28.10.2025 yildagi VII-16-214-4-60-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI KOSON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini shakllantirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Koson tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan nooʻsuv davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish suv miqdorlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan takliflari boʻyicha axborotini tinglab, Xalq deputatlari Koson tuman Kengashidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi hamda Kengashning agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi bayonlarini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari Koson tuman Kengashidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi va Kengashning agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi bayonlari hamda Koson tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori E.Sayfilovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini shakllantirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi yuzasidan axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koson tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining Koson tuman istemolchilarga 2025-2026 yillarda kuzgi - qishki davrda ajratiladigan suv miqdori (limit)lari boʻyicha taklifi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi (E.Sayfilov) va tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimiga belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har yarim yilda xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 16-oktabrdagi VI-108-203-4-60-K/24-sonli qarori kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (T.Mamatqulov)ga hamda qarorning ijrosini nazorat qilish Kengashning agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi(Oʻ.Ravshanov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi BOYKARAYEV ASROL RUZIYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati, Koson tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-16-214-4-60-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.