29.10.2025 yildagi VII-15-139-11-156-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QUVA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quva tuman mahalliy byudjetining 2025-yil ikkinchi chorak yakuni boʻyicha daromadlarni ortiqcha bajarilgan qismini taqsimlanishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 126-moddasi (Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish)ga muvofiq, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga mahalliy byudjetlarni boshqarishda erkinliklar berilib, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha stavkalarini belgilash, mahalliy byudjeti xarajatlarini hududiy byudjet mablagʻlari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash boʻyicha vakolatlari kengaytirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byudjet kodeksining 126-moddasiga asosan Quva tumani mahalliy byudjetining 2025-yil ikkinchi chorak yakuni boʻyicha daromadlarni rejasini ortiqcha bajarilgan qismini taqsimlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Quva tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 119 — 126-moddasi, “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-son Qonuniga muvofiq tuman hokimining birinchi oʻrinbosari-iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi J.Zakirovning tuman mahalliy byudjetining 2025-yil ikkinchi chorak yakuni boʻyicha daromadlarini ortiqcha bajarilgan qismini taqsimlanishi toʻgʻrisida hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman mahalliy byudjetining 2025-yil ikkinchi chorak daromadlar rejasini ortiqcha bajarilgan qismi hisobidagi mablagʻlari 803686 ming soʻm miqdorida ekanligi, bunga qoʻshimcha, Davlat aktivlarini sotishdan mahalliy byudjetlarga yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlaridan 228331 ming soʻm shakllanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Byudjet kodeksiga asosan 2025-yilda tuman byudjetining 2025-yil ikkinchi chorak yakuni boʻyicha daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan quyidagi xarajatlar uchun yoʻnaltirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-son Qarori ijrosini taʼminlash (30 foiz) uchun aholi tomonidan eng koʻp maʼqullangan tadbirlarga 2025-yil ikkinchi chorak yakuni boʻyicha daromadlarni ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan 241106.0 ming soʻm, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlar hisobdan 68 500 ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Yuqoridagi ajratilgan mablagʻlardan iqtisod qilingan yoki foydalanilmagan mablagʻlar tumanda amalga oshirilgan xarajatlardan boʻlgan qarzdorliklarga, favqulodda vaziyatlarda va shunga oʻxshash kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi talab etiladigan xarajatlar uchun xarajatlarga yoʻnaltirish koʻzda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (J.Zakirov), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi oʻrinbosari (A.Soliyev)lar byudjet mablagʻlari taqsimlovchilarning byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatish hamda erishilgan natijalar boʻyicha hisobotlarini Kengashga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorini bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (J.Zakirov) hamda xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi (A.Dadajonov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi UMAROV XALIMJON KOMILOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Quva tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-15-139-11-156-K/25-son