24.10.2025 yildagi VII-10-117-3-47-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI DOʻSTLIK TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv-tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini keng joriy qilish hamda tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori N.Jo`rayevning axborotini tinglab, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari tuman kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori N.Jo`rayevning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman boʻyicha 2025-2026-yil nosugʻorish mavsumida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan cheklangan (limit) suv 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining qishloq va suv xo`jaligi bo`yicha o`rinbosari (J.Sharipov), qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`ining o`rinbosari (F.Nurmuxamedov), tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi (N.Jo`rayev)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilar va aholi tomorqalarini suv resurslari bilan ishonchli taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmoqlarining hamda ulardagi gidrotexnika inshootlarini doimiy texnik soz holatda ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan taʼminlashga oid davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorlariga asosan tumanda suv tejovchi texnologiyalardan keng foydalangan holda, jumladan, paxta va gʻalla maydonlarida, bogʻ-tokzorlarda tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish evaziga, suvni iqtisod qilishga erishish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda joriy yilda suv oʻlchash qurilmalarini oʻrnatib, suv resurslari hisobini aniqlik darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan fermer xoʻjaliklari hisobidan iqtisod qilingan umumiy suv resurslarini birinchi navbatda aholi dala tomorqa va takroriy ekin yer maydonlariga yoʻnaltirilishini tizimli tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumandagi fermer xoʻjaliklar, klasterlari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish yuzasidan muntazam ravishda uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazish hamda mazkur Farmon va qarorlar hamda undan kelib chiqadigan vazifalar, berilayotgan imtiyozlar, shuningdek, ushbu texnologiyalarning samaradorligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarni berib borishni tizimli davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qiluvchi qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalariga subsidiya ajratish uchun tegishli tartibda qurilish ishlarini doimiy ravishda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi «Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5-son qarorining 7-bandiga asosan, isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi koʼrsatib oʻtilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 29-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 45-bayoni 9-bandiga asosan suv resurslari kamayganligi inobatga olib klaster va fermer xoʻjaliklari suvini isrof qilmaslik uchun ariqlarni betonlash ishlarini yakuniga yetkazish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan har oy yakunida xalq deputatlari tuman Kengashiga yozma axborot kiritib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimligi axborot xizmati (B.Qorayev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman kengashi deputatlarining “suv tekin” emas mavzusidagi chiqishlarini ommaviy axborot vositalarida, veb sahifa va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishni Xalq deputatlari tuman kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (J.Ergashev) hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari va qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i (J.Sharipov)lar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi DARVISHEV SHAVKAT TURAYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Doʻstlik tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-10-117-3-47-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.