XALQ DEPUTATLARI TOYLOQ TUMANI KENGASHINING
qarori
Toyloq tumani boʻyicha 2025-2026-yillar nosugʻorish (novegetatsiya) mavsumi uchun suv istemolchilariga oʻrnatiladigan cheklangan suv miqdorini (limit) tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2025-yil 29-sentabrdagi 02-04/1314-sonli, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025-yil 3-oktabrdagi 184-sonli xatlarini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining oʻn oltinchi sessiyasi, qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Toyloq tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori B. Ahadovning Toyloq tumani boʻyicha 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 31-martga qadar novegetatsiya davrida isteʼmolchilar kesimida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv miqdorini (limit) tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1, 2, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Toyloq tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori B. Ahadovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan miqdor (limit) asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
Toyloq tumanidagi suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Sh. Xaydarov) zimmasiga yuklansin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi B. RAXMATULLAYEV
Samarqand viloyati, Tayloq tumani,
2025-yil 30-oktabr,
VII-16-133-7-104-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.