24.10.2025 yildagi VII-18-137-9-127-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SARDOBA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Sardoba tuman partiya tashkiloti kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi D.Egamberdiyevning tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora - tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Sardoba tuman partiya tashkiloti kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi D.Egamberdiyevning tashabbusi bilan tumanda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv-tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini keng joriy qilish hamda tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori A.Boʻronovning hisobotini tinglab, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari tuman Кengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Sardoba tuman partiya tashkiloti kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi D.Egamberdiyevning tashabbusi bilan Tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori A.Boʻronovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman boʻyicha 2025-yil kuz-qish sugʻorish mavsumida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan cheklangan (limit) suv 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi (A.Boshbekov), tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi (A.Boʻronov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilar va aholi tomorqalarini suv resurslari bilan ishonchli taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmoqlarining hamda ulardagi gidrotexnika inshootlarini doimiy texnik soz holatda ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan taʼminlashga oid davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorlariga asosan 2025-yilda tumanda suv tejovchi texnologiyalardan keng foydalangan holda, jumladan, paxta maydonlarida, bogʻ-tokzorlarda tomchilatib sugʻorish, gektar maydonda yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish evaziga, suvni iqtisod qilishga erishish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qiluvchi qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalariga subsidiya ajratish uchun tegishli tartibda qurilish ishlarini doimiy ravishda nazorat qilib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimi oʻrinbosari (A.Boshbekov), tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi (Gʻ.Bekmurodov), tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi (A.Boʻronov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 29-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 45-bayoni 9-bandiga asosan suv resurslari kamayganligi inobatga olib klaster va fermer xoʻjaliklari suvini isrof qilmaslik uchun ariqlarni betonlash ishlarini nazoratga olish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan har oy yakunida xalq deputatlari tuman Kengashiga yozma axborot kiritib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari (A.Boshbekov)ga hamda xalq deputatlari tuman Kengashining huzuridagi Agrar, suv xoʻjaligi, ekologiya va qurilish, kommunal soha masalalari masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi” (A.Egamberdiyev)ga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi KARIMOV ZIYADULLA DANABAYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-18-137-9-127-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.