28.10.2025 yildagi 200-13-181-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI AMUDARYO TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududidan oʻtuvchi davlat ahamiyatidagi D217a “Jumurtov koni orqali Amudaryoga” avtomobil yoʻlida vaqtincha transport harakatini cheklash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 342-sonli qarori hamda tuman Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasining 2025-yil 26-sentabr kungi 260-sonli murojaat xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Amudaryo tuman Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasining 2025-yil 26-sentabrdagi 260-sonli xatida nazarda tutilgan D217a) “Jumurtov koni orqali Amudaryoga” avtomobil yoʻlida taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan umumiy ogʻirligi 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan avtotransport vositalari harakatlanishni vaqtinchalik cheklash taklifiga rozilik bildirilsin va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Avtomobil yoʻlida taʼmirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Amudaryo tuman hududidan oʻtgan D217a) “Jumurtov koni orqali Amudaryoga” (9 km) avtomobil yoʻlida 2025-yilning 26-sentabr kunidan boshlab maxsus yoʻl belgilari oʻrnatilgan holda, umumiy ogʻirligi 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan avtomobillar harakatlanishi vaqtincha toʻxtatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman YHXB boshligʻi (B.Qozoqov) hamda tuman Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi rahbari (v.v.b U.Tlubayev) avtomobil yoʻlida umumiy ogʻirligi 3,5 tonnadan ogʻir boʻlgan transport qatnovining vaqtincha cheklanishi munosabati bilan maxsus yoʻl belgilarini oʻrnatish, belgilangan tartibda avtotransport vositalarining ushbu belgilar talablariga rioya qilishini taʼminlash va nazorat qilish hamda yoʻl qismlarida harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari, matbuot kotibi (Ch. Arslonova) va tuman televideniyesi (Gʻ. Eshniyazov)ga D 217a “Jumurtov koni orqali Amudaryoga” avtomobil yoʻlida taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan harakatlanishni vaqtinchalik cheklash toʻgʻrisidagi axborotni tuman hokimligi rasmiy veb-sayti va tuman televideniyesi orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amudaryo tumani hokimi S. XOJAMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200-13-181-Q/25-son