XALQ DEPUTATLARI HAZORASP TUMANI KENGASHINING
qarori
Hazorasp tumanidagi ayrim koʻchalarning nomlarini oʻzgartirish va nomsiz koʻchalarni nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunining 10-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarorga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi” haqida 2025-yil 5-sentabrdagi 05-19-15197-sonli ekspertiza xulosasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 6-avgustdagi 01-19-09/8000-son murojaatnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi” haqida 2025-yil 5-sentabrdagi 05-19-15197-sonli ekspertiza xulosasiga asosan, tuman hokimligi huzuridagi “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi” raisi — tuman hokimining aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish, ularning nomlarini oʻzgartirish hamda nomsiz va yangi koʻchalarga nom berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Tumanda nomlari oʻzgaradigan va nomsiz koʻchalarning roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi Q. Qurbonov, tuman obodonlashtirish boshqarmasi O. Roʻzmetovlar:
Geografik obyektlarning tasdiqlangan nomlari barcha hujjatlarda bir xillashtirilsin va ushbu nomlar aks etgan peshlavhalar va boshqa koʻrsatkichlardagi yozuvlarni davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida) yozilishi taʼminlansin.
Belgilansinki, geografik obyektlarning tasdiqlangan nomlari:
oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan oʻquv nashrlarida, kartografik, maʼlumotnoma, ensiklopedik nashrlarda, eʼlonlar, reklama, yoʻl belgilari, pochta joʻnatmalarida foydalanish uchun majburiydir.
4. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi Q. Qurbonov, Davlat kadastrlar palatasi tuman boʻlimi X. Sadullayev, tuman Davlat soliq inspeksiyasi J. Allayorov, tuman statistika boʻlimi A. Alimov, tuman obodonlashtirish boshqarmasi O. Roʻzmetovlarga mazkur qarorga asosan tegishli hujjatlarga oʻrnatilgan tartibda oʻzgartirishlar kiritish hamda bu borada zarur choralar koʻrish vazifalari yuklatilsin.
5. Mazkur qaror “Hazoraspnoma” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligi rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Sanoat, transport, agrar, qurilish, kommunal xoʻjaligi masalalari va aholiga xizmat koʻrsatish va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Sh. Qoʻchqorov zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi M. ABDULLAYEV
Xorazm viloyati, Xazorasp tumani,
2025-yil 30-oktabr,
VII-23-141-12-174-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.