27.10.2025 yildagi VII-13-121-11-156-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QUVA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va anʼanalarini oʻzida aks ettirgan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazishda shuhratparastlik, oʻzini koʻz-koʻz qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va anʼanalarini mensimaslik kabi illatlar koʻzga tashlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday salbiy illatlarga barham berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida, shuningdek fuqarolar yigʻinlarida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha komissiyalar tuzildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, oʻrganishlar tahlili, shuningdek aholi bilan bevosita oʻtkazilgan muloqotlar, jamoatchilik vakillaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu sohada bir qator jiddiy muammo va kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganini koʻrsatmoqda. Xususan, ayrim fuqarolar dabdabali toʻy marosimlari va ularni oʻtkazishga sarflanadigan katta xarajatlar oqibatida qarzga botmoqda va undan qutulish maqsadida chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baʼzi fuqarolar toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni dabdaba bilan oʻtkazishni qoʻshnilar, qarindoshlar tomonidan boʻladigan tanqidlardan, qoralashdan, umuman olganda, ijtimoiy tazyiqdan xalos boʻlish vositasi sifatida tushunmoqda. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar oʻrtasida qarzdorlikning vujudga kelishiga va oqibatda keskin ziddiyatlarga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksariyat aholi, ayiqsa, xotin-qizlarning ongida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda qiz tomonning sarf-xarajatlari qanchalik yuqori boʻlsa, qaynona-kelin munosabatlari shunchalik yaxshi boʻladi, degan notoʻgʻri tasavvur tobora mustahkamlanib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Charlar”, “aqiqa marosimi”, “muchal toʻyi”, “qiz majlis”, “kuyov chaqiriq”, hayitda “kelin koʻrish” kabi marosimlar aholi tomonidan ortiqcha deb baholanmoqda. Biroq, bunday marosimni tashkil etayotgan shaxslarda tadbirlarni obroʻliroq joyda oʻtkazishga, oʻzining yutuqlarini koʻz-koʻz qilishga, moddiy mavqei bilan maqtanishga intilish kuchaymoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksariyat toʻyxona egalari ixcham va kamxarj oʻtkazish niyatida boʻlgan fuqarolardan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda belgilangan qoidalarga zid ravishda toʻy xarajatlarini ikki-uch baravar miqdorda asossiz undirib olmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda sanʼatkorlar haddan ziyod baland narxlarda xizmat koʻrsatmoqda, oʻz tomosha xizmatlarini koʻrsatish davomida milliy mentalitetimiz, qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga mos kelmaydigan, «ommaviy madaniyat» illatlarini targʻib etadigan hamda yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan xatti-harakatlar namoyish etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi salbiy holatlarning tobora avj olishi ming-minglab oilalarning nafaqat ijtimoiy ahvoliga, balki butun hayotiga, qolaversa, jamiyatimizda qaror topgan maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatlarga chek qoʻyish, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, jamiyatda ijtimoiy adolatni taʼminlash, aholi, ayniqsa, yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish maqsadida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni qatʼiy tartibga solishni davrning oʻzi taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishni tartibga solish boʻyicha keng jamoatchilik, Respublika ishchi guruhi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, shuningdek fuqarolar yigʻinlarining toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha komissiyalar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2019-yil 14-sentabrdagi 2736-III/KQ-592-III-son qoʻshma qarori, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asoslangan holda xalq deputatlari Quva tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentyabrdagi “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2736-III/KQ-592-III-son qoʻshma qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishni tartibga solish toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tuzilsin, uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining oʻrinbsarlari (J.Zakirov, U.Solijonov, M.Xolmatova), tuman ichki ishlar boʻlimi (D.Raxmonov) Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (A.Isaxonov), “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi boshligʻi (Z.Ashurov), Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning tuman boʻyicha bosh mutaxassisi F.Aminovlar tegishli boʻlim va tashkilotlar, joylarda “mahalla yettiliklari” bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni milliy qadriyatlarga mos tarzda ixcham va kamxarj oʻtkazishga erishish uchun sanʼatkorlar tomonidan xizmatlar koʻrsatilishini tartibga solish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda sanʼatkorlar tomonidan xizmat koʻrsatilishida tegishli litsenziya talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishida jamoat tartibi va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda fuqarolar xavfsizligiga jiddiy xavf solishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning oldini olish choralarini doimiy ravishda koʻrib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar davomida muqaddas dinimiz talablariga zid boʻlgan turli odat va rasm-rusumlar oʻtkazilishining oldini olish, aholi oʻrtasida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish, isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tegishli targʻibot ishlarini olib borilishini taʼminlash vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimligi axborot xizmati (R.Oʻrinboyev)ga ommaviy axborot vositalari orqali toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibiga rioya etilishi holati, urf-odatlarimiz va anʼanalarimizning haqiqiy mohiyati hamda ahamiyatini keng ommaga muntazam yetkazib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishxalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi (M.Axmadaliyeva) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi UMAROV XALIMJON KOMILOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Quva tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 27-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-121-11-156-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.