30.10.2025 yildagi 274-11-156-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FARGʻONA VILOYATI QUVA TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026 yil tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 39-moddasiga asosan, “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori talablarini tuman hududida oʻz vaqtida va sifatli ijroga qaratilishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quva tumanida kvota ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash boʻyicha maxsus komissiyaning tarkibi 1-ilovaga hamda Quva tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan tumandagi korxonalarda 2026 yil uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilingan (kvota) ish joylarini taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar toifalari boʻyicha quyidagi umumiy tartiblarda asoslanishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlari (148 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlanganlar uchun ish oʻrinlari (21 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari uchun ish oʻrinlari (190 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslaruchun ish oʻrinlari (5 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — ularni kasb boʻyicha tayyorgarligini hisobga olgan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari (14 kishi);.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam savdosidan jabrlanganlar shaxslar uchun — ularning kasbi boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari (3 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va xoʻjalik yurituvchi subʼektlar rahbarlariga Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabr kunidagi «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona va tashkilotlar, yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 foiz hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlasin hamda bu toʻgʻrida tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga yil boshlangunga qadar axborot bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotan shaxslar uchun ish oʻrinlarini qolgan qismini band qilib qoʻyish tashkilotlar (ish beruvchilar) tomonidan kalendar yilining birinchi choragi mobaynida taʼminlansin, bu toʻgʻrida tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga birinchi chorak tugagandan keyin 10 kundan kechikmay axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinishi taʼminlab borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha tegishli Qarorini bajarmaganlik uchun jarima toʻlaganligi tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019 yil 10 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 19-2019-B sonli buyrugʻiga (AV roʻyxat raqami № 3163, 31 mart 2019 yil) muvofiq, ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam ish oʻrnidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — rejadan ortiq qabul qilingan har bir hodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida subsidiya toʻlab berilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi (I. Xakimov) besh kun muddatda ushbu Qarorni ilovada koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu Qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari J. Zakirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi X. UMAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Quva tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274-11-156-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.