XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHINING
Qarori
Yangiobod tumani boʻyicha 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 31-martga qadar novegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2.Yangiobod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori A.Yuldashevning Yangiobod tumani boʻyicha 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 31-martga qadar novegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin hamda 1- va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3.Yangiobod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori (A.Yuldashev)ga:
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
- belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
- oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
- sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
- suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
- isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
- suv isteʼmolchilarining buyurtmasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
- amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorak yakuni bilan hisobotlarni taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4.Ushbu qaror rasman ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5.Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.Nazarqulov zimmasiga yuklatilsin.
6.Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I. B. QARSHIBOYEV
Jizzax viloyati, Yangiobod tumani,
2025-yil 3-noyabr,
VII-13-130-3-54-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.