XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHINING
Qarori
Xorazm viloyatining ayrim mahallalarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 21-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “2023 — 2027-yillarda “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda aholi punktlarining Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-299-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasining 2025-yil 25-avgustdagi B-738-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Gurlan tumanidagi Jaloyir mahalla fuqarolar yigʻinining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari hamda unga yondosh boʻlgan Paxtachi, Ziyokor, Sovunchi, va Nurli yoʻl mahallalarini texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari va shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari 1-ilovaga;
Qoʻshkoʻpir tumani Qorovul mahalla fuqarolar yigʻinining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari hamda unga yondosh boʻlgan Boʻrloq, Amirqum Vahimchi va Doʻstlik mahallalarini texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari va shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari 2-ilovaga;
Hazorasp tumani Yangibozor mahalla fuqarolar yigʻinining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari hamda unga yondosh boʻlgan Juvorxos, Qirtepa, va Aloqali koʻl mahallalarini texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari va shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari 3-ilovaga;
Xiva tumani Istiqlol mahalla fuqarolar yigʻinining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari hamda unga yondosh boʻlgan Xorvuz mahallasining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari va shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari 4-ilovaga;
Urganch tumani Bogʻdorchi mahalla fuqarolar yigʻinining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari hamda unga yondosh boʻlgan Bobodehqon, Koʻhna ovul va H. Olimjon mahallalarini texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari va shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari 5 — 8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Hazorasp, Xiva va Urganch tumanlari hokimliklari, viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi (M. Kalandarov) bilan birgalikda oʻz vakolatlari doirasida:
tegishli mutasaddi tashkilot va idoralarni jalb etgan holda bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda batafsil rejalashtirish loyihalari hamda yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalariga muvofiq, mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarini shaharsozlik jihatidan va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tasdiqlash;
mahalla fuqarolar yigʻinlari hududi yerlaridan maqsadsiz foydalanishga va noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatish yoʻli bilan ulardan samarali foydalanish;
energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali muhandislik-kommunikatsiya tuzilmasini (suv, elektr, gaz, issiqlik taʼminoti, telekommunikatsiya obyektlari, kanalizatsiya, irrigatsiya) qurish va rekonstruksiya qilish yoʻli bilan modernizatsiya qilish;
koʻp qavatli uy-joylar, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat, sanʼat va dam olish obektlarini oqilona joylashtirish hamda bosh rejaga muvofiq, infratuzilmani rivojlantirish chorasini koʻrsin.
4. Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi (Sh. Otyaev) aholi punktlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida qurilish obyektlari joylashtirilishini nazoratga olsin.
5. “Qishloqqurilishloyiha” bosh loyiha instituti DM tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishida qonunchilikda belgilangan tartibda mualliflik nazoratini oʻrnatsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasiraisi K. Igambergenov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi RADJABOV ALTIBAY BEGJANOVICH
Xorazm viloyati,
2025-yil 4-noyabr,
VII-14-129-12-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.