XALQ DEPUTATLARI TOʻRTKOʻL TUMANI KENGASHINING
qarori
Toʻrtkoʻl tumanidagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilariga 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Toʻrtkoʻl tumanidagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilariga 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida Toʻrtkoʻl tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori M. Ibadullayevning taklifini tinglab muhokama qilib hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. Toʻrtkoʻl tumanidagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilariga 2025-yil vegetatsiya davri uchun ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv miqdori toʻgʻrisidagi Toʻrtkoʻl tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori M. Ibadullayevning taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Toʻrtkoʻl tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori M. Ibadullayevning taklifiga asosan tumandagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilariga 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi J. Xudaybergenov, tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasa direktori M. Ibadullayevga:
ajratilgan suv olish limitlari doirasida irrigatsiya tizimi tuman suv yetkazib berish xizmati alohida ahamiyatga ega boʻlgan suv obyektlarining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilari kesimida ularning suvga boʻlgan talablari asosida belgilangan suv olish limitlarini tasdiqlab, har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga yetkazsin;
suv isteʼmolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishi hamda ularning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda:
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish (aholi tomorqa yerlari bundan mustasno) vositalari bilan jihozlash;
suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining tasdiqlangan rejasi (kommunal-maishiy suv taʼminotidagi fuqoralar bundan mustasno);
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnomalarning boʻlishi majburiy talab hisoblanishi eʼtiborga olinsin;
suv resurslarini samarali boshqarish maqsadida barcha suv olish nuqtalaridagi gidropostlarning mavjudligi va sifatli taʼmirlanganligini koʻrib chiqib, mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etsin hamda har bir suv olish inshootlari jihozlanishini taʼminlasin;
suvni samarali boshqarish va ulardan maqsadli hamda tejamli foydalanish boʻyicha oʻquv seminar va tushintirish ishlarini olib borsin;
har bir suv olish inshooti, nasos stansiyasi boʻyicha suvning ikki (uch) tomonlama kundalik hisob jurnali, hisobi va hisobotini belgilangan tartibda olib borishini taʼminlasin.
5. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi J. Xudaybergenovga, tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasa direktori M. Ibadullayev bilan hamkorlikda suvdan maqsadli va samarali foydalanish vazifasi yuklansin.
6. Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi joylarda suv resurslarini samarali boshqarish va ulardan maqsadli foydalanish boʻyicha monitoring olib borilishini hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish va suv yetishmovchiligining oldini olish boʻyicha masʼul etib belgilansin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash vazifasi tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (J. Xudaybergenov) va qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh. Kilichovlar) zimmasiga yuklansin.
8. Tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari M. Bekchanovaga mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish vazifasi yuklansin.
9. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Sessiya raisi B. MASHARIPOV
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani,
2025-yil 30-oktabr,
VII-16-115-13-190-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.