XALQ DEPUTATLARI ELLIKQALʼA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Ellikqalʼa tumanida 2025-2026-yillarning kuzgi-qishgi mavsumi uchun ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Ellikqalʼa tumanida 2025-2026-yillarning kuzgi-qishgi mavsumi uchun ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida Ellikqalʼa tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A.Abdullayevning taklifini tinglab, muhokama qilib hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Ellikqalʼa tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. Ellikqalʼa tumanida 2025-2026-yillarning kuzgi-qishgi mavsumi uchun ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A.Abdullayevning taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. 2025-2026-yillarning kuzgi-qishgi mavsumi uchun ajratilgan cheklangan suv limiti ilovaga muvofiq maʼqullansin.
4. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari - qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi A.Koziyev, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A.Abdullayevlarga:
ajratilgan suv olish limitlari doirasida irrigatsiya tizimi tuman suv yetkazib berish xizmati alohida ahamiyatga ega boʻlgan suv obektlarining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilar kesimida ularning suvga boʻlgan talablari asosida belgilangan suv olish limitlarini, har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga yetkazsin;
suv istemolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishi hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda:
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish (aholi tomorqa yerlari bundan mustasno) vositalari bilan jihozlash;
suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining tasdiqlangan rejasi (kommunal-maishiy suv taʼminotidagi fuqoralar bundan mustasno);
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnomalarning boʻlishi majburiy talab hisoblanishi eʼtiborga olinsin;
suv resurslarini samarali boshqarish maqsadida barcha suv olish nuqtalaridagi gidropostlarning mavjudligi va sifatli taʼmirlanganligini koʻrib chiqib, mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etsin hamda har bir suv olish inshootlari jihozlanishini taʼminlasin;
suvni samarali boshqarish va ulardan maqsadli hamda tejamli foydalanish boʻyicha oʻquv seminar va tushintirish ishlarini olib borsin;
har bir suv olish inshooti, nasos stansiyasi boʻyicha suvning ikki (uch) tomonlama kundalik hisob jurnali, hisobi va hisobotini belgilangan tartibda olib borishini taʼminlasin.
5. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari - qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi A.Koziyev, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A.Abdullayevlar bilan hamkorlikda suvdan maqsadli va samarali foydalanish vazifasi yuklatilsin.
6. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi joylarda suv resurslarini samarali boshqarish va ulardan maqsadli foydalanish boʻyicha monitoring olib borilishini hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish va suv yetishmovchiligining oldini olish boʻyicha masʼul etib belgilansin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash vazifasi tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A.Abdullayev va qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi V.Yuldashevlar zimmalariga yuklatilsin..
8. Tuman hokimligining axborot xizmati rahbari T.Nurimovaga mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish vazifasi yuklansin.
9. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Sessiya raisi BAYNAZAROV ANVAR KALANDAROVICH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Ellikqalʼa tumani,
2025-yil 27-oktabr,
VII-15-98-13-194-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.