OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 21-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3709]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-noyabr,
27/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 14-noyabrdagi 27/10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/1-son qarori (roʻyxat raqami 3252, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3252/1098-son) bilan tasdiqlangan Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 107-bandning 10-kichik bandidan “doimiy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
2) 6-ilovaning matnidagi “Propiska joyi (hujjatlarga muvofiq yashash joyi)” va “Yashash joyi (amaldagi yashash joyi)” degan soʻzlar tegishli ravishda “Yashash joyi” hamda “Turgan joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 11-ilovaning matnidagi “Amaldagi yashash joyi” va “Doimiy yashash joyi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Turgan joyi” hamda “Yashash joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 6-sentabrdagi 20/5-son qarori (roʻyxat raqami 3322, 2021-yil 30-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3322/0923-son) bilan tasdiqlangan Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi “b” kichik bandi oltinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha yashash joyi” degan soʻzlar “yashash joyi yoki turgan joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/26-son qarori (roʻyxat raqami 3423, 2023-yil 7-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2023-y., 10/23/3423/0129-son) bilan tasdiqlangan Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 16-bandning 2-kichik bandi uchinchi va oltinchi xatboshilaridan “doimiy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
2) 2a va 3-ilovalarning matnidagi “Roʻyxatdan oʻtgan joyi (hujjatlarga muvofiq yashash joyi)” va “Yashash joyi (amaldagi yashash joyi)” degan soʻzlar tegishli ravishda “Yashash joyi” hamda “Turgan joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 81-ilovaning matnidagi “Doimiy yashash joyi” degan soʻzlar “Yashash joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2025 y., 10/25/3709/1082-son)