BUXORO VILOYATI VOBKENT TUMANI HOKIMINING
QARORI
2026-yilda tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining (OʻRQ-642-son) toʻqqizinchi bobi 38 — 43-moddalarida aholining ayrim toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha kafolatlar va Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 7-sentabr kunidagi 01/00-03/10-9110-sonli xatiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash va xotin- qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qarorining 8.2-bandida, 2024-yil 1-yanvardan boshlab tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar toifalariga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik natijasida jabrlanganlarni ham kiritish vazifasi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Vobkent tuman kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi ish joylarining eng kam miqdorini band qilib qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifi ma'qullansin. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori (kvotalangan ish oʻrinlari) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soni yigirma nafardan koʻpni tashkil etadigan korxona, muassasa va tashkilotlar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 141 kishini tashkil etadigan 7 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorida, shu jumladan:
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 12 foiz ( 17 kishi);
oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun 15.6 foiz(22 kishi);
kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari uchun 48.2 foiz (68 kishi);
muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun 12.7foiz (18 kishi);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun 10.6 foiz (15 kishi);
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun 0.7 foiz (1 kishi) miqdorida ish oʻrinlarining majburiy zaxiralari shakllantiriladi.
3. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi (AV roʻyxat raqami №-3163-son, 31.05.2019 y) buyrugʻiga asosan, subsidiyalar ajratib berish tartibi amaliyotga joriy etilganligini hisobga olib, ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga - har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda ba`zaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq toʻlash belgilab qoʻyilsin.
5. Ushbu qarorning ikkinchi bandida koʻrsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz rad etgan ish beruvchi va uning vakolatli shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
6. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʼi Sh.Xasanovga qaror tasdiqlangan kundan boshlab bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
7. Mazkur qaror “Vobkent hayoti” gazeta tahririyatida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qaror ijrosining nazorati tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M.Malikov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi A. OSTONOV
Buxoro viloyati, Vobkent tumani,
2025-yil 28-oktabr,
349-2-33-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.