XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining Xonqa tumanidagi ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarorining 7-bandida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun Xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilab qoʻyilgan.
Kun tartibidagi masalani atroflicha muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xonqa tumani boʻyicha Xonqa tumani suv yetkazib berish xizmati DM boʻyicha 2025-2026-yillar kuzgi-qishgi davirda sugʻorish tarmoqlaridan suv isteʼmolchilari chegarasida beriladigan cheklangan suv miqdorlari 1-ilovaga va 2026-yil vegetasiya davrida suv isteʼmolchilariga etkazib beriladigan cheklangan suv miqdorlari 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashining agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi (Q.Qurbonboyev) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi U. DAVLATOV
Xorazm viloyati, Xonqa tumani,
2025-yil 30-oktabr,
VII-23-115-12-175-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.