XALQ DEPUTATLARI NORIN TUMANI KENGASHINING
Qarori
Norin tumani boʻyicha 2025-2026-yillar nosugʻorish davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Norin tumani boʻyicha 2025-2026-yillar nosugʻorish davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda-suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” gi Qonunning 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv xajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun suv soligʻi stavkasi qatʼiy belgilangan.Unga koʻra dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan qanday holatda foydalanganligiga qarab soliq stavkasi belgilanganligi ijrosini tumanda taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6- va 21¹-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2.Norin tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (J.Asqarov)ning Norin tumani boʻyicha 2025-yil nosugʻorish davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hamda isteʼmolchilar oʻrtasida 2025-2026 yillar sugʻorish mavsumi uchun ajratilgan cheklangan suv limiti 1- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Norin tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (J.Asqarov)ga:
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish:
-belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish:
-oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish:
-sugʼorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish; - suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash,suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish:
-isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish:
-suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish:
-amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
5.Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (J.Asqarov) va tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimining birinchi oʻrinbosari (Sh.Azizov)lar birgalikda 3-kun muddatda ajratilgan suv olish limitlari doirasida alohida ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarning suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va maʼmuriy hududlar boʻyicha ularning suvga boʻlgan talablari asosida belgilangan suv olish limitlarini tasdiqlab, har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga yetkazish:
-suv isteʼmolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishini hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishni taʼminlansin.
6.Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (J.Asqarov) va tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimining birinchi oʻrinbosari (Sh.Azizov)lar bilan birgalikda suvdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha isteʼmolchilar oʻrtasida tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borish vazifasi yuklatilsin.
7.Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiyasi (R.Toʻychiyev) hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Sh.Azizov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi NURMATOV JOʻRABEK XAMIDOVICH
Namangan viloyati, Norin tumani,
2025-yil 3-noyabr,
VII-14-112-6-83-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.