XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHINING
Qarori
Parkent tuman “suv yetkazib berish xizmati” Davlat Muassasasining Parkent tumani uchun ajratilgan, cheklangan suv limitini, suv iste`molchilari kesimida, Parkent tumanida faoliyat yurituvchi, sugʼoriladigan dexqonchilik bilan shugʼullanadigan fermer, dexqon xoʼjaliklari va boshqa qishloq xoʼjalik korxonalariga 2025-2026-yillar kuzgi-qishgi sugʼorish mavsumida qishloq xoʼjalik ekinlarini sugʼorish uchun ajratilgan cheklangan suv miqdorlarini (limitlarini) tasdiqlash toʼgʼrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarorining 7-bandida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun Хalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilab qoʻyilgan.
Parkent tuman suv yetkazib berish xizmati Davlat muassasasi direktori T.Salimovning hisobotini tinglab, bildirilgan fikr va muloxazalarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi Qonuni 6- va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tuman “Suv etkazib berish xizmati” Davlat muassasasi boshligʻi T.Salimovning hisoboti hamda Parkent tumani “Suv etkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025-yil 30-sentyabrdagi 82/12/12-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Parkent tumani boʼyicha 2025-2026 yillar kuzgi-qishki davrida qishloq xoʼjalik suv iste`molchilari tomonidan suv olish limiti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Parkent tumani “Suv etkazib berish xizmati” Davlat muassasasi boshligʻi T.Salimovga:
-tumanga suv yetkazib berish boʻyicha ishlab chiqilgan limitlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori talablariga qatʼiy rioya qilish;
-qaror mazmun-mohiyatini massivlar va ular hududidagi fermer hamda dehqon xoʻjaliklari, MChJ, korxona va tashkilotlarga yetkazish;
-ilovada koʻrsatilgan suv limitlarini oʻz vaqtida va sifatli holatda yetkazib berish;
-oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
-amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har yarim yilda xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Ushbu qarorning ijro etilishini ta`minlash tuman hokimining oʻrinbosari (O.Xamdamov), hamda ijro etilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Agrar,suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (X.Muxitdinov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ISAKULOV SARDOR DADADJANOVICH
Toshkent viloyati, Parkent tumani,
2025-yil 29-oktabr,
VII-15-75-10-141-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.