27.10.2025 yildagi VII-12-94-11-166-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QOʻQON SHAHAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻqon shahar “Istiqlol” ko`chasida tashkil etilgan “turizm koʻchasi”da yoʻlovchi tashish faoliyatini olib boruvchi jamoat transportini ish vaqtini uzaytirishga rozilik berish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6- va 24-moddalariga hamda “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son qarori va “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-son Farmoniga muvofiq xalq deputatlari Qoʻqon shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fargʻona viloyati Transport boshqarmasining Qoʻqon shahar “Istiqlol” koʻchasida tashkil etilgan “turizm koʻchasi”da yoʻlovchi tashish faoliyatini olib boruvchi jamoat transportini ish vaqtini tungi soat 00:00 ga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻqon shahar “Istiqlol” koʻchasida tashkil etilgan “turizm koʻchasi”ni yoʻlovchi tashish faoliyatini olib boruvchi jamoat transporti yoʻnalishlari qatnovlarni amalga oshirish uchun yoʻlkira haqi Qoʻqon shahrining jamoat transporti yoʻnalishlari bilan bir xil etib belgilanishi, zamonaviy talablarga javob beradigan, kondisionerli, Wi-fi, videokuzatuv tizimiga ega hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moslashtirilgan avtobuslarda tashkil etilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻqon shahar hokimi oʻrinbosarlari A.Sulaymonov, A.Ergashev, shahar hokimligi Axborot xizmati-motbuot kotibi U.Norboyevlarga mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etiladigan tungi jamoat transporti yoʻnalishlari haqidagi axborotni aholi va turistlar oʻrtasida keng targʻib etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl xarakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha shahar IIB bilan xamkorlikda zaruriy choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalishlar, harakat jadvali, foydalanish shartlari va qulayliklar haqidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali doimiy ravishda yoritish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining Agrar, qurilish, kommunal, suv xoʻjaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Yu.Toʻychiyev hamda shahar hokimining oʻrinbosari A.Sulaymonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi USMONOV MARUF AZAMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 27-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-12-94-11-166-K/25-son