XALQ DEPUTATLARI QUVASOY SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori bilan har yili 1-oktabrga qadar novegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqib toʻgʻrisida
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “Suv-tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan birdir.
Shu masala yuzasidan, Prezidentimizning 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori imzolangan.
Ushbu qaror bilan:
-Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (keyingi oʻrinlarda - suv soligʻi) stavkasi 1 kub metr suv uchun 100 soʻm etib belgilanganligi;
-suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun toʻlovlar bekor qilinganligi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining tuman (shahar) irrigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlar negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari (keyingi oʻrinda - suv yetkazib berish xizmatlari) tashkil etilganligi;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetiga tushgan tushumning 40 foizi suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish, ularga tegishli obyektlarni saqlash va texnik holatini yaxshilash xarajatlariga yoʻnaltirilishi belgilab berildi.
Shuningdek, “Suv yetkazib berish xizmatlari belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish, oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish, sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish, suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish, isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish va suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha asosiy vazifalari etib belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorini ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarorida koʻrsatib oʻtilgan suvni hisob-kitobi va hisobotini yuritish tartibiga asosan, Quvasoy shahar qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishilgan holda hududdagi barcha suv isteʼmolchilarini 2025-2026-yillar novegitatsiya mavsumi uchun qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari tasdiqlanib, shu asosida har bir suv isteʼmolchilari, suv manbalar, iqtisodiyot tarmoqlari kesimida suvdan foydalanish rejalari ishlab chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda novegetatsiya davri uchun suv manbalarining suvlilik darajasidan kelib chiqqan holda hududlar kesimida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun suv olish limitlarini tasdiqladi.
Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, Quvasoy shahar va barcha shahar-tumanlar, suv yetkazib berish xizmatlari davlat muassasalari hamda hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari bilan birgalikda 2025-2026-yillar novegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari shahar Kengashi, Quvasoy shahar suv yetkazib berish DM tomonidan hisobot kiritish belgilab qoʻyilgan.
2025-2026-yillar novegetatsiya davri uchun isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limitlarni xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanishi orqali hududdagi har bir qishloq xoʻjaligi yetishtiruvchilarga belgilangan limit doirasida, manbalarni suvlilikligiga qarab yetkazib berish va Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni yana bir bor chuqur anglagan holda klasterlar, fermer xoʻjaliklari va soha xodimlari bilan birgalikda belgilangan tartibda vazifalar ijrosini va taʼminlaymiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosi yuzasidan “Quvasoy shahar Suv yetkazib berish” DM boshligʻi S.Mirzarasulovning hisoboti tinglanib, xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi muhokamasida bildirilgan takliflarni eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur masala Xalq deputatlari shahar Kengashining “Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilganligi va doimiy komissiya majlisida muhokama qilinib, shahar Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish toʻgʻrisidagi qarori asos uchun qabul qilinsin.
3. “Quvasoy shahar Suv yetkazib berish” DM boshligʻi S.Mirzarasulovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi yuzasidan bergan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1 kub metr suv uchun 100 (yuz) soʻm etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Quvasoy shahar “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan joriy yil novegetatsiya davri uchun shahar chegarasidan jami olinadigan 55 mln 20 ming m3 suv olish limitlari, shundan sugʻorishga 30 mln 53 ming m3 suv olish limitlarini, xoʻjaliklararo kanallardagi suv yoʻqotishlarni inobatga olib 15 foizga va ichki kanallarda 22 foizga kamaytirgan holatda 645 ta isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish limitlar jadvali 1-ilovaga muvofiq, shundan fermer xoʻjaliklar boʻyicha 2-ilovaga muvofiq, MFY tomorqalari boʻyicha 3-ilovaga muvofiq, Baliq yetishtirish uchun 4-ilovaga muvofiq, 2025-2026 yilning kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari 5-ilovaga muvofiq, dehqon xoʻjaliklari uchun 2025-2026 yilning kuzgi-qishki davrida shoʻr yuviladigan, nam suvi beriladigan va boshqa sugʻorish ishlari boʻyicha suv olish limitlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining 5-bandi ijrosi boʻyicha “Quvasoy shahar Suv yetkazib berish” DM boshligʻi (S.Mirzarasulov):
- belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
- oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
- sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
- suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
- isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
- suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirsin.
7. Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi “Quvasoy shahar Suv yetkazib berish” DM boshligʻi (S.Mirzarasulov):
- har bir isteʼmolchilarga suv oʻlchash tizimini yaratish uchun suv kirish qismlarini beton qoplamalar bilan taʼminlash;
- suv oʻlchagich moslamalarini oʻrnatish hamda ularning sozligini doimiy nazorat qilish;
-har bir isteʼmolchi bilan qabul qilingan suv hajmi uchun hisob-kitob qilish belgilab qoʻyilsin.
8. Shahardagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi suv isteʼmolchilariga, isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
9. Shahar hokimligi Axborot xizmati (A.Nishonboyev), “Isfayram” roʻznomasi (Oʻ.Karimova):
- mazkur qaror tasdiqlangandan soʻng shahar hokimligining rasmiy veb-saytida, ijtimoiy tarmoqlarda hamda gazetalarda keng jamoatchilik vakillariga eʼlon qilish vazifasi yuklatilsin.
10. Mazkur sessiya qarorini ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (B.Usmanov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi TOʻRAKULOV ZAFARJON KODIROVICH
Fargʻona viloyati, Quva tumani,
2025-yil 3-noyabr,
VII-12-79-11-167-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.