28.10.2025 yildagi VII-14-151-7-95-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ISHTIXON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtixon tumani boʻyicha 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 31-martga qadar novegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 82-son qarori hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6- va 24-moddalariga muvofiq, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, nosugʻorish mavsumida suv taqchilligini oldini olish, suv taqsimotida adolatli yondashuvni taʼminlash, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek quyi boʻgʻinda suv xoʻjaligini boshqarish tizimini isloh qilish maqsadida, Ishtixon tumani Adliya boʻlimining 2025-yil 28-oktyabrdagi 5/15-25-son xulosasiga hamda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, 14-sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtixon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Shodiyevning Ishtixon tumanida 2025-yil sugʻorish mavsumi uchun ajratilgan suv miqdorini (limit) tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur limitlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5-son qarorida belgilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtixon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi faoliyatini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-suv resurslari hisobini yuritishning raqamli tizimlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-suv taqsimotida shaffoflikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-suvdan foydalanish samaradorligi va intizomini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-yoʻnalishlari doirasida ishlab chiqilganligini inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishtixon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasiga quyidagi topshiriqlar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- suv limitlari ijrosini taʼminlash va suv taqsimotini qatʼiy nazorat ostiga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- suvdan foydalanish hisobotlarini raqamli shaklda yuritish hamda har oyda tuman hokimligi va Kengashning agrar masalalar boʻyicha doimiy komissiyasiga maʼlumot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- suvdan foydalanishda meʼyordan ortiq sarflanish holatlari boʻyicha choralar koʻrish hamda iqtisodiy ragʻbatlantirish va jarima tizimini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- suv tejovchi texnologiyalarni joriy etgan xoʻjaliklar faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishtixon tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi suvdan foydalanishning ekologik taʼsirini baholab, tabiiy suv manbalarining holatini oʻrganish va suv resurslarini muhofaza qilish choralarini belgilash boʻyicha har chorakda tuman Kengashiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi (M.Tursunov), “Ishtixon ovozi” gazetasi muharriri (M.Rabbimova)larga Ishtixon tumani boʻyicha 2025-2026-yillar nosugʻorish mavsumi uchun suv isteʼmolchilariga oʻrnatiladigan cheklangan suv miqdorini ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (E.Abdusalomov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi KIYAMOV NURALI KUVANDIKOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati, Ishtixon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-14-151-7-95-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.