31.10.2025 yildagi VII-14-252-1-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ANDIJON VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida kelgusi yillar davrida ulgurji va aholi isteʼmolchilarga issiqlik va issiq suv taʼminoti yuzasidan kommunal xizmatlar tarifini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentyabrdagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi № 475-sonli qarorlariga asosan kelgusi yillar uchun ulgurji va aholi isteʼmolchilariga issiqlik taʼminoti yuzasidan kommunal xizmatlar boʻyicha tarifni shakllantirishda rentabellik darajasi, energoresurslarni narxi ortganligi sababli aholiga va boshqa ulgurji isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berish xizmatlari uchun tarif narxlarni oʻzgartirish zaruriyati yuzaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra Andijon viloyat “Issiqlik taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2025-yil 30-yanvardagi № 01-17 sonli xati va tegishli maʼlumot jadvallar boʻyicha ishlab chiqariladigan issiqlik energiyasi va issiq suv yetkazib berish xizmatlari uchun taklif etilayotgan yangi narxlar Andijon viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga taqdim etilgan hamda Andijon viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi tomonidan oʻrganib chiqilib 2025-yil 6-avgustdagi № 03/17-16-551 sonli xulosa olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentyabrdagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi № 475 sonli qarorlari, “Andijon viloyati Issiqlik taʼminoti” MCHJning 2025-yil 25-avgustdagi 01/01-76/1-sonli xati, viloyat Iqtisodiyot va moliya Bosh boshqarmasining 2025-yil 6-avgustdagi № 03/17-16-551 sonli xulosasi maʼlumot va asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyatda kelgusi yillar uchun Andijon viloyat “Issiqlik taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan issiqlik energiyasi va issiq suv yetkazib berish uchun yangi narxlar (tariflar) 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining 2024-yil 15-iyundagi VI-57-2-1-0-K/24 sonli “Andijon viloyatida kelgusi yillar davrida ulgurji va aholi isteʼmolchilarga issiqlik taʼminoti yuzasidan kommunal xizmatlar tarifini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori va qarorning 1 ilovasidagi ulgurji va aholi isteʼmolchilar uchun tasdiqlagan narx qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat xokimligi matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi R.Eshonov mazkur qarorni matbuotda eʼlon qilsin va viloyat xokimligining rasmiy veb saytiga joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror viloyat hokimi tomonidan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (X. Omanov), ijrosini taʼminlash viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari D. Karimov hamda viloyat hokimining oʻrinbosari (U. Joʻrayev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi AXUNOV UKTAMJON XXX
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-14-252-1-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.