XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING
Qarori
Furqat tumanida 2025-2026-yillar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bugʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv-tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʼorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni tashkillashtirish maqsadida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi va Qoraqalpogʼiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xoʼjaligi boshqarmalari har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuzqish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʼorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʼyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilanganligi boʼyicha tartibga koʼra taqdim etilgan maʼlumotlarni Xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʼjaligimasalalari va ekologiya boʼyicha” doimiy komissiyasi yigʼilishi muhokamasida bildirilgan takliflarni eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1.Furqat tumanida 2025-2026-yillar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi Furqat tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boshligʻi A.Musaxonovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori bilan qishloq xoʼjaligi yerlarini sugʼorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun 1 kub metr suv uchun 110 soʻm yetib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3.Quydagilar:
Furqat tumanida isteʼmolchilar kesimida 2025-2026 yilning kuzgi-qishki davrida shoʻr yuviladigan, nam suvi beriladigan va boshqa sugʻorish ishlari boʻyicha suvdan foydalanish limiti 1-ilovaga;
Furqat tumanida isteʼmolchilar kesimida 2025-2026 yilning kuzgi-qishki davrida shoʻr yuviladigan, nam suvi beriladigan va boshqa sugʻorish ishlari boʻyicha suvdan foydalanish limiti 2-ilovaga;
Furqat tumanida isteʼmolchilar kesimida 2025-2026 yilning kuzgi-qishki davrida shoʻr yuviladigan, nam suvi beriladigan va boshqa sugʻorish ishlari boʻyicha suvdan foydalanish limiti 3-ilovaga mufoviq tasqidlansin.
4.“Sirdaryo-Sux” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Furqat tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (A.Musaxonov) tegishlicha “Sirdaryo Sux” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻining tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta Xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borishi belgilansin.
5.Tumandagi qishloq xoʻjaligi maxsulotlari ishlab chiqaruvchi suv isteʼmolchilariga isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi maxsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
6.Tuman hokimligi axborot xizmati (X.Muqimov)ga mazkur Kengash qarori ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tuman hokimligining veb saytida shuningdek rasmiy ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilishi tavfsiya qilinsin.
7. Mazkur Kengash qarorining ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiyasi rasi (D.Umurzaqov) zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi raisi ASRONKULOV ELYORBEK MADAMINOVICH
Fargʻona viloyati, Furqat tumani,
2025-yil 27-oktabr,
VII-12-86-11-164-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.