XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMANI KENGASHINING
Qarori
Arnasoy tumani boʻyicha 2025-2026-yillar novegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qaroriga hamda Suv xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 15-martdagi 72-sonli buyrugʻiga asosan Arnasoy tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM boʻlimi tomonidan har yili 1-aprelga qadar novegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashiga kiritilishi belgilangan.
Shuningdek tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM boʻlimi tomonidan 2025-2026-yillar novegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun jami 64,9 mln m3 suv limiti rejalashtirilgan.
Shundan Janubiy Mirzachoʻl Magistral kanali va markaziy chap tarmogʻidan 43,29 mln m3, Markaziy oʻng tarmoq kanalidan sugʻorish ishlari uchun 16,13 mln m3, baliqchilik xoʻjaligi uchun 2,0 mln m3, xalq xoʻjaligi tomorqalariga 2,0 mln m3 suv limitlarini ajratilib hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori X. Eshonqulovning tuman boʻyicha 2025-2026-yillar novegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti yuzasidan bergan taklifi maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Suv yetkazib berish xizmati” DM (X. Eshonqulov)ga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Qaror rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari doimiy komissiyasi va tuman hokimining oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligiʻi X. Suyarov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi MUSANOV ODIL OLIMOVICH
Jizzax viloyati, Arnasoy tumani,
2025-yil 31-oktabr,
VII-11-177-3-43-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.