XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING
Qaror (resheniye)
Shovot tumani boʻyicha 2025-2026-yillarning kuz-qish mavsumi uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarorining 5-ilovasiga asosan” Shovot tumanida 2025-2026-yillarning kuz-qish mavsumi uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori J.Iskandarovning hisoboti atroflicha muhokama qilinib,“Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Shovot tumani boʻyicha 2025-2026-yillarning kuz-qish mavsumi uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori J. Iskandarovning hisoboti maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Shovot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlari boʻyicha 2025-2026-yillarning kuz-qish (shoʻr yuvish) davrida suv manbalaridan olinadigan suv miqdori (limit) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (N. Boboniyozov), Shovot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (J. Iskandarov)ga:
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
aholining tomorqa yerlarini vegetasiya davrida toʻliq suv bilan taʼminlash va suv limitlarini belgilashda suv bilan taʼminlanganlik darajasini hisobga olish choralarini koʻrish;
suv isteʼmolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishi hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Shovot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (J. Iskandarov) hamda tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan birgalikda suvdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari va tushuntirish ishlari olib borish vazifasi yuklatilsin.
5. Ushbu qaror tuman hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Shovot istiqboli” gazetasida eʼlon qilinsin.
6. Tuman hokimligining axborot xizmati boʻlimi (S. Yoʻldoshev) tuman hokimligi bosh yuriskonsulti bilan hamkorlikda (Z. Rahimov);
mazkur qarorni tuman hokimligining shovottuman.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirsin;
7. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari N. Boboniyozov hamda qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi O. Sadullayev zimmalariga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Sessiya raisi I. MASHARIPOV
Xorazm viloyati, Shovot tumani,
2025-yil 30-oktabr,
VII-16-124-12-177-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.