymatini 2-usul boʻyicha aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan tovarlar yetkazib beriladigan va eksport qilinadigan mamlakatga olib chiqish uchun sotilgan va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan baholanayotgan tovar olib chiqilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida olib chiqilgan, taxminan oʻsha miqdorda va (yoki) oʻsha tijorat shartlarida olib chiqilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati milliy valyutada koʻrsatiladi (BQD-2ning 23a-grafasi).
Bojxona qiymati 2-usul asosidagi 6-usul boʻyicha aniqlashda aynan bir xil tovar birligining narxi koʻrsatiladi;
“B” boʻlim. “Bitim qiymatiga tuzatishlar (+/-)”.
Mazkur boʻlimda olib chiqilgan aynan bir xil tovarning shartlarini baholanayotgan tovarning shartlariga solishtirib boʻladigan koʻrinishga keltirilishini taʼminlaydigan 11-grafada koʻrsatilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga tegishli tuzatishlar koʻrsatiladi.
Tuzatishlar kiritish agar ular aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatini koʻpaytirsa “+” belgisi bilan boʻlishi mumkin, shuningdek, agar ular aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatini kamaytirsa, “-” belgisi bilan boʻlishi mumkin.
Aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga tuzatishlar kiritish deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan toʻgʻri va hujjat bilan tasdiqlangan maʼlumotlar asosida amalga oshirilishi lozim;
4) 12a-grafa.
Tovar birligi uchun narxni oʻzgarishi munosabati bilan 11-grafada koʻrsatilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati kamaytirilishi lozim boʻlgan miqdor koʻrsatiladi.
Masalan, tashqi savdo kontraktiga (shartnomasiga, kelishuviga) muvofiq, tovarning bir birlik uchun narxi tovar birligining sotilgan miqdoriga bogʻliq boʻlsa, biroq baholanayotgan va aynan bir xil tovarlar tovarning birligi uchun narxlarining turli xil darajalariga mos keluvchi miqdorlarda sotilgan holatlar nazarda tutiladi.
Agar 11-grafada baholanayotgan tovar bilan taxminan oʻsha miqdorda sotilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati koʻrsatilsa (yaʼni tovar birligi uchun aynan oʻsha va bir xil narxda) yoki tovar birligi uchun narx shu tovar birligining sotilgan miqdoriga bogʻliqligini hujjat bilan tasdiqlashning imkoniyati mavjud boʻlmasa grafa toʻldirilmaydi;
5) 12b-grafa.
11-grafadagi koʻrsatilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati kamaytirilishi lozim boʻlgan miqdor agar aynan bir xil tovar baholanayotgan tovar bilan oʻsha tijorat shartlarida sotilgan deb qaralganda koʻrsatiladi.
Agar baholanayotgan tovar bilan oʻsha tijorat (ulgurji, chakana) shartida sotilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati koʻrsatilsa, 11-grafa toʻldirilmaydi;
6) 12d-grafa.
Ushbu grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
baholanayotgan tovarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqiladigan joyi (geografik punkti);
aynan bir xil tovar hamda baholanayotgan tovarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan joygacha yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan tashish xarajatlarining farqi.
Agar baholanayotgan tovar aynan bir xil tovarga nisbatan farqli ravishda boshqa yoʻnalishlar va (yoki) boshqa transport turi orqali tashilayotgan boʻlsa grafa toʻldiriladi;
7) 12e-grafa.
Aynan bir xil tovarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan joygacha yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish xarajatlarining farqi koʻrsatiladi;
8) 12f-grafa.
12d va 12e-grafalarda koʻrsatilgan operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq baholanayotgan tovar va aynan bir xil tovarning sugʻurta qiymatlarining farqi koʻrsatiladi.
Agar 11-grafada koʻrsatilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga qoʻshilgan xarajatlar baholanayotgan tovarga nisbatan tegishli boʻlgan bunday xarajatlardan jiddiy farqlansa 12e va 12f-grafalar toʻldiriladi;
9) 13-grafa.
12a — 12f grafalarda keltirilgan miqdor milliy valyutada koʻrsatiladi;
10) 14a-grafa.
Tovar birligi uchun narxini oʻzgarishi munosabati bilan 11-grafada koʻrsatilgan aynan bir xil tovarga doir bitim qiymatini koʻpaytirilishi lozim boʻlgan miqdor koʻrsatiladi.
Masalan, tashqi savdo kontraktiga (shartnomasiga, kelishuviga) muvofiq tovarning bir birlik uchun narxi tovar birligini sotilgan miqdoriga bogʻliq boʻlsa, biroq baholanayotgan va aynan bir xil tovarlar tovarning birligi uchun narxlarining turli xil darajalariga mos keluvchi miqdorlarda sotilgan holatlar nazarda tutiladi.
Agar 11-grafada baholanayotgan tovar bilan taxminan oʻsha miqdorda sotilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati koʻrsatilsa (yaʼni tovar birligi uchun aynan oʻsha va bir xil narxda) yoki tovar birligi uchun narxi shu tovar birligining sotilgan miqdoriga bogʻliqligi hujjat bilan tasdiqlashning imkoniyati mavjud boʻlmasa, grafa toʻldirilmaydi;
11) 14b-grafa.
11-grafadagi koʻrsatilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati koʻpaytirilishi lozim boʻlgan miqdor agar aynan bir xil tovar baholanayotgan tovar bilan oʻsha tijorat (ulgurji, chakana) shartlarida sotilgan deb qaralganda koʻrsatiladi.
Agar baholanayotgan tovar bilan oʻsha tijorat (ulgurji, chakana) shartida sotilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati koʻrsatilsa, 11-grafa toʻldirilmaydi;
12) 14d-grafa.
Ushbu grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
baholanayotgan tovarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqiladigan joyi (geografik punkti);
aynan bir xil tovar hamda baholanayotgan tovarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan joygacha yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan tashish xarajatlarining farqi;
аgar baholanayotgan tovar aynan bir xil tovarga nisbatan farqli ravishda boshqa yoʻnalishlar va (yoki) boshqa transport turi orqali tashilayotgan boʻlsa mazkur grafa toʻldiriladi;
13) 14e-grafa.
Aynan bir xil tovarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan joygacha yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish xarajatlarining farqi koʻrsatiladi;
14) 14f-grafa.
14d va 14e-grafalarda koʻrsatilgan operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq baholanayotgan tovar va aynan bir xil tovarning sugʻurta qiymatlarining farqi koʻrsatiladi.
Agar 11-grafada koʻrsatilgan aynan bir xil tovarga doir bitim qiymatiga qoʻshilgan xarajatlar baholanayotgan tovarning xuddi shunday xarajatlaridan sezilarli farq qilsa (farqning sezilarli ekanligi bitimning tijorat sharti, tovarning miqdori hamda ushbu farqning baholanayotgan tovar bojxona qiymati va bojxona toʼlovlari summasiga taʼsiri darajasini inobatga olgan holda aniqlanadi), 14e va 14f-grafalar toʻldiriladi;
15) 15-grafa.
14a — 14f grafalardagi miqdor milliy valyutada koʻrsatiladi;
16) 16-grafa.
11-grafada koʻrsatilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatini 13-grafada koʻrsatilgan summaga kamaytirilgan hamda 15-grafada koʻrsatilgan summaga koʻpaytirilgan holda koʻrsatiladi.
Agar aynan bir xil tovar baholanayotgan tovar bilan oʻsha tijorat (ulgurji, chakana) shartida va taxminan oʻsha miqdorda sotilgan boʻlsa, shuningdek baholanayotgan va aynan bir xil tovarlarga nisbatan tashilayotgan transport turi va ular tashilayotgan masofalarning turli xil boʻlishiga qaramasdan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 316-moddasi birinchi qismi “a” bandida koʻrsatilgan xarajatlarni hisobga olishda ushbu xarajatlar bitim qiymatiga sezilarli taʼsir qilmasa (taʼsirning sezilarli ekanligi bitimning tijorat sharti, tovarning miqdori hamda ushbu farqning baholanayotgan tovar bojxona qiymati va bojxona toʼlovlari summasiga taʼsiri darajasini inobatga olgan holda aniqlanadi) va bitimga tuzatishlar kiritish zarurati boʻlmasa, bunda 16-grafada 11-grafada koʻrsatilgan bitim qiymatining miqdori koʻrsatiladi.
17) 17-grafa.
Tovar miqdori tegishli oʻlchov birliklarida (kilogrammlar, donalar va boshqa) bunday oʻlchov birliklari bevosita ushbu miqdorga keltirilgandan keyin koʻrsatiladi.
Agar baholanayotgan va aynan bir xil tovarlar miqdori bir xil boʻlgan holda grafa toʻldirilmaydi. Mazkur grafada 12a, 14a-grafalarda koʻrsatilgan tuzatishlar hisobga olinmaydi;
18) 17a-grafa.
11-grafadagi bitim qiymati koʻrsatilgan aynan bir xil tovarning miqdori koʻrsatiladi;
19) 17b-grafa.
Baholanayotgan (deklaratsiyalanayotgan) tovarning miqdori koʻrsatiladi;
20) 18a-grafa.
Bojxona qiymatini 2-usul boʻyicha aniqlashda 17a-grafada koʻrsatilgan miqdorga 17b-grafada koʻrsatilgan miqdor nisbatiga 16-grafada koʻrsatilgan miqdorni koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblangan baholanayotgan tovarning bojxona qiymati koʻrsatiladi.
Agar 17-grafa toʻldirilmagan boʻlsa, 16-grafadagi maʼlumotlardan foydalaniladi;
21) 18b-grafa.
18a-grafada koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi milliy valyuta kursi boʻyicha AQSH dollariga qayta hisoblangan baholanayotgan tovarning bojxona qiymati koʻrsatiladi;
22) 19-grafa.
Agar bojxona qiymatini tarkibiga kiruvchi bir yoki bir necha qismlar (“B” boʻlimda koʻrsatilishi lozim boʻlgan) xorijiy valyutada koʻrsatilgan boʻlsa, qayta hisoblash boʻyicha maʼlumotlar, ushbu maʼlumotlar taalluqli boʻlgan BQD-2dagi tovar va grafasining raqami, Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning raqamli kodi, xorijiy valyutadagi xarajatlar summasi va qayta hisoblashga tegishli boʻlgan kurs koʻrsatiladi;
23) 20-grafa.
Mazkur grafada bojxona qiymatini 2 va 3-usullar hamda ushbu usullar asosidagi 6-usul boʻyicha aniqlash uchun foydalaniladigan axborot manbalari koʻrsatiladi.
Agar bojxona qiymatini hisoblash uchun BYD asosidagi elektron baza maʼlumotlaridan foydalanilsa, bunday holda grafada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va har birining oldiga ularning tartib raqami qoʻyiladi):
1) tovar raqami;
2) BYD raqami;
3) aynan bir xil tovar birligi qiymati;
4) Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning raqamli kodi;
5) BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi valyutani qayta hisoblash kursi;
6) TIF TNda koʻrsatilgan “Oʻlchov birliklari jadvali”ga muvofiq oʻlchov birligining raqamli kodi. Agar mazkur tovar uchun TIF TN boʻyicha faqatgina asosiy oʻlchov birligi (kg) qoʻllanilsa, grafada uning kodi (166) koʻrsatiladi.
Agar bojxona qiymatini hisoblash uchun muqobil manbalardan foydalanilsa, bunday holda grafada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va har birining oldiga ularning tartib raqami qoʻyiladi):
1) tovar raqami;
2) muqobil manba;
3) aynan bir xil tovar birligi qiymati;
4) tovarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan joygacha yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarining summasi;
5) Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning raqamli kodi;
6) BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi valyutani qayta hisoblash kursi;
7) TIF TNda koʻrsatilgan “Oʻlchov birliklari jadvali”ga muvofiq oʻlchov birligining raqamli kodi. Agar mazkur tovar uchun TIF TN boʻyicha faqatgina asosiy oʻlchov birligi (kg) qoʻllanilsa, grafada uning kodi (166) koʻrsatiladi.
Muqobil manba sifatida ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki yetkazib beruvchilarning rasmiy eʼlon qilinadigan maʼlumotnomalari, byulletenlari, birja kotirovkalari, prays-varaqlardan, ular uyushmalari yoki birlashmalarining yigʻma narx maʼlumotnomalaridan, rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgan dilerlar yoki distribyutorlarning maʼlumotlaridan, shuningdek, narxlar konyunkturasini xolis shakllantiradigan umumiy foydalaniladigan narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning boshqa ishonchli manbalari qabul qilinishi mumkin;
24) “Imzo” grafasi.
Maʼlumotlarning toʻgʻriligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qogʻoz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
3-§ 3-usul va u asosidagi 6-usul uchun BQD-2ning ikkinchi asosiy varagʻi
4-§ 5-usul va u asosidagi 6-usul uchun BQD-2ning ikkinchi asosiy varagʻi
20. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan grafalarning toʻldirilishi quyidagicha amalga oshiriladi:
1) “Tovar №” grafasi.
BYD yoki unga qoʻshimcha varaqning aynan shunday grafasidagi tegishli tovarning tartib raqami koʻrsatiladi;
2) “Tovar kodi” grafasi.
Tovarning TIF TNga muvofiq oʻnta raqamli kodi koʻrsatiladi;
3) 11-grafa.
Ishlab chiqaruvchining (sotuvchining) baholanayotgan tovarni tayyorlashda sarflagan materiallarining qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) ishlov berish, shuningdek baholanayotgan (olib chiqilayotgan) tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa operatsiyalarni bajarish xarajatlarining umumiy summasi koʻrsatiladi.
Tovarning bojxona qiymatini 5-usul boʻyicha hisoblash uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlar, agar ular toʻgʻri, miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotga asoslangan boʻlsa foydalanish mumkin. Tovarning bojxona qiymatini hisoblash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar ishlab chiqaruvchining tijorat hisoblari, bunday hisoblar tovar Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan hisobga olishning umumiy qabul qilingan tamoyillariga muvofiq boʻlgandagina qoʻllanilishi lozim;
4) 12-grafa.
11-grafada aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi va baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha klassdagi va turdagi tovarni eksport qilishda odatda sotuvchi tomonidan olinadigan foyda koʻrsatiladi;
5) 13-grafa.
Baholanayotgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan joygacha yetkazib berilgunga qadar qilinadigan tashish xarajatlarining miqdori koʻrsatiladi.
Agar tashish turli xil transportlarda amalga oshirilayotgan boʻlsa, bunday hollarda barcha transport turlaridagi tashish xarajatlarining summalari hisobga olinadi.
Agar BQD-2 turli nomdagi tovarlar uchun toʻldirilayotgan boʻlsa, bunday tovarlarni tashish xarajatlari tegishli tovarlar oʻrtasida ularning brutto ogʻirligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
13-grafada bojxona qiymatiga qoʻshilishi lozim boʻlgan xarajatlarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqiladigan joyi (geografik punkti) koʻrsatiladi;
6) 14-grafa.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan ushbu tovarni olib chiqib ketiladigan joygacha yetkazib berishni amalga oshirishda uni tashish bilan bogʻliq boʻlgan baholanayotgan tovarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish xarajatlari koʻrsatiladi.
Agar BQD-2 turli nomdagi tovarlar uchun toʻldirilayotgan boʻlsa, bunday xarajatlar tegishli tovarlar oʻrtasida ularning brutto ogʻirligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
7) 15-grafa.
13-14-grafalarda koʻrsatilgan operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq sugʻurta qiymati koʻrsatiladi.
Agar BQD-2 turli nomdagi tovarlar uchun toʻldirilayotgan boʻlsa, sugʻurta qiymati tegishli tovarlar oʻrtasida ularning qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
8) 16a-grafa.
11 — 15 grafalarda koʻrsatilgan miqdor summasi sifatida hisoblangan baholanayotgan tovarning bojxona qiymati koʻrsatiladi;
9) 16b-grafa.
16a-grafada koʻrsatilgan milliy valyuta kursi boʻyicha AQSH dollariga qayta hisoblangan baholanayotgan tovarning bojxona qiymati koʻrsatiladi;
10) 17-grafa.
Agar bojxona qiymatini tarkibiga kiruvchi bir yoki bir necha qismlar (“B” boʻlimda koʻrsatilishi lozim boʻlgan) xorijiy valyutada koʻrsatilgan boʻlsa, qayta hisoblash boʻyicha maʼlumotlar, ushbu maʼlumotlar taalluqli boʻlgan tovar va grafaning raqami, Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning raqamli kodi, xorijiy valyutadagi xarajatlar summasi va qayta hisoblash uchun asos boʻlgan kurs koʻrsatiladi;
11) “Qoʻshimcha maʼlumotlar” grafasi.
Mazkur grafada koʻrsatilgan axborotlarga taalluqli boʻlgan har qanday qoʻshimcha maʼlumotlar (hisob-kitoblar) koʻrsatiladi;
12) “Imzo” grafasi.
Maʼlumotlarning toʻgʻriligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qogʻoz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi;
1-usul asosidagi 6-usul uchun BQD-2ning ikkinchi asosiy varagʻi
21. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan grafalarning toʻldirilishi quyidagicha amalga oshiriladi:
1) “Tovar №” grafasi.
BYD yoki unga qoʻshimcha varaqning aynan shunday grafasidagi tegishli tovarning tartib raqami koʻrsatiladi;
2) “Tovar kodi” grafasi.
Tovarning TIF TNga muvofiq oʻnta raqamli kodi koʻrsatiladi.
22. 11 — 24-grafalar BQD-1ning 11 — 24-grafalarini toʻldirish tartibiga tatbiq etilgan quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 315-moddasi talablaridan kelib chiqib, baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun oldi-sotdi bitimi mavjud boʻlmagan yoki amalda toʻlangan yoxud toʻlanishi lozim boʻlgan narx hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga toʻgʻri kelmagan hollarda, ushbu tovarning amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxiga yaqin boʻlgan qiymat koʻrsatilishi mumkin.
Agar baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun 1-usulni qoʻllab boʻlmaslik qoʻshimcha hisoblarni zarur boʻlgan hujjatlar bilan tasdiqlash imkoniyati mavjud boʻlmasa, bunda 11a-grafada taqdim etilgan maʼlumotlarga muvofiq tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan bitim narxi koʻrsatiladi.
“B” boʻlimda “Qoʻshimcha hisoblar ustunida “A” boʻlimga kiritilmagan milliy valyutadagi xarajatlar bojxona organlari ixtiyorida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida bojxona qiymatini hisoblash uchun asosga qoʻshimcha hisoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;
3) “Imzo” grafasi.
Maʼlumotlarning toʻgʻriligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qogʻoz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
4-bob. “Bojxona belgilari uchun” maydonchalarini toʻldirish
23. Bojxona organi tomonidan BQD qabul qilinganda BQDning asosiy va barcha qoʻshimcha varaqlardagi “Bojxona belgilari uchun” maydonchalarini toʻldirish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan quyidagi ravishda amalga oshiriladi:
BQDga BYDning roʻyxat raqamiga muvofiq keladigan roʻyxat raqami qoʻyiladi;
BQDning elektron shaklida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan mazkur BQDdagi maʼlumotlar toʻgʻrisida maʼlum qilingan tovarlarga nisbatan qabul qilingan qarori haqida bojxona organining belgilari (yozuvlari) qoʻyiladi. Bojxona organining belgilari (yozuvlari) bojxona organi mansabdor shaxsining ERIsi bilan tasdiqlanadi.
BQDning qogʻoz shaklidagi maydonchada bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi va shaxsiy raqamli muhri qoʻyiladi.
5-bob. Yakuniy qoida
24. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
1-ILOVA


Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
2-ILOVA





(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025 y., 10/25/3711/1089-son)